Morelos

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Morelos
ispancha: Morelos

Gerb
Gerb
Bayroq
Bayroq
Shtat
Tarkibida 33 munitsipalitet
Maʼmuriy markazi Kuernavaka
Yirik shahari Kuernavaka
Asos solingan sanasi 17-aprel 1869
Gubernator Graso Ramires Garrido Abreu 1-oktabr 2012 dan
Rasmiy tili ispan
Aholi (2010) 1 777 227
Zichligi 359,69 kishi./km²
Millatlar tarkibi Metislar, asteklar, mishteklar, oqlar.
Dinlar tarkibi Katoliklar (83,6 %), protestantlar va evangellar (7,3 %), boshqa nasroniylar(3,1 %), yahudiylar (0,1 %), boshqa dinlar(0,5 %), ateistlar vaagnostiklar (4,3 %).
Maydoni 4 941 km² (30-oʻrin)
Balandligi
dengiz sathidan
 Baland choʻqqisi


 5500 m
Kengligi 19º 08' - 18º 20' N
Uzunligi 98º 38' - 99º 30' E
Vaqt mintaqasi UTC-6
Kod ISO 3166-2 MX-MOR
Pochta indeksi Mor.
Rasmiy sayti http://www.morelos.gob.mx/
Xaritada
Morelos xaritada
Koordinatalari: 18°44′51″N 99°04′13″W / 18.74750°N 99.07028°W / 18.74750; -99.07028 G O

Morelos — Meksikaning markaziy qismidagi shtat. Maydoni 4,9 ming km². Aholisi 1,55 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Kuernavaka shahri Shtat Koʻndalang Vulkanli Syerra togʻlarining jan. yon bagʻri va Morelos togʻlarida (oʻrtacha balandligi 1500 m) joylashgan. Shimolida Popokatepetl (5452 m) harakatdagi vulkani bor. Iklimi togʻ tropik, moʻʼtadil nam iqlim. Kuernavaka shahri atrofida oʻrtacha oylik temperaturalar 15° dan 22° gacha, yillik yogʻin 1000 mm. Shtat hududini Balsas daryosi va uning irmoqlari kesib oʻtgan. Xoʻjaligining asosini qishloq xoʻjaligi tashkil qiladi. Ekin maydonlarining maʼlum qismi sugʻoriladi. Asosiy tovar ekinlari — sholi va shakarqamish. Mevachilik rivojlangan. Oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Badiiy hunarmandchilik rivojlangan. Kuernavaka — Meksikaning eng muhim togʻ kurortlaridan biri.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil