Dmitriy Mendeleyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Mendeleyev Dmitriy Ivanovichdan yoʻnaltirildi)
Dmitriy Ivanovich Mendeleyev
D. I. Mendeleyev oʻzining kabinetida  (Oʻlchov va tarozilar bosh palatasi, Sankt-Peterburg), 1897-yil.
D. I. Mendeleyev oʻzining kabinetida (Oʻlchov va tarozilar bosh palatasi, Sankt-Peterburg), 1897-yil.
Tavalludi 27-yanvar (8-fevral) 1834-yil
Tobolsk,
Tobolsk guberniyasi,
Rossiya imperiyasi
Vafoti 20-yanvar (2-fevral) 1907-yil (72 yosh)
Sankt-Peterburg, Rossiya imperiyasi
Istiqomat joylari (istiqomat joylari)
Fuqaroligi Rossiya imperiyasi
Vatani Rossiya imperiyasi
Millati rus
Sohasi Ximiya, fizika, ekanomika, geologiya, metrologiya
Institutlar (institutlar)
Alma mater Sankt-Peterburg davlat universiteti
Akademik rahbarlari   A.A.Voskresenskiy
Mashhur shogirdlari   D.P.Konovalov,V.A.Gemilian, A.A.Boykov, A.L.Potilitsin, S.M.Prokudin-Gorski
Mashhur ishlari Kimyoviy elementlar davriy sistemasi

Mendeleyev Dmitriy Ivanovich (1834.27.1 (8.2), Tobolsk — 1907.20.1 (2.2), Peterburg (hoz. Sankt-Peterburg)) — rus kimyogar olimi va pedagogi. Peterburgdagi Bosh pedagogika instituti fizikamatematika f-tining tabiiyot fanlar boʻlimini tugatgan (1855). 1856 y.da Peterburg untida magistrlik dissertatsiyasini yoklaydi. 1859—61 y.larda Gelderberg sh.ga ilmiy xizmat safariga yuboriladi. M. bu yerda Gelderberg untining R. V. Bunzen boshchiligidagi laboratoriyasida ishlaydi. 1861 y.da „Organik kimyo“ darsligi chop etiladi. 1865 y.da doktorlik dissertatsiyasini yoqlaydi va Peterburg untining professori, 1876 y.dan Peterburg FA muxbir aʼzosi qilib saylanadi. 1893 y.da M.ning tashabbusi bilan Oʻlchov va tarozi namunalari deposi Oʻlchov va tarozilar bosh palatasiga aylantiriladi. Mendeleyev. umrining oxirigacha shu ishda boshqaruvchi (direktor) boʻlib ishlaydi.

M.ning ilmiy faoliyati keng va koʻp qirrali boʻlib, eng asosiylari kimyo, kimyotexnologiya, fizika, metrologiya, meteorologiya, iqtisod va b.ga oid. Kimyoviy elementlar davriy qonunining kashf qilinishi — M.ning buyuk xizmatidir (q. Mendeleyev davriy sistemasi). M. eritmalarning kimyoviy („gidrat“) nazariyasini ishlab chiqdi, kritik trani(kritik temperatura?) kashf qildi (1860). Bir mol ideal gaz uchun bosim, hajm va temperatura orasidagi bogʻliqlikni ifodalovchi holat tenglamasini (Klapeyron — Mendeleyev tenglamasi(qaysi biri toʻgʻriroq?)) hisoblab topdi (1874). Koʻmirni yer ostida gazga aylantirish gʻoyasini ilgari surdi (1888). Tutunsiz poroxning yangi tarkibini topdi (1890) va uni i.ch.ni yoʻlga qoʻydi.

Moskva kimyotexnologiya instituti va Tobolsk pedagogika instituti M. nomiga qoʻyilgan. Shimoliy Muz okeanidagi suv osti tizmasi, Kunashir orolidagi (Kuril o.lari) soʻnmagan vulkan, Oydagi krater, mendeleyevit minerali M. sharafiga atalgan.

1955 y.da Amerika olimlari (G. Siborg va b.) sintez qilgan 101-elementni M. sharafiga mendeleviy (Md) deb atadilar.

Manbalar[tahrir]

  • Sochineniya, T., 1—25. L.—M, 1937— 54.

Adabiyot[tahrir]

  • Makarenya A. A., Filimonova I. N., Karpilo N. G., D. I.Mendeleev v vospominaniyax sovremennikov, 2 nashr, M., 1973.