Muhr (bosma shakl)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Muhryuridik yoki jismoniy shaxsning nomi toʻliq yozilgan matnning (matn va rasmning) qabariq yoki botiq tasviri boʻlgan bosma shakl (asbob). Krgʻoz, surgʻuch, mum va boshqa materiallarga nusxa tushirishga xizmat qiladi. Muhr nusxasiga shtamp nusxasidan farqli oʻlaroq tuzatishlar va qoʻshimchalar qilish mumkin emas. Ayrim xillari gerb muhri deb atalgan koʻrinish hosil qilib, davlat gerbi tasviri boʻlgan yumaloq shaklda boʻladi. Oʻtmishda Muhrning sopol, mis, poʻlat, bronza, kumush, oltindan qilingan xillari ham boʻlgan. Shakli toʻrtburchak, doyra, ellipssimon va h.k. Qadimda Oʻrta Osiyodagi har bir eʼtiborli odam, eshon, muftiy, qozi, amir, xonlarning oʻz Muhri boʻlgan. Muhr yuzasiga egasining nomi, mansabi va yasalgan yili qayd etilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil