Kontent qismiga oʻtish

AC Milan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Milan (futbol klubi)dan yoʻnaltirildi)
AC Milan
AC Milan badge
Toʻliq nomi Associazione Calcio Milan S.p. A.[1]
Laqabi I Rossoneri (Qizil va qoralar)
Il Diavolo (Iblislar)
Asos solingan 13-dekabr, 1899-yil (124 yil avval) (1899-12-13),[2] Milan futbol va kriket klubi sifatida
San Siro
Sigʻimi 75,817 (cheklangan sigʻimi)
80,018 (maksimal)
Egasi

RedBird Capital Partners (99.93%)[3][4]

Private shareholders (0.07%)[5]
Raisi Paolo Scaroni
Bosh murabbiy Paulo Fonseca
Vebsayti Klub sayti
Amaldagi mavsum

Italiyaning Milan klubi (Associazione Calcio Milan[6]) – Italiyaning Lombardia viloyatida joylashgan professional klubi. 1899-yilda tashkil etilgan klub, Italiya futbolining eng yuqori pogʻonasi boʻlgan A Seriyada ikki mavsumdab tashqari (1980/1981 va 1982/1983-yilgi mavsumlarni B seriada oʻtkazgan) butun tarixini yuqori ligada oʻtkazgan[7][8].

Mahalliy miqyosda „Milan“ 19 ta chempionlikni qoʻlga kiritgan va A Seriyada „Yuventus“ va hamshahar raqibi „Inter“ jamoasidan keyin, uchinchi eng muvaffaqiyatli klub hisoblanadi[9]. Klub shuningdek, 5 marta Italiya kubogi va 7 marta Italiya Superkubogi gʻolibi boʻlgan[10]. Xalqaro musobaqalarda Milanning 18 ta FIFA va UEFA kuboklari qoʻlga kiritgan xolda dunyodagi barcha klublar orasida uchinchi (Boka Xuniors va Independiente bilan birgalikda) va italyan klublari orasida eng koʻp sovrindor jamoadir[nb 1][nb 2]. Milan 7 marta Yevropa kubogi/Chempionlar ligasi gʻolibi, besh marta UEFA Superkubogi, ikki marta UEFA kubogi gʻoliblari kubogi, uchta Qitʼalararo kubok va bir FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionidir[11][12][13][14]. „Milan“ jamoasining Yevropadagi asosiy sovrinlari qatoriga ikkita Lotin kubogi ham kiradi[15].

Oʻzining dastlabki tarixida Milan 1926-yilda San-Sirostadioniga koʻchib oʻtishidan oldin, oʻzining uy oʻyinlarini shaharning turli maydonlarida oʻtkazgan[16]. 1947-yildan beri „Inter“ bilan Italiya futbolidagi eng katta stadioni hisoblanadigan, umumiy sigʻimi 75,817 ega San Siro stadionidan foydalanib kelmoqda[17]. „Milan“ „Inter“ klubi bilan azaliy raqobatga ega. Ikki jamoa futboldagi eng koʻp kuzatilgan derbilardan biri boʻlgan della Madonnina Derbisida bahslashadi[18].

Klub Italiya va jahon futbolidagi eng badavlat klublardan biri hisoblanadi[19]. Jamoa Yevropaning yetakchi futbol klublarining hozirda tugatilgan G-14 guruhi va uning oʻrnini bosuvchi Yevropa klublari assotsiatsiyasining taʼsischi aʼzosi edi[20].

A black and white picture of Herbert Kilpin, the first captain of A. C. Milan
Gerbert Kilpin, „Milan“ning birinchi sardori

„Milan“ futbol klubiga (Milan Cricket and Foot-Ball Club) 1899 yilda Britaniyaliklar Alfred Edvards (klubning birinchi prezidenti) va Gerbert Kilpin (klubning birinchi sardori) tomonidan asos solingan. Qora-qizil rangli libos gʻoyasi aynan Kilpinga tegishli. Unga koʻra qizil rang shaytonni, qora rang esa (jamoa raqiblariga) havfni anglatadi.

„Milan“ futbol klubi 1981 yilda yangitdan qayta tashkil qilingan boʻlib bu jamoaning B seriyadan qaytgan yiliga toʻgʻri keladi. Muhlislar orasida jamoa tashkil etilgan yil boʻyicha turli baxslar boʻlishiga qaramasdan jamoa logosi oʻzgarishsiz qoldirilgan.

„Milan“ oʻzining birinchi norasmiy oʻyinini 1900-yilning 11-martida „Mediolanum“ jamoasiga qarshi oʻtkazib 3:0 hisobida gʻalaba qozongan. Jamoa tarkibi: Xuud, Kanyani, Toretto, Lis, Kilpin, Valerio, Dubini, Devis, Nevill, Ellison, Formenti. Bu gʻalabadan ruhlangan jamoa vakillari Italiya Futbol Federatsiyasiga kirishga, yaʼni mamlakat chempionatida qatnashishga qaror qilishadi.

Birinchi rasmiy oʻyinda „Milan“ yirik hisobda „Torinoze“ga (0:3) magʻlub boʻlgan. Shunga qaramay 1901-yiliyoq „Milan“ oʻzining birinchi chempionlik unvoniga erishadi (final bahsida Djenoa magʻlub etilgan – 3:0). 1906 va 1907-yillarda klub 2-chi va 3-chi marotaba chempionlikni nishonlaydi. 1908-yil, mahalliy va legioner futbolchilar oʻrtasida futbol qoidalarini tafsil qilishdagi kelishmovchilar yuzasida, „Milan“ chet ellik futbolchilaridan voz kechadi. Bu hodisa Milan shahrida yana bir klub – Inter futbol klubining paydo boʻlishiga olib keladi. 1919-yili klub oʻz nomini Milan Football Clubga oʻzgartiradi.

1920-chi, 1930-chi yillar davomida Italiya futbolida Torino gegemonlik qilgan. Bu paytlarda „Milan“ Italiyaning old jamoalaridan hisoblanmagan. 1939-yilda klub hozirgi kundagi Associazione Calcio Milan nomini olgan.

Dastlab „San-Siro“nomi bilan atalgan shahar atrofi u joylashgan joyda, 1899-yilda ingliz Alfred Edvards tomonidan tashkil etilgan „Milan“ ning uy stadioni boʻlgan. 1920-yillarning oʻrtalariga kelib „rossoneri“ oʻzining eski stadionida tor boʻlib qoldi va „Milan“ prezidenti Pyero Pirelli, juda boy odam, yangi Arena qurilishi uchun yer sotib oldi. 35 000 dan ortiq tomoshabin sigʻadigan San-Siro futbol stadioni 1926 yil sentyabr oyida ochilgan. Bir necha yil oʻtgach, mahalliy munitsipalitet stadionni „Milan“dan sotib oldi. Shahar va klub uni asta – sekin kengaytirdi va 1940-yilda Italiyaning Germaniyaga qarshi oʻyinida 65 000 tomoshabin ishtirok etdi[21].

1947-ilda eski „Inter Milan“ stadioni bunday katta klub uchun kichik boʻlgani aniq boʻldi. Ikkala jamoaning bitta stadionni baham koʻrish taklifi „Milan“tomonidan maʼqullandi. Ammo qarorni amalga oshirish uchun arenani kengaytirish kerak edi. „San-Siro“ rekonstruksiya qilish uchun yopildi va 1955-yilda qayta ochildi. U deyarli 82 000 tomoshabinni sigʻdira boshladi. 1979-yilda" San-Siro "" Juzeppe Meazza " deb nomlandi Italiya futbol tarixidagi ikki futbolchidan biri sharafiga, ular 1934 va 1938-yillarda jahon chempionatlarida gʻalaba qozongan ikkala Italiya terma jamoasi tarkibiga kirgan. Muxlislar Milanning ikkala klubida oʻynagan Meazza – forvardga tom maʼnoda taʼzim qilishdi.

Endi Italiyada stadionning ikkala nomi ham soʻzlashuvda ishlatiladi. Tarixiy nomi „San – Siro“dunyoda yanada mashhur va taniqli boʻlib qolmoqda.

1990-yilgi jahon chempionatiga kelib, stadionda taxminan 50 million funt sterlingga teng boʻlgan yana bir global rekonstruksiya amalga oshirildi-bu yangi qoʻllab-quvvatlovchi tuzilmalar tufayli maydonni soya qilish bilan bogʻliq muammolarni hal qilish uchun sarflangan mablagʻni hisobga olmaganda.

