Reformatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Reformatsiya (lot. reformatio oʻzgartirish, isloh qilish) — 16-a.da Gʻarbiy va Markaziy Yevropada tarqalgan ijtimoiy harakat. Asosan, zamindorlarga qarshi harakterda boʻlib, katolik cherkovi (zamindorlarning asosiy gʻoyaviy tayanchi)ga qarshi kurash tu sini oldi. 1517 y. Germaniya da M. Lyuterning katolik cherkoviga qarshi chiqishi bilan boshlangan. R. mafkurachilari katolik cherkovi, uning iyerarxiyasi va umuman ruxrniylarning zarurligi amalda inkor qilingan gʻoyalarni ilgari surdilar; katoliklarning Muqaddas rivoyati rad qilindi, cherkovning yer boyliklari va b.ga boʻlgan huquklari inkor etildi. R.ning asosiy oqimlari: byurger oqimi (Lyuter, J. Kalvin, U. Svingli); katolik cherkovini yoʻqotish talabini tenglik urnatish uchun kurash bilan bogʻlagan xalq oqimi (T. Myunser, anabaptistlar); uz hokimiyatini mustahkamlash va cherkovga tegishli yerlarni tortib olishga intilgan, dunyoviy hokimiyat manfaatlarini ifodalovchi qirolknyazlik oqimi. R.ning gʻoyaviy bayrogʻi ostida 1524—26 y.larda Germaniyada Dehqonlar urushi, Niderlandiya va Angliya inqiloblari boʻlib utdi. R. protestantizmta asos soldi (R. tor maʼnoda — protestantizm ruhida diniy islohotlar utkazish).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil