Albert Fish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻtish: foydalanish, Qidir
Albert Fish
Albertfish-full.jpg
Albert Fish 1934-yil 13 dekabrda olingan rasmi
Tug'ilgan: 1870-yil 19 may
Mamlakati: AQSh Vashington
O'lgan: 1936-yil 16 yanvar
O'lim sababi: Elektrik stul
Qurbonlar soni: 1 ta tan olingan va 15 ta gumonli
Qotilliklar qilingan mamlakat: AQSh
Qotilliklar qilingan shtat: N'yu-Y'ork
Qotillik yillari: 1927dan 1934gacha
Hibsga olingan yil: 1934
Jazo: O'lim

Albert Hamilton Fish (1870 19 may1936 16 yanvar) — Amerikalik serial qotil va kannibal.

Shuningdek «Tungi Manyak», «Kulrang Odam» va «Bruklin Vampiri» laqablari bilan mashhur. Yuzdan ortiq yosh bolalarga jinsiy shilqimliklarda ayblangan. Qurbonlarining soni aniq ma'lum emas. Grace Buddning qotilligida ayblanib hibsga olinadi. Aybdor deb tan olinadi va elektrik stul vositasida o'ldiriladi.

Mundarija

[tahrir] Biografiya

[tahrir] Hayotining ilk vaqtlari

Fish Vashingtonda, Randall Fish (1795-1875) oilasida dunyoga keladi va Hamilton nomini oladi. Uning otasi onasidan 43 yosh katta bo'ladi. Hamilton oilaning eng kencha farzandi edi. Uni ikki akasi va bir opasi bor edi. Uni «Albert» deb chaqirishlarini hohlar edi. Yetimhonada esa «Vetchinali quymoq» laqabini oladi va uzun vaqt bundan qutula olmaydi.

Oila a'zolari psihik muammolari bor edi va diniy vasvasa bilan kasallangan edilar. Otasi kemada kapitan edi. 1870-yildan boshlab esa o'g'it ishlab chiqarishga boshlaydi. U 1875-yil Pensilvaniya temir yo'lida Oltinchi Ko'cha bekatida infarkdan o'ladi va onasi besh yoshli Hamiltonni bolalar uyiga beradi. U yerda ko'p azob va qiynovlarga duch keladi. U jismoniy og'riqlardan zavq olar edi. Urishlar unda ereksiyaga sabab bo'lar edi. Bu esa boshqa bolalarga uni mazah qilish uchun sabab yaratar edi.

1879-yil onasiga topshiriladi. Bolalar uyidagi hayot unda chuqur iz qoldirgan edi. 1882-yil o'n ikki yoshligida pochtachi bola bilan gomoseksual aloqaga kiradi. Tahminan shu yili u koprofagiyaga boshlaydi. Fish jamoat hammomlariga borishni boshlaydi. U yerda yalang'och erkaklarni tamosha qila olardi. Dam olish kunlari shunday o'tar edi.

1903-yil Albert Fish

1890-yil Fish N'yu-Y'orkga (uning aytishi bo'yicha) gomoseksual fohishalik qilish uchun keladi. Shuningdek u yerda kichik bolalarni zo'rlaganligini tan oladi. Onasi uni uylantirib qo'ygandan keyin ham zo'rlashlarni to'htatmaydi. 1898-yil o'zidan 9 yosh kichik ayol bilan uylanadi. Ularni 6 farzandlari bo'ladi: Albert, Anna, Gertruda, Yudjin, John va Henry.

1903-yil o'g'rilikda ayblanib Sing-Sing qamoqhonasiga tushadi. Qamoqda muntazam ravshda erkaklar bilan jinsiy aloqaga kirar edi.

[tahrir] Birinchi hujumlari

Birinchi qotilligini Fish Thomas Bedden bilan Delaver shtati, Uilmingtonda 1910-yil amalga oshiradi. Keyinroq, tahminan 1919-yilda Djorjtaunda, Virdjiniya shtatida aqliy zaif bolani so'yadi.

[tahrir] Grace Budd

1928-yil 25 mayda Edward Budd «New York World» gazetasiga quyidagicha e'lon beradi: «18 yoshli yosh yigit qishloqda ish qidiryapti. Edward Budd, 406 15-G'arbiy ko'cha». 28 may kuni esa 58 yoshli Fish Edwardni olib ketish uchun Budd oilasining uyiga keladi. Frank Howard, Farmingdeyldagi fermer deb o'zini tanishtiradi. U yerda Fish Edwardning 10 yoshli singlisi Graceni uchratadi. Bir-ikki kundan keyin kelib Edwardni ishga olishga so'z beradi. Keyingi kelishida Edwardni «ishga oladi» va Graceni Fishning singlisini tug'ilgan kunini nishonlashga olib ketish bahonasi bilan ota-onasini ko'ndiradi. Fish Graceni olib ketadi va Grace hech qachon qaytib kelmaydi.

1930-yil 5 sentyabrda politsiya Charles Edward Popeni bolani o'g'irlash bilan ayblab hibsga oladi. 22 dekabr 1930-yilgacha (108 kun), sudgacha qamoqda qoladi.

[tahrir] Maktub

1934-yil noyabr oyida, yetti yil do'ng qizning ota-onasi anonim hat oladilar. Bu hat politsiyani Albert Fishni tutishga olib keladi. Maktubning tarjimasi:

1894 yil mening do'stim Takoma kemasida, John Davis komandasi ostida San-Fransiskodan Gonkongga ketti. Kema to'htagach do'stim va ikki do'sti qirg'oqga o'tib ichib oladilar. Qaytib kelganlarida esa kema ketgan bo'ladi. U davrlar Hitoyda ochlik hukmron edi. Go'sht 1 dan 3 dollargacha edi. Shu sababli hammadan ham kambag'allar qiynalar edilar. 12 yoshgacha bo'lgan bolalarini sotar edilar, kattalarni qornini to'ygazish uchun. Hohlagan do'konga kirib bifshteks so'rasangiz sizga o'sha bolalarning go'shtini pishirib berardilar. Bolani yoki qizning orqasi eng lazzatli qismi hisoblanadi va qimmatga sotiladi. U yerda qolib ketgan do'stim odam go'shtini mazasini totadi. Nyu Yorkga qaytishda o'zi bilan 7 va 11 yoshli ikki bolani olib oladi. Ularni uzoqdagi uyiga bekitib, tualetda bog'langan holda saqlar edi. Kunda bir necha martta ularni urar edi, go'shtni mazaliroq qilish uchun. Birinchi bo'lib 11-yoshli bolani o'ldiradi. Chunki u semizroq edi va go'shti ko'proq edi. Boshdan, suyak va ichaklardan tashqari butun a'zolarni bo'lib chiqadi. Uni orqasini duhovkada pishiradi. Qolgan joylarini qaynatadi, qovuradi va dimlaydi. Kichik bola ham shu holga tushiriladi. U paytlar men 100 Sharqiy ko'chada 409-uyda yashar edim. Do'stim odam go'shti haqida ko'p gapirar edi. Shu sababli o'z fikrimni bildirish uchun men ham odam go'shtini totib ko'rishga qaror berdim. 1928-yil 3 iyunda, yakshanba kuni 15-G'arbiy ko'cha, 406 uy adresi orqali sizga murojat qildim. Sizga savatchada qulupnay olib keldim. Nonushta qildik. Grace meni tizzalarimda o'tirar va meni o'par edi. Men uni yeyishga qaror berdim. Uni bayramga olib ketishni taklif qildim. Siz «Mayli, borishi mumkun» dedingiz. Men uni Vestchesterdagi bo'sh uyga olib keldim. Kelganimizda unga tashqarida turishni aytdim. U yovvoyi gullarni terar edi. Tepaga chiqdim va ustimdagi butun kiyimlarni yechdim. Qilmoqchi bo'lgan ishimni qilayotganda ularni qon bilan kir qilishimni bilar edim. Hammasi tayyor bo'lganida oynadan qarab uni chaqirdim. U honaga kirgunicha tualetga bekinib oldim. U meni yalang'och ko'rgach baqirib zinadan qochib ketmoqchi bo'ldi. Men uni tutib oldim, u esa hammasini onasiga aytib berishini aytdi. Oldin uni yechintirdim. U oyoqlari bilan tirandi, tishladi va baqirdi! Men uni bug'dim va honamga olib ketib pishirib yeyish uchun yumshoq qismlarini kesib oldim. Duhovkada pishirilgan kichkina va yumushoq orqasi qanday shirin! Uni go'shtlarini hammasini yeyish uchun 9 kun kerak bo'ldi. Unga tegmadim, hohlasam tegishim mumkun edi. U bokira bo'lib o'ldi.

