Limp Bizkit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Limp Bizkit
Limp Bizkit 050709 Le Zénith (Paris) II.jpg
Limp Bizkit
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSH
Faoliyat 1994-bugun
Janr Nu metal, Rapcore Funk metal
Leybl Inerscope Records/Geffen Records
Tarkib Fred Durst
Sam Rivers
John Otto
DJ Lethal
Veb-sahifa www.limpbizkit.com

Limp Bizkitamerikalik rapcore/nu metal-guruh, 1994-yilda Jeksonvil shahri, Florida shtatida tashkil topgan. 1990-yillarning ohiri - 2000-yillar boshlarining eng muvaffaqiyatli guruhlaridan biri.

Tarkib[tahrir]

Guruhning sobiq ishtirokchilari[tahrir]

Rob Waters (Rob Uoters) (gitara): Limp Bizkit'ning ilk gitarachisi, guruh tarkibida qisqa muddat bo'lgan.

Wes Borland (Ues Borland) (gitara): guruhning asosiy gitarachisi bo'lgan, Three Dollar Bill Y’All, Significant Other, Chocolate Starfish And The Hotdog Flavored Water, The Unquestionable Truth (Part 1), Greatest Hitz albomlarining yozilishida ishtirok etgan. Guruhning boshqa a'zolari, asosan Fred Derst bilan, kelishmovchiliklari tufayli ikki marta guruhni tark etgan: 2001-yilda (2004-yil qaytgan) va 2006-yillarda. Hozirgi vaqtda solo proyekt Black Light Burns (http://www.blacklightburns.com) bilan mashg'ul.

Mike Smith (Mayk Smit) (gitara): guruhga 2003-yil qo'shilgan, Results May Vary albomining yozilishida ishtirok etgan. 2004-yil guruhni tark etgan. Hozir Evolver (http://www.evolver.cc) guruhida faoliyat surmoqda.

Guruh tarixi[tahrir]

Guruhning tarixi 1994-yil, vokalchi Fred Derst va bas-gitarachi Sem Riverslarning tanishuvidan boshlanadi. U guruhga o'zining kuzeni, jaz barabanchisi Jon Ottoni olib keladi. Keyin ularga gitarachi Rob Uoters qo'shiladi, lekin tez orada guruhni tark etadi. Uotersni o'rniga gitarachi Ues Borland keladi. 1996-yili guruh tarkibiga mashhur hip-hop guruh House Of Painning sobiq ishtirokchisi DJ Lethal qo'shiladi.

1997yili Limp Bizkit juda muvaffaqiyatli va milliondan ortiq adad bilan sotilgan Three Dollar Bill Y’All debyut albomini chiqaradilar. Keyingi yili guruh AQSH bo'ylab Korn, Orgy, Rammstein va Incubus guruhlari bilan gastrollarda qatnashib muvaffaqiyatlarini ko'paytiradi.

Haqiqiy muvaffaqiyat 1999-yili, guruh keyinchalik multiplatinali bo'lgan ignificant Other albomini chiqarganda keladi. So'ng, 2000-yili eng muvaffaqiyatli bo'lib, sotuvlarning faqatgina birinchi haftasida platinalik unvoniga erishgan Chocolate Starfish And The Hotdog Flavored Water albomi ularga shuhrat olib keladi. Bu albom uchun Limp Bizkit MTV tomonidan yilning eng yahshi albomi sifatida mukofot bilan taqdirlanadi. Yuqoridagilaning hammasi Limp Bizkit'ni birinchi darajaviy dunyo yulduzlarning rangiga qo'shadi.

2001-yilda guruhni gitarachi Ues Borland tark etadi. Bu yo'qotish guruh uchun juda jiddiy bo'ladi. Borlandga almashuvni faqatgina ikki yildan so'ng, cheksiz proba va konkurslardan keyin topishadi - bu Snot guruhining sobiq gitarachisi Mayk Smit bo'ladi. U bilan birga guruh Results May Vary albomini yozishadi. Bu albom ikki avvalgi albomlar kabi muvaffaqiyatga erisholmaydi. Limp Bizkit'ning ko'pchilik muhlislari bu albomni "provalniy" deb hisoblashadi.

2004-yilda Mayk Smitni o'rniga to'satdan Ues Borland qaytadi. O'zining klassik tarkibiga qaytgan guruh 2005-yili The Unquestionable Truth (Part 1) nomli mini-albomni yozadi. Limp Bizkit bu albomning chiqishini har qanday promoushen, reklama va intervyular bilan kuzatishdan voz kechadi.

2005-yil ohirida rekord-leyblning maslahatlariga ko'ra Greatest Hitz - hitlar termasi chiqadi.

2006-yil boshida Fred Derst bilan ohirgacha urishib guruhdan Ues Borland yana bir bor ketadi. Shundan so'ng tarqab ketish to'g'risidagi hech qanday ofitsial arizasi hozirgacha ham bo'lmagan guruhning har qanday faoliyati to'htaydi,

Fred Durst hozirgi vaqtda o'zining rejisserlik karyerasi bilan band (The Education of Charlie Banks filmini sur'atga oldi). Wes Borland o'zining Black Light Burns proyektida ishtirok etmoqda va debyut "Cruel Melody" albomini chiqardi. John Otto Stereochemix nomli yangi proyekt tarkibida barabanchi. DJ Lethal yangi hip-hop guruh - La Coka Nostra tarkibida faoliyat surmoqda. Sam Rivers har xil guruhlar tarkibida bas-gitarada chalmoqda, hamda prodyusserlik bilan shug'ullanmoqda.

Diskografiya[tahrir]

Asosiy maqola - Limp Bizkit Diskografiyasi

Havolalar[tahrir]

Limp Bizkit
Guruh Tarkibi
Fred DurstSam RiversJohn OttoDJ Lethal
Wes BorlandMike SmithRob WatersScott BorlandTerry Balsamo
Diskografiya
Studiyaviy albomlari: Mental Aquaducts | Three Dollar Bill, Yall$ | Significant Other
Chocolate Starfish and the Hot Dog Flavored Water | New Old Songs| Results May Vary
The Unquestionable Truth (Part 1)| Greatest Hitz | Gold Cobra
Singllar: Counterfeit | Sour | Faith | Nookie | Re-Arranged | N 2 Gether Now | Break Stuff | My Generation | Rollin' (Air Raid Vehicle) | Take a Look Around | Boiler | My Way | Eat You Alive | Behind Blue Eyes | Home Sweet Home / Bittersweet Symphony | Shotgun | Gold Cobra
Shuningdek
Limp Bizkit Diskografiyasi | Black Light Burns