Got (submadaniyat)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Got qiz.

Got submadaniyati (ingl. Goth subculture) zamonaviy submadaniyatlardan biri boʻlib, umumjahon tarqalgan. 1980-yillarda Angliyada gothic rock sahnasi bilan boshlangan. Oʻsha davrning boshqa koʻplab oqimlaridan farq qilib, kunimizgacha yashab qolgan va xilma-xillashgan. Gotlar kiyimi va hayot tarzi XIX asr gotik adabiyoti va qoʻrqinch filmlar, ayrim hollarda esa BDSMdan taʼsirlangan.[1][2][3] Gotlar gothic rock, deathrock, post-punk, darkwave, industrial va neoklassik musiqa tinglashadi. Got submadaniyati tushkunlik, pessimizm va motam mavzulari atrofida shakllanadi.Qora rang ushbu madaniyatning ramzidir. Gotlarning kiyimlari ham qora tun rangida bo'ladi. Ayollar bilan birgalikda erkaklar ham o'ziga xos makiyajda yurganligi sababli ularni bir-biridan ajratish qiyin.

Manbalar[tahrir]

  1. César Fuentes Rodríguez "Mundo Gótico", pages 18 & ss./pages 206 & ss.
  2. Carol Siegel "Goth's Dark Empire", pages 8-13 and ss.
  3. Cintra Wilson, "You just can't kill it", The New York Times, 17 September 2008. Access date: 18 September 2008.

Havolalar[tahrir]