Missis Budd savodsiz edi va o'qiy olmas edi. Fish keyinchalik Graceni zo'rlaganligini advokatiga iqror bo'ldi. Fish patalogik yolg'onchi edi. Shu sababli bu iqrori ham yolg'on bo'lishi mumkun. Politsiyaga esa qizni zo'rlash uni hayoliga ham kemaganligini aytgan edi.

[tahrir] Hibsga olinishi

Bu maktub Fishni hibsga olishga yordam beradi. Konvertdagi ma'lumotlar orqali dedektiv William King qiyinchiliklarsiz uni hibsga oladi.

[tahrir] Hibsga olinganidan keyin fosh bo'lgan haqiqatlar

[tahrir] Billy Gaffney

1927-yil 11 fevralda Billy Gaffney ismli bola Bruklindagi uyining ostonasida do'sti Billy Beaton bilan o'ynar edi. Ikkisi ham yo'q bo'lib qolishadi, lekin do'sti uyning tomida topiladi. Gaffneyga nima bo'ldi deb so'raganligida, uni qo'rqinchli chol olib ketganini aytadi. Gaffneyni o'limida Peter Kudzinowski shubhali bo'ladi. Joseph Meehan, Bruklin trolleybusi mashinisti gazetada Fishni rasmini ko'rib tanib qoladi. 11 fevral kuni trolleybusda onasiga yig'layotgan bir bolani Fish tinchlantirar edi. Politsiya u bolaning ko'rinish tarifini Billy Gaffney bilan solishtiradi. Bolaning o'lik tanasi taniladigan ahvolda emas edi. Gaffneyning onasi Elizabeth Gaffney o'g'lining o'limi haqida batafsil ma'lumot olish uchun Sing Sing qamoqhonasiga, Fish bilan gaplashishga boradi. Fish hammasini ochiq-oydin aytib beradi:

Uni Riker Alleyasidagi ahlathonaga olib bordim. U yerdga yaqin bir joyda bir uy bor edi. Bolani u yerga olib bordim. Uni yalang'och qilib yechintirdim, oyoq-qo'lini bog'ladim, og'zini ahlathonadan topgan iflos latta bilan bekitdim. Keyin kiyimlarini yoqdim. Oyoq kiyimlarini ahlatga ottim. Keyin trolleybusda qaytdim 59-ko'chaga va uyga kettim. Ertasi kuni soat 2larda asboblar va mahkam qamchi bilan qaytdim. Qo'l ishi. Kamarlarimdan birini yarimigacha kesib,8 dyumlik 6 chiziqlarga bo'ldim. Oyoqlaridan qon oqgungacha urdim. Quloq va burnini qirqib tashladim, og'zini u quloqdan bu quloqgacha yirtdim. Ko'zlarini o'yib oldim. Keyin u o'ldi. Qorniga pichoq tiqdim va qonini ichdim. Keyin uni so'ydim. Badanini qoq o'rtasidan bo'ldim. Keyin boshini, qo'llarini, oyoqlarini tizzasidan kesdim. Uyga go'shtim bilan qaytdim. Ularni duhovkada pishirdim. Qancha kurka go'shti yegan bo'lsam hech qaysisi uning orqasidek shirin emas edi. Go'shtlarni yeyish uchun 4 kun ketti. Chaynalmagan joylarini tualetgan tashladim

[tahrir] Oldingi hibsga olinishi

Fish 1930-yil 6 fevralda Uaterlu, N'yu-Y'orkda "Missis Estella Wilcox"ga uylanadi va bir hafta o'tgach ajrashadi. Fish o'sha yili may oyida hizmatkorlik e'loniga javob yozgan Afrika-Amerikalik bir ayolga beadab hat yozgani uchun hibsga olinadi. 1930-1931 yillar Bellevue ruhiy kasalliklar kasalhonasi nazoratiga topshirildi.

[tahrir] Sud jarayoni va qatli

Haddan ko'p ignalarni o'ziga tiqgan Albert Fishning tos rentgeni
Koʻrinishlar<!--Views-->
Shaxsiy uskunalar
o‘zgarishlar / ўзгаришлар