Lady Gaga

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lady Gaga
Stefani Joanne Angelina Germanotta
Foto
Tavalludi sanasi: 28-mart, 1986 (1986-03-28)
(28 yoshda)
Tavalludi joyi: Nyu York, AQSh
Faoliyat yillari: 2005–bugun
Janr: Pop, Dance
www.ladygaga.com

Stefani Joanne Angelina Germanotta (talaffuzi: Stefani Joann Anjelina Jermanotta; 28-mart, 1986), taxallusi — Lady Gaga (talaffuzi: Ledi Gaga), amerikalik xonanda, aktrisa va kiyimlar dizayneridir. Nyu York shahrida tugʻilib oʻsgan Stefani avval Muqaddas Yurak ayollar monastirida, keyin New York Universitetining Tisch sanʼat maktabida tahsil oldi. Manhattan rock musiqa sahnasida ijro etishni boshlab, 207-yil oxiriga kelib Streamline Records studiyasidan shartnoma imzoladi. Studiya uchun qoʻshiq yozib yurgan Stefanining vokaliga Akon eʼtibor qaratdi va unga Kon Live Distribution leyblidan shartnoma taklif etdi.

Lady Gaga 2008-yili The Fame nomli debut albomini chiqarib, munaqqidlar maqtovi va tijoriy muvaffaqiyatga erishdi va xalqaro shuhrat qozondi. Bu albomda butun dunyoga ovoza boʻlgan „Just Dance“ va „Poker Face“ qoʻshiqlari joy olgan. The Fame Ball Tour turnesini boshlab, u 2009-yili „Bad Romance“, „Telephone“ va „Alejandro“ kabi hit ashulalari bor The Fame Monster albomini chiqardi. The Fame Monster muvaffaqiyati ketidan Gaga katta tijoriy foyda keltirgan oʻn sakkiz oylik The Monster Ball Tour turnesida boʻldi. Uning 2011-yilgi Born This Way albomi xalqaro chartlar choʻqqisini egallab, oʻz ichiga „Born This Way“, „Judas“ va „The Edge of Glory“ kabi singllarni oladi. Musiqa faoliyatidan tashqari, Gaga ijtimoiy yordam va LGBT faollik bilan ham shugʻullanadi.

David Bowie, Michael Jackson, Madonna va Queen kabi musiqachilardan ilhomlangan Lady Gaga kiyimlari, ijrosi va kliplari orqali musiqa sanoatiga qoʻshgan yorqin va serqirra hissasi uchun eʼtibor qozongan. U taqriban jahon boʻylab 23 million albom va 64 million singl sotib, eng koʻp daromad ishlagan qoʻshiqchilar safidan joy olgan.[1] Uning yutuqlari qatoriga beshta Grammy va 13 ta MTV Video Musiqa mukofotlari kiradi. Lady Gaga Billboard jurnalining Yil Artistlari boʻlimida bir necha bor oʻrin olgan, VH1 kanalining Musiqadagi Eng Buyuk 100 Ayol roʻyxatida toʻrtinchi oʻrinda turadi, Forbes va Time jaridalarida dunyoning eng eʼtiborli kishilari roʻyxatlarida eslatilgan.[2][3] 2011-yili Gaga $25 million ishlab, Billboard jurnalining eng koʻp pul ishlagan artistlari roʻyxatida 4-oʻrinni egalladi.[4]

Diskografiyasi[tahrir]

Manbalar[tahrir]

  1. "Lady Gaga to perform at Belfast MTV awards". BBC. 2011-10-17. http://www.bbc.co.uk/news/uk-northern-ireland-15340049. Qaraldi: 2011-11-08. 
  2. Caulfield, Keith (2010-09-12). Lady Gaga Is Billboard's 2010 Artist of the Year, Ke$ha Takes Top New Act. Billboard. Nielsen Business Media, Inc.
  3. Lady Gaga Profile. Forbes. 2010-10-08.
  4. Music's Top 40 Money Makers 2012. Billboard. March 9, 2012.
  5. Lady GaGa's new album to be called 'ARTPOP'. Digital Spy. 5 August 2012.

Havolalar[tahrir]