Rammstein

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rammstein
Rammstein Live at Madison Square Garden.jpg
Rammstein
Kelib chiqishi Berlin
Mamlakat Olmoniya
Faoliyat 1994
Janr Rok, indastrial
Leybl Universal Music Group
Tarkib Till Lindemann
Richard Zven Kruspe
Paul H. Landers
Oliver "Ollie" Riedel
Christoph "Doom" Schneider
Christian "Flake" Lorenz
Veb-sahifa www.rammstein.de

Rammstein (Rammshtayn) - 1994-yilda tashkil topgan olmon rok-guruhi. Ular oʻzlarining musiqiy yoʻnalishini Tanz-Metal yoki raqs metali deb atashgan, bu yoʻnalish metal, indastrial va elektron musiqani oʻz ichiga oladi. Guruhga Laibach kollektivi juda katta ta'sir koʻrsatgan.

Guruh[tahrir]

Guruhning nomi - Rammstein - gʻarbiy olmon shahri Ramstein nomidan kelib chiqishi koʻp vaqt guruh ishtirokchilari tomonidan tasdiqlanmagandi. Bu shaharda 1988-yili Amerika havo kuchlarining aviashousida aviakatastrofa tufayli 70 kishi halok boʻladi. Ammo, kollektiv dastlab Rammstein-Flugschau (Aviashou-Rammshtayn) nomi ostida faoliyat yuritadi. Guruh nomidagi qoʻshimcha "m" harfi nomni "hujum qiluvchi tosh" deb interpretatsiya qilishga imkon beradi, bu esa oʻz navbatida guruh musiqasini agressiv va ogʻirligi haqidagi tasavvurni tasdiqlaydi. Shuningdek, olmon fe'li "rammen" "nimadirga urilish" ma'nosini anglatadi. Deyarli hamma qoʻshiq matnlari olmon tilida yozilgan boʻlishiga qaramay, guruh Olmoniyaning tashqarisida ham katta shuhratga ega boʻldi va Reise, Reise albomining chiqarilishidan keyin esa ular nemis tilida kuylovchi hamma zamonlarning eng mashhur guruhiga aylandilar. Rammsteinning bir nechta singli Olmoniyada eng yaxshi oʻntaligiga kirgan.

Guruhning muhlisi fransuz astronomi Jan-Klod Merlen tomonidan 2001-yili asteroidlar belbogʻida kichik sayyora kashf etiladi. U #110393 raqamli asteroidni guruh sharafiga "Rammstein" deb nomlaydi. [1]

Tarkib[tahrir]

Diskografiya[tahrir]

Studiyaviy albomlar[tahrir]

Terma albomlar[tahrir]

Singllar[tahrir]

Videokliplar[tahrir]

Hronologik tartibda:

Rasmiy DVDlar[tahrir]

Saundtreklar[tahrir]

1996 - "Lost Highway" - Rammstein (Edit) & Heirate Mich (Edit)
1997 - "Mortal Kombat Annihilation" - Engel
1997 - "Wing Commander Prophecy" (oʻyin) - Eifersucht
1999 - "The Matrix" - Du Hast
2002 - "Resident Evil" - Halleluja
2002 - "xXx" - Feuer frei!
2002 - "La Sirene Rouge" - Sonne
2002 - "Lilja 4-Ever" - Mein Herz brennt
2002 - "Fear Dot Com" - Sonne
2002 - "Achtung! Wir kommen" - konsert yozuvlari
2004 - "Resident Evil: Apocalypse" - Mein Teil

Kitoblar[tahrir]

Messer - Tillning she'rlar toʻplami[tahrir]

2003-yili Till "Messer" nomli oʻzining she'riy toʻplamini chop etdi.

Havolalar[tahrir]

Rammsteinning rasmiy sayti
Rammsteinning suratlari
Rammstein haqida rus tilidagi sayt (rus.)