Langar ota maqbarasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Langar ota maqbarasi

Langar ota maqbarasi
Umumiy maʼlumot
Maqomi maqbara
Joylashuvi Koʻkbuloq MFY
Manzili Qamashi tumani
Shahar Qashqadaryo viloyati
Mamlakat Oʻzbekiston
Koordinatalar 38°40′54″N 66°45′29″E / 38.68169°N 66.75807°E / 38.68169; 66.75807 G OKoordinatalari: 38°40′54″N 66°45′29″E / 38.68169°N 66.75807°E / 38.68169; 66.75807 G O
Qurilishi boshlangan XV asr
Egasi Davlat himoyasida

Langar ota maqbarasi — Oʻzbekistondagi madaniy meros obyekti. Inshoot Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanidagi Koʻkbuloq mahallasida joylashgan boʻlib, taxminan XV asrda barpo etilgan[1]. Bugungi kunda mazkur hudud Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida) Davlat mulki hisoblanadi. „Vaqf“ xayriya jamoat fondiga tekin foydalanish shartnomasi asnosida biriktirilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktyabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan. Langar ota maqbarasi davlat muhofazasiga olingan[2][3].

Joylashuvi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Langar ota maqbarasi Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi Langar ota ziyoratgohida joylashgan. Ziyoratgoh tarkibida, Langarota masjidi ham mavjud. Maqbara masjiddan bir soy naridagi tepalik ustida bunyod etilgan.

Tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maqbaraning atrofi qabriston boʻlib, tobutxonadan 100 metr uzoqlikda xilxona joylashgan. Mazkur yodgorlik Langarota masjidi qurilganidan 100 yil oʻtib bunyod etilgan. Maqbara qurilishidagi meʼmorchilik uslubi Xoʻja Ahmad Yassaviy maqbarasiniki bilan juda oʻxshash. Langar ota maqbarasi pishiq gʻishtdan qurilgan boʻlib, eshik va deraza darchalari jimjimador naqshlar bilan bezaklangan. Maqbarada jami 5 ta qabr mavjud, ularning 3 tasiga qabrtoshi oʻrnatilgan.

Nomning kelib chiqishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Langar“ atamasi mozor, qabriston yoki ziyoratgoh, shu bilan birgalikda karvonsaroy, karvonlar toʻxtash joyi, bekati degan maʼnolarni anglatadi. Maqbara oʻz davrida ayni shunday hududda joylashgan.

Maqbarada Abulhasan Ishqiy va uning yaqinlari dafn etilganligi sababli ham bu inshoot Shayx Abulhasan maqbarasi nomi bilan ham mashhur.

Ayrim rivoyatlarga koʻra, „Langar ota“ atamasi shayx Abulhasanning kunyasi hisoblangan.

Oʻrganilinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qadimshunos olim Abdusobir Rayimqulovning tadqiqotlariga koʻra, Langar ota maqbarasiga tasavvuf taʼlimotining ishqiya tariqati bilan shugʻullanuvchi shayxlar Abulhasan Ishqiy, oʻgʻli shayxzoda Muhammad Sodiq va nabirasi Abulhasan Oxund dafn etilgan. Toʻrtinchi qabrda hechqanday qabrtoshi mavjud boʻlmaganligi uchun uning kimga tegishli ekanligi aniq emas[4].

Oʻxshash joylar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida ham ayni shu nomli yodgorlik va qishloq mavjud. U yerdagi ziyoratgoh xalq orasida Yangi Langar nomi bilan mashhur boʻlib, u langarning ikkinchisi hisoblanadi[5].

Shu bilan bir qatorda Fargʻona viloyati Qoʻshtepa tumanida ham Langarota ziyoratgohi mavjud. Mazkur inshoot Fargʻona viloyati madaniy meros boshqarmasi tasarrufida. Langarota ziyoratgohi tarkibida maqbara mavjud. Inshoot 1872-yilgi arxiv hujjatlarida „Langar“ nomi bilan qayd etilgan[6]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]