Kampeche

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kampeche
isp. Campeche
Gerb
Gerb
Bayroq
Bayroq
Mamlakat Meksika
Madhiya: Madhiya Kampeche (isp.)
Maqomi Shtat
Tarkibida 11 munitsipalitet
Maʼmuriy markazi San-Fransisko-de-Kampeche
Yirik shahari San-Fransisko-de-Kampeche
Asos solingan sanasi 29 aprel 1863 yil[1]
Gubernator Фернандо Ортега Бернес, PRI Party (Mexico).svg (2009—2015)
Rasmiy tili ispan
Aholi (2010) 822 441 kishi
Zichligi 14,2 kishi./km²
Dinlar tarkibi Katoliklar (63 %)
Maydoni 57 516 km² (18- oʻrinda)
Balandligi
dengiz sathidan
 • Baland choʻqqisi


 390 m
Kengligi N 17º49'—20°51'
Uzunligi E 89º06'—92°27'
Kampeche xaritada
Soat mintaqasi UTC-6
Kod ISO 3166-2 MX-CAM
Avtomobil raqami kodi DFA—DKZ
Rasmiy sayti
Koordinatalari: 18°50′11″N 90°24′12″W / 18.83639°N 90.40333°W / 18.83639; -90.40333 Coordinates: Parameter: "scale=" should be "scale:"

Kampeche — Meksikadagi shtat, Yukatan ya.o.ning gʻarbida. Mayd. 51,8 ming km2. Axrlisi 689,6 ming kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Kampeche sh. Ohaktoshlardan tuzilgan pasttekislikda joylashgan, karst relyef shakllari rivojlangan, bu esa gidrografiya tarmoqlarining rivojlanishiga toʻsqinlik qiladi. Iklimi tropik, nam iklim. Oʻrtacha oylik t-ra 22—27°. Yiliga oʻrtacha 2000 mm gacha yogʻin yogʻadi. Doim yashil tropik oʻrmonlar bilan qoplangan. K. — agrar shtat. K.da kichikroq oziq-ovqat, toʻqimachilik sanoati korxonalari bor. K.da, asosan, kofe, shakarkamish, sitrus mevalar, makkajoʻxori yetishtiriladi. Asosiy q. x. r-ni— Champoton. Indeys qabilalari yashaydigan oʻrmon zonalarida daraxtlar kesilib, dehqonchilik qilinadi. Yoz oylarida chikle teriladi. Asalarichilik rivojlangan. Qimmatbaho yogʻochga ishlov beriladi. Baliqovlanadi. Den-giz mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalar Kampeche sh.da joylashgan. Avtomobil va t.y.lari orqali Meksikaning boshqa shtatlari bilan bogʻlangan. [2]

Manbalar[tahrir]