Moviy masjid (Tabriz)
Masjid | |
Mamlakat | Eron |
Hudud | Tabriz |
Manzil | 38°04′24.91″N 46°18′03.88″E / 38.0735861°N 46.3010778°E G OKoordinatalari: 38°04′24.91″N 46°18′03.88″E / 38.0735861°N 46.3010778°E G O |
Masjid turi | Jomeʼ-masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom, sharq meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschisi | Jahonshoh |
Binokorlik | 1465-yil—??? |
Moviy masjid (Tabriz) Vikiomborda |
Moviy masjid ( forscha: مسجد کبود, ozarbayjoncha: Göy məscid ) [1] — Eronning Tabriz shahrida joylashgan tarixiy masjid . Masjid va boshqa jamoat binolari 1465-yilda Qora qo'yunli hukmdori Jahonshoh buyrugʻi bilan qurilgan. [2]
Masjid 1780-yildagi zilziladan qattiq shikastlangan [3], fojeadan soʻng faqatgina ayvoni qolgan. [4] 1973-yilda Eron Madaniyat vazirligi nazorati ostida Rizo Memoron Benom tomonidan rekonstruksiyasi boshlangan. Biroq, u yakuniga yetkazishga ulgurmagan.
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Tabrizdagi Moviy masjid Qora qoʻyunlilar hukmdori Jahonshoh buyrugʻi bilan barpo qilingan. [2] Jahonshohning rafiqasi Xotun Janbegim (1469-yilda vafot etgan) masjid qurilishi uchun vaqf taʼsis etgan. [5] Biroq oradan bir necha yil o‘tib Jahonshoh va uning Qora qo‘yunlilari Uzun Hasan boshchiligidagi Oq qo‘yunlilar tomonidan ag‘darib tashlandi va Tabriz qo‘lga kiritildi. [5] Jahonshohning qizi Soliha Xotun yangi hukmdorlar nazorati ostida qolgan qurilish ishlarini boshqargan. [5] Uzun Hasanning vorisi Yoqub davrida “masjid maqbarasi gumbazi hamda uning asosiy qismlari qurib bitkazildi”. [5] Sandra Obening qo‘shimcha qilishicha: “Maqbara ichki qismidagi bir necha tafsilotlar, masalan, devor panellaridagi alebastr parchalari va asosiy mehrob maqbara hech qachon to‘liq qurib bitkazilmaganligini ko‘rsatadi (Golombek va Vilber, 407-bet; Obe, 248-bet)". [5]
Maqbara hech qachon qurib bitkazilmagan boʻlsa-da, Tabriz Safaviylar davlati poytaxtiga aylantirilganida, 16-asrning birinchi yarmida Moviy masjid yangi hukmdorlar uchun asosiy masjid sifatida xizmat qilgan. [5] 1514-yilda hal qiluvchi Chaldiron jangida Safaviylar magʻlubiyatga uchragach, Usmonlilar Tabrizni egallab shaharni, jumladan Moviy masjidni ham talon-taroj qildilar. [5] Obening qayd etishicha, kamida sakkizta gilam turklar tomonidan talon-taroj qilingan va Istanbulga olib ketilgan. [5] Obening taʼkidlashicha, Turklar Moviy masjidni bosib olish chogʻida inshoot tuzilishiga hujum qilgani nomaʼlum boʻlsa-da, 16-18-asrlar oraligʻida bir necha zilzilalar binoga jiddiy zarar yetkazgan. [5] Ayniqsa, 1780-yilgi zilziladan masjid jiddiy zarar ko'rgan. [3] [5] Biroq, 17-asrda Moviy masjid allaqachon "butunlay vayron qilingan va tashlab ketilgan" haqida xabar berilgan. [5] 19-asrda mahalliy Tabriz aholisi bino vayronalarini talon-taroj qilgan. [5] 20-asrda, Pahlaviylar davrida masjid nihoyat qayta quriladi. [5] Rekonstruksiyaga Eron Madaniy meros tashkiloti mas'ulligida tabrizlik anʼanaviy meʼmor Muhammad Rizo Memoron Benom rejalari va nazorati ostida amalga oshirilmoqda.
Xattotligi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mashhur xattot Ne'matullo bin Muhammad al-Bavab masjidning turli kufiy va tulus yozuvlari, arabeska naqshlari va bu jabhalarining xoramatik kompozitsiyalarini yaratgan. Ichki va tashqi devorlar mozaik plitkalar bilan qoplangan.
Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Erondagi masjidlar ro'yxati
- Hoqoniy bog'i
- Eron me'morchiligi
- Fors gumbazlari tarixi
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Melville, Charles (1981). "Historical Monuments and Earthquakes in Tabriz". Iran 19: 159–77. doi:10.2307/4299714.
- Newman, Andrew J. Safavid Iran: Rebirth of a Persian Empire. I.B. Tauris, 2006.
- Berberian, Manuel. Earthquakes and Coseismic Surface Faulting on the Iranian Plateau Shroder Jr.: . Elsevier, 2014.
- Persian Bulletin of Blue Mosque, Iranian Cultural Heritages Organization.
Qo'shimcha o'qish uchun[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Aube, Sandra (2016). "The Uzun Hasan Mosque in Tabriz: New Perspectives on a Tabrizi Ceramic Tile Workshop". Muqarnas Online 33 (1): 33–62. doi:10.1163/22118993_03301P004.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Tabrizning Moviy masjidi rasmiy veb-sayti (Wayback Machine saytida 2017-10-28 sanasida arxivlangan) Archived 2017-10-28
- YuNESKO veb-saytida Moviy masjid (Kabud masjidi) taqdimoti
- Tishine