Italiyaning „La Repubblica“ gazetasi tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotga koʻra, „Milan“ Italiyadagi eng mashhur futbol klublaridan biri hisoblanadi. Tarixiy jihatdan „Milan“ uchun ishchi sinfi va shahar kasaba uyushmalari ildiz otgan. Boshqa tomondan, asosiy raqib „Internacional“ asosan gullab-yashnayotgan Milan oʻrta sinfining qoʻllab-quvvatlashiga ega edi. Italiya futbolining eng qadimgi ultras guruhlaridan biri „Fossa dei Leoni“ Milanda paydo boʻlgan. 1999-yil 20-dekabrda „Brigate Rossonere“klubini tashkil etdi. „Milan“ ultraslari hech qachon oʻziga xos siyosiy imtiyozlarga ega boʻlmagan, ammo ommaviy axborot vositalari ularni yaqin vaqtgacha anʼanaviy ravishda chap qanot bilan bogʻlashgan. Silvio Berluskoni prezidentligi boshlanishi bilan bu stereotip ahamiyatsiz boʻlib qoldi.

2010-yildan beri „Milan“ Yevropadagi eng mashhur italyan jamoasi boʻlib, dunyodagi yettinchi jamoa boʻlib, klubni 18,5 milliondan ortiq muxlislar qoʻllab-quvvatlamoqda. „Milan“ Evropaning eng koʻp tashrif buyuradigan futbol jamoalari oʻntaligiga kiradi, shuningdek, Xitoy va Janubi-Sharqiy Osiyoning aksariyat mamlakatlarida juda mashhur[22].

Birinchi jamoa tarkibi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
2024-yil 31-avgust[23]

Note: Flags indicate national team as defined under FIFA eligibility rules. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.

R. Poz. Millati Futbolchi
2  ITA HM Davide Calabria (Sardor)[24]
4  ALG YH Ismaël Bennacer
7  ESP HJ Álvaro Morata
8  ENG YH Ruben Loftus-Cheek
9  SRB HJ Luka Jović
10  POR HJ Rafael Leão
11  USA YH Christian Pulisic
14  NED YH Tijjani Reijnders
16  FRA DR Mike Maignan
17   SUI HJ Noah Okafor
18  ITA YH Kevin Zeroli
19  FRA HM Théo Hernandez (vise-sardor)[24]
20  SPA HM Álex Jiménez
Poz. Millati Futbolchi
21  NGA HJ Samuel Chukwueze
22  BRA HM Emerson Royal
23  ENG HM Fikayo Tomori
24  ITA HM Alessandro Florenzi
28  GER HM Malick Thiaw
29  FRA YH Youssouf Fofana
31  SRB HM Strahinja Pavlović
42  ITA HM Filippo Terracciano
46  ITA HM Matteo Gabbia
57  ITA DR Marco Sportiello
80  USA YH Yunus Musah
90  ENG HJ Tammy Abraham (Roma jamoasidan ijara)
96  ITA DR Lorenzo Torriani

Boshqa jamoalar bilan shartnoma imzolangan futbolchilar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
2024-yil 11-avgust

Note: Flags indicate national team as defined under FIFA eligibility rules. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.

R. Poz. Millati Futbolchi
 SEN HM Fodé Ballo-Touré
Poz. Millati Futbolchi
 BEL HJ Divock Origi

Milan Futuro va yoshlar sektori

[tahrir | manbasini tahrirlash]
2024-yil 28-iyul

Note: Flags indicate national team as defined under FIFA eligibility rules. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.

R. Poz. Millati Futbolchi
25  FRA DR Noah Raveyre
30  ITA YH Mattia Liberali
33  ITA HM Davide Bartesaghi
69  ITA DR Lapo Nava
70  CIV HJ Chaka Traorè
73  ITA HJ Francesco Camarda
81  NGA YH Victor Eletu
Poz. Millati Futbolchi
91  PAR YH Hugo Cuenca
93  ITA HM Adam Bakoune
97  ITA HJ Diego Sia
97  ITA YH Alessandro Bonomi
98  ROU HM Andrei Coubiș
99  ITA DR Alessandro Longoni
 ITA HM Vittorio Magni

Ijaraga berilgan futbolchilar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
2024-yil 31-avgust

Note: Flags indicate national team as defined under FIFA eligibility rules. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.

R. Poz. Millati Futbolchi
 COL DR Devis Vásquez (Empoli jamoasiga 2025-yil 30-iyungacha ijara)[25]
 FRA HM Pierre Kalulu (Juventus jamoasiga 2025-yil 30-iyungacha ijara)[26]
 ARG HM Marco Pellegrino (Independiente jamoasiga 2025-yil 30-iyungacha ijara)[27]
 FRA YH Yacine Adli (Fiorentina jamoasiga 2025-yil 30-iyungacha ijara)[28]
 ITA YH Tommaso Pobega (Bologna jamoasiga 2025-yil 30-iyungacha ijara)[29]
Poz. Millati Futbolchi
 BEL HJ Alexis Saelemaekers (Roma jamoasiga 2025-yil 30-iyungacha ijara)[30]
 ITA HJ Lorenzo Colombo (Empoli jamoasiga 2025-yil 30-iyungacha ijara)[31]
 SRB HJ Marko Lazetić (TSC Backa Topola jamoasiga 2025-yil 30-iyungacha ijara)[32]
 ARG HJ Luka Romero (Alavés jamoasiga 2025-yil 30-iyungacha ijara)[33]

Milan ayollar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Former players

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Club captains

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbolchilar rekordlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muzlatilgan raqamlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Futbolchi Millat Pozitsiyasi Milan debyuti Oxirgi oʻyini Esl
3 Maldini, PaoloPaolo Maldini  Italy Markaziy himoyachi / Chap qanot himoyachisi 20 Yanvar 1985 31 May 2009 [34]
6 Baresi, FrancoFranco Baresi  Italy Tozalovchi 23 Aprel 1978 1 Iyun 1997 [34]


  • A seriyasi: →18← marta
1901, 1906, 1907, 1950/51, 1954/55, 1956/57, 1958/59, 1961/62, 1967/68, 1978/79, 1987/88, 1991/92, 1992/93, 1993/94, 1995/96, 1998/99, 2003/2004, 2010/2011
  • Italiya kubogi: →5←
1966/67, 1971/72, 1972/73, 1976/77, 2002/03
  • Italiya Superkubogi: →6←
1988, 1992, 1993, 1994, 2004, 2011
  • UEFA Chempionlar Ligasi/ Yevropa Chempionlar Kubogi: →7←
1962/63, 1968/69, 1988/89, 1989/90, 1993/94, 2002/2003, 2006/2007
1967-68, 1972-73
  • UEFA Superkubogi : →5←
1989, 1990, 1994, 2003, 2007
1969, 1989, 1990
2007
  1. Being in South America, Boca Juniors’s and Independienteʼs titles are with CONMEBOL instead of UEFA
  2. Being in South America, Boca Juniors’s and Independienteʼs titles are with CONMEBOL instead of UEFA
  1. „Organisational chart“. acmilan.com. Associazione Calcio Milan. 2010-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 4-oktyabr.
  2. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named foundationdate
  3. „RedBird Capital Partners completes acquisition of AC Milan“. acmilan.com. Associazione Calcio Milan (2022-yil 31-avgust). 2022-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-sentyabr.
  4. „Relazione e bilancio al 30 giugno 2019“ [Financial statement as of 30 June 2019] (IT). Associazione Calcio Milan (2019-yil 18-oktyabr). 2020-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 10-oktyabr.
  5. „Chi Siamo“ [About] (IT). APA Milan (2017-yil 15-may). 2020-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 10-oktyabr.
  6. From Sporting Lisbon to Athletic Bilbao – why do we get foreign clubs' names wrong? (Wayback Machine saytida 7 April 2023 sanasida arxivlangan), Michael Cox, The Athletic, 16 March 2023
  7. „History“. acmilan.com. Associazione Calcio Milan. 2010-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 4-oktyabr.
  8. Neil Heath.. „AC Milan's Nottingham-born hero“. BBC (2009-yil 17-noyabr). 2017-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 4-oktyabr.
  9. „Albo d'oro“ (it). legaseriea.it. Lega Nazionale Professionisti Serie A. 2010-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 4-oktyabr.
  10. „Honours“. acmilan.com. Associazione Calcio Milan. 2010-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 4-oktyabr.
  11. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named honours2
  12. „International Cups Trivia“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation. 2020-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 18-dekabr.
  13. Conn, Tom. „Real Madrid match AC Milan and Boca Juniors with 18 international titles“. Inside Spanish Football (2014-yil 21-dekabr). 2014-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 22-dekabr.
  14. „Milan loses the throne. Al Ahly is the most successful club in the world“. Football Magazine (2014-yil 22-fevral). 2014-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 22-dekabr.
  15. „History of San Siro stadium“. 2022-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-iyul.
  16. „AC Milan: Serie A club plan to move out of San Siro to new 70,000-capacity stadium“ (en-GB). BBC Sport (2023-yil 27-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 28-may.
  17. „Struttura“ (it). sansirostadium.com. San Siro. 2019-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-aprel.
  18. „Is this the greatest derby in world sports?“. Theroar.com.au (2010-yil 26-yanvar). 2011-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 28-sentyabr.
  19. „Soccer Team Valuations“. forbes.com (2008-yil 30-aprel). 2010-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 4-oktyabr.
  20. „ECA Members“. ecaeurope.com. European Club Association. 2010-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 4-oktyabr.
  21. „Сан Сиро“. Qaraldi: 2024-yil 28-may.
  22. „Milan «взял курс на Китай»“. Qaraldi: 2024-yil 28-may.
  23. „Men's First Team“. acmilan.com. Associazione Calcio Milan. 2016-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 7-yanvar.
  24. 24,0 24,1 Finulli, Francesco „La fascia passa di braccio: Calabria sarà il nuovo capitano, Theo il vice“ [The armband passes on: Calabria to be the new captain, Theo his deputy] (it). milannews.it (2022-yil 13-iyun). 2022-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-iyul.
  25. „UFFICIALE: Ecco il primo colpo dal Milan per l'Empoli. Preso il portiere colombiano Vasquez“ [OFFICIAL: [...] Empoli. Taken Colombian goalkeeper Vasquez] (Italian). tuttomercatoweb.com (2024-yil 18-iyul).
  26. „Ufficiale: Juventus, ecco Pierre Kalulu: la nota del club sul suo arrivo dal Milan“ [OFFICIAL: Juventus, here's Kalulu [...] from Milan] (Italian). tuttomercatowb.com (2024-yil 21-avgust).
  27. „Ufficiale: Milan, Pellegrino torna in Argentina: è dell'Independiente, la formula“ [Official: Pellegrino is back to Argentina: signed for Independiente [...]] (Italian). tuttomercatoweb.it (2024-yil 11-avgust).
  28. „Ufficiale: Fiorentina, ecco Yacine Adli dal Milan: prestito con diritto di riscatto. Il comunicato“. tuttomercatoweb.com (2024-yil 28-avgust).
  29. „Ufficiale: Bologna, ecco Pobega: il centrocampista arriva in prestito con diritto di riscatto“ [OFFICIAL: Bologna: here's Pobega [...] on loan] (Italian). tuttomercatowec.com (2024-yil 24-avgust).
  30. „Alexis Saelemaekers signs for Roma“. Roma (2024-yil 30-avgust). Qaraldi: 2024-yil 30-avgust.
  31. „UFFICIALE: Empoli, ecco Colombo: l'attaccante arriva in prestito con diritto di riscatto dal Milan“ [OFFICIAL: [...] Empoli, here's Colombo on loan from Milan] (Italian). tuttomercatoweb.com (2024-yil 31-iyul).
  32. „UFFICIALE: Milan, altro addio in prestito per Lazetic: l'attaccante ha firmato con il Backa Topola“ [OFFICIAL: Milan, another goodbye on loan for Lazetic: he signed with Backa Topola] (Italian). tuttomercatoweb.com (2024-yil 18-iyun).
  33. „UFFICIALE: Romero riparte per la Spagna. Il Milan lo cede all'Alaves: il comunicato con i dettagli“ [OFFICIAL: [...] Romero loaned to Alaves] (it). tuttomercatoweb.com (2024-yil 23-iyul).
  34. 34,0 34,1 Scott Murray; Paolo Bandini. „Which clubs have retired shirt numbers?“ (2009-yil 27-may). 2013-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 11-yanvar.