Michoakan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Michoakan-de-Okampo
ispancha: Michoacán

Gerb
Gerb
Bayroq
Bayroq
Shtat
Tarkibida 113 munitsipalitet
Maʼmuriy markazi Moreliya
Yirik shahari Moreliya
Asos solingan sanasi 14-oktabr 1824
Gubernator Fausto Velexo Figeroa (Fausto Vallejo Figueroa), PRI PRI с 15.02.2012
Rasmiy tillar ispan
Aholi (2010) 4 351 037
Zichligi 72,68 kishi./km²
Millatlar tarkibi Metislar, purepechi, масауа, asteklar, oqlar.
Dinlar tarkibi katoliklar (94,8 %), protestantlar и evangellar (1,9 %), boshqa xristianlar. provaslavlar (1,1 %), yahudiylar (0,1 %), boshqa dinlar(0,2 %), ateistlar vaagnostiklar (1,3 %).
Maydoni 59 864 km² (16-oʻrin)
Balandligi
dengiz sathidan
 Baland choʻqqisi


 3840 m
Kengligi 20º 24' — 17º 55' N
Uzunligi 100º 04' — 103º 44' E
Vaqt mintaqasi UTC-6
Kod ISO 3166-2 MX-MIC
Internet domeni .mx
Rasmiy sayti http://www.michoacan.gob.mx/
Xaritada
Michoakan-de-Okampo xaritada
Koordinatalari: 19°10′07″N 101°53′59″W / 19.16861°N 101.89972°W / 19.16861; -101.89972 G O

Michoakan, Michoakande-Okampo — Meksikaning janubi-gʻarbiy qismidagi shtat. Tinch okean sohilida, Lerma va Balsas daryolari havzasida joylashgan. Maydoni 59,9 ming km². Aholisi 3979 ming kishi (2000). Maʼ-muriy markazi — Moreliya shahri Michoakan hududining yarmidan ortiq qismi Meksika togʻligining janubi-gʻarbiy chekkasidagi koʻllar qavzasidan iborat. Sohil boʻylab Syerrade-Koalkoman tizmalari (eng baland joyi 2764 m) joylashgan. Seysmik faol hudud. Ikdimi togʻtropik iqlim. Meksika togʻligida oʻrtacha oylik temperaturalar 20°, yillik yogʻin 900 mm. Ichki rayonlarda chala choʻl oʻsimliklari, togʻlarda sernam barg toʻkuvchi va doim yashil tropik oʻrmonlar oʻsadi.

Iqtisodiyotning asosini qishloq xoʻjaligi tashkil etadi. Sugʻoriladigan yerlarda paxta, sholi, shakarqamish, qulupnay, kartoshka, sabzavotlar, gladiolus (eksport uchun) ekiladi. Uruapan shahri atroflarida kofe, Balsas daryosi quyilish joyida tropik mevalar yetishtiriladi. Togʻlarda makkajoʻxori, dukkakli ekinlar ekiladi. Baliq ovlanadi. Kimyo, oziq-ovqat, sellyulozaqogʻoz, yogʻochsozlik, toʻqimachilik sanoatlari rivojlangan. Sohil boʻylab portlar, kema verfi, metallurgiya kombinati qurilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Michoakan" OʻzME. M-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil