Laboratoriya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zamonaviy biokimyo laboratoriyasi, Kyoln Universiteti, Olmoniya.

Laboratoriya ((lot. laboratorium — „ishxona“) ilmiy tadqiqot, tajriba va oʻlchov oʻtkazish uchun moʻljallangan joy, obyektdir. Bu atama bilan shuningdek jarayon yoki uskunalari ilmiy laboratoriyaga oʻxshash boshqa ishxonalar ham nomlanadi (masalan, fotolaboratoriya, komputer laboratoriyasi).

Laboratoriya (lot. laboro — ishlayman) — ilmiy muassasa, vazirlik, korxona, oʻquv yurti tarkibidagi ilmiy, i.ch.-nazorat tajribalari yoki oʻquv mashgʻulotlari olib boruvchi mustaqil muassasa yoki boʻlim, boʻlinma. Oliy oʻquv yurtlarida L. 3 turga ajratiladi: oʻquv L. (ayrim oʻquv fanlaridan) — talabalar bilan L. mashgʻulotlari olib boriladi; muammoli L. — asosiy fanlar boʻyicha yirik ilmiy-texnikaviy izlanish masalalari hal qilinadi; soha L. — xalq xoʻjaligining muayyan tarmogʻidagi dolzarb masalalar hal etiladi.

Muammoli va soha L.lari korxona, i.t. muassasalari va b. tashkilotlarda ham bor. I.ch.-nazorat L.lari davlat va jamoat tashkilotlari tarkibida tuzilib, i.ch.ga oid tayin masalalarni tekshiradi. Mas, i.ch. xom ashyosi va tayyor mahsulotni nazorat etish L. (z-dlarda), klinik L. (davolash muassasalarida), kriminalistik L. (tergov va sud organlarida), agronomik L. (q.x. tashkilotlarida).[1]


Ilmiy laboratoriyalar maktab va universitetlarda, sanoatda, davlat yoki harbiy tashkilotlarda, kema yoki fazoviy kemalarda boʻlishi mumkin.

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil