Plovdiv

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Plovdiv — Bolgariyaning janubiy qismida, Maritsa daryosining boʻyida joylashgan shahar. Plovdiv viloyatining maʼmuriy markazi hisoblanadi. Aholisi 340,6 ming kishi (2001). Transport yoʻllarining muhim tuguni. Mamlakatning Sofiyadan keyin 2-oʻrindagi muhim iqtisodiy va madaniy markazi. Oziq-ovqat, yengil, rangli metallurgiya, mashinasozlik (jumladan, dastgohsozlik, elektrotexnika, elektronika) sanoati korxonalari mavjud. Muzeylar, opera teatri, ilmiy tadqiqot institutlari, galereyalar mavjud. Plovdiv. — qadimiy shahar boʻlib, Mil. avv. IV asrda Qadimgi Makedoniya podshosi Filipp II tomonidan asos solingan va dastlab Fillippopol, keyin Pulpudeva, Trionsium, turklar davrida (XV—XVIII asrlar) Filebe, soʻngra Plovdiv deb atalgan. Meʼmoriy yodgorliklardan Jome masjidi (XV—XVIasrlar) va minora, cherkov (1832-yil) yaxshi holda saqlangan. Plovdivda har yili xalqaro yarmarka oʻtkaziladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil