Muhammad al-Kashmihniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhammad al-Kashmihniy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 999-yil (hijriy 389-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi faqih, adib

(Abulhaysam) Muhammad ibn Makkiy ibn Muhammad ibn Zuroʻ ibn Horun ibn Zuroʻ al-Kashmihniy (hijriy 389-yil (milodiy 999-yil)da vafot etgan) — Sharq va G‘arbda „al-Jomiʼ“ kitobi bilan mashhur bo‘lgan. Chunki u ushbu kitobida Xurosonda oliy isnod bilan hadis rivoyat qilgan oxirgi olimdir. Faqih, adib, xudojo‘y va zohid inson bo‘lgan. Iroq va Hijozga borgan, u yerda katta shayxlarning muloqotiga yetishgan. Farabr, Marv, Saraxs, Ray, Bag‘dod, Kufa va Makkada hadis eshitgan. U olimlardan hadis rivoyat qilgan, olimlar ham undan rivoyat qilganlar.

Asari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Rasoil“ („Risolalar“)[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 133 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.