Kelly Clarkson

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻtish: foydalanish, Qidir
Kelly Clarkson
Foto
Tugʻilgan paytidagi ismi: Kelly Brianne Clarkson
Tavalludi sanasi: 24-aprel, 1982 (1982-Andoza:Pad2digit-Andoza:Pad2digit) (29 yoshda)
Tavalludi joyi: Fort-Uort, AQSh bayrogʻi AQSh
Faoliyat yillari: 2002 – bugun
Ampluasi: vokal
Janr: Pop
Rock
KellyClarkson.com

Kelly Brianne Clarkson (talaffuzi: Kelli Brienn Klarkson, 24-aprel 1982-yil, AQShda tugʻilgan) amerikalik qoʻshiqchi va aktrisadir. Clarkson 2002-yilda American Idol teleshousida ishtirok etib mashhurlikka erishdi. Dastlab, Thankful nomli birinchi albomining chiqishidan soʻng tanqidchilar Clarksonni pop-qoʻshiqchi deb hisoblashar edilar. Multiplatinaviy ikkinchi Breakaway albomi chiqqanidan soʻng Clarkson rock-musiqa tomon moʻljal ola boshladi. Clarkson 40 million singl va 25 million albom sotib, eng muvaffaqiyatli musiqachilar qatoridan joy olgan.[1]

Mundarija

[tahrir] Tarjimai holi

Kelly Fort-Ourt shahri, Texas shtatida tavallud topdi, va Burleson kichik shaharchasida, u ham Texasda, oʻsdi. U yunon va irland ildizli oʻqituvchi Jeanne Rose va kelib chiqishi valliyalik, sobiq muhandis Stephen Michael Clarksonning uchinchi va eng kenja farzandidir. Kellyning akasi James va opasi Alyssa bor. Kelly olti yoshligi paytida uning ota-onasi oʻn yetti yil turmushdan soʻng ajraladilar. Akasi otasi bilan birga ketadi, opasi xolasinikida turadi, Kelly esa onasi bilan qoladi. Ular doimo joydan-joyga Texas boʻylab koʻchadilar, onasi oilani boqish uchun har xil ishlarda ishlaydi. Olti yoshli bola boʻlib, Kelly nega oilaligi koʻchib yurishini tushunmasdi. Oxir-oqibat oila Burlesonda qoladi, u yerda Kellyning onasi ikkinchi marta Jimmy Taylor ismli insonga turmushga chiqadi.

Clarkson Pauline Hughes (Pauline Hughes Middle School) oʻrta maktabida oʻqiydi. Dastlab, u dengiz biologi boʻlishni xohlaydi, ammo Jaws filmini koʻrib, fikrini oʻzgartiradi.[2] Ustiga-ustak bir kuni oʻqituvchisi uning koridordagi qoʻshiq aytishini eshitib qolib, maktab xoriga borib koʻrishni maslahat beradi. Kelly oʻqituvchisiga avvallari hech ham professional vokalga oʻrganmaganligini aytadi. Oʻrta maktabni tamomlab, u Burleson oliy maktabiga (Burleson high School) oʻqishga kiradi va Brigadoon kabi myuzikllarda oʻynashni boshlaydi.

2000-yili oliy maktabni tamomlaganidan soʻng Kelly ovoz yozish studiyalariga yubormoqchi boʻlgan demo-yozuvni mablagʻini qoplash uchun bir necha ishda ishlay boshlaydi. U bir necha javobni oladi, va oxir-oqibat Hollivudga koʻchib oʻtib, sahnaga chiqishning boshqa yoʻllarni izlaydi, ulardan biri qoʻshiqlar muallifi Derry Goffinning homiyligi boʻladi. Ammo, Goffin betoblanib, oʻlim toʻshagida yotib qoladi. Clarkson Sabrina, the Teenage Witch ("Sabrina - yosh yalmogʻiz") va That 80’s Show ("80-larning shousi") teleseriallarida, 2001-yilda chiqqan Issues 101 filmida epizodik rolni ijro etadi. Gollivuddagi olti oydan soʻng, uning xonadoni yonib kul boʻlganidan keyin, Kelly vatani Texasga qaytadi. U yerda teatrda oʻynaydi, barmen boʻlib ishlaydi, Six Flags luna-parkida qoʻshiq aytadi va Red Bull ichimligini reklama qiladi.

[tahrir] Karyera

Kelly Clarkson Women's World Award taqdimotida. Vena, Avstriya, 2009.

Qoʻshiqchining musiqiy karyerasi 2002-yilda, Kelly Clarkson amerikalik talantlarning eng bosh teleshousi - American Idolda gʻalaba qozonishidan boshlandi. Uning birinchi singli - "A Moment Like This" tez orada AQShda juda katta ommaviylikni tusga oladi va xuddi shunday tezlikda uni yoʻqotadi. Tarona American Top 40ning 4-oʻrnigacha chiqadi, va keyin pastga tushishni boshlaydi.

Kelly Clarkson yoʻqolib qolib, abadiy bir hitning artisti boʻlib qolishi mumkin edi, koʻpchilik pop-yulduzlarni tayyorlash teleshoularining bitiruvchilari kabi. Shunday boʻlardi ham, agar Kelly Rhett Lawrence va Clif Magness produserlarini uchratmaganida. Ular, shuningdek Christina Aguilera ishtirokida Kelli "Miss Independent" nomli taronani yozadi. Bu ashula AQShda, keyinchalik esa Yevropada ham katta hit boʻladi. Qoʻshiq American Top 40ning birinchi pogʻonasida uch hafta turadi va 2003-yilning xulosaviy chartida 9-oʻrinni egallaydi. Shu produserlar bilan yozilgan Thankful debut albomi AQShda 2003-yil 15-aprelda chiqadi va darrov Billboard Top 200ning birinchi oʻrniga chiqadi. 2003-yil 8-dekabrda albom AQShda ikki karra platinaviy, 2004-yil 10-fevralda esa Kanadada platinaviylik unvoniga sazovor boʻladi.

Shuningdek, shu albomdan "Low" va "The Trouble with Love Is" singllari jarang sochadi, ammo ular "Miss Independent"dan kamroq shuhratga erishishadi. 2004-yil fevralda Kelly bu ashula uchun "Gremmi"ga "Eng yaxshi ayol pop-ijrosi" nominatsiyasiga chiqariladi. Soʻng qoʻshiqchi toʻsatdan sahnadan yoʻq boʻlib qoladi. Lekin, uzoq muddatga emas. Butun 2004-yil u yangi albomni yozish bilan mashgʻul edi.

2005-yil qoʻshiqchi uchun fenomenal boʻladi. Uning Breakaway nomli, AQShda 2004-yilning 30-noyabrida chiqarilgan albomi dunyoga bir nechta superhitlarni sovgʻa qiladi.

Muallifi Avril Lavigne boʻlgan "Breakaway" taronasi American Top 40ning birinchi pogʻonasini 2004-yil noyabrida erishishga muvaffaq boʻladi. Ammo eng katta shuhrat "Since U Been Gone" va "Behind These Hazel Eyes" ashulalariga toʻgʻri keladi. Birinchi tarona choʻqqida 6 hafta ushlanib turadi, ikkinchisi esa birinchi raqamdagi hit boʻlolmay, ikkinchi oʻrinda 8 hafta ushlanadi, bu payt birinchi oʻrinda Mariah Carey "We Belong Together" qoʻshigʻi bilan turgan boʻladi. Ikkala qoʻshiq 2005-yil uchun yakuniy chartda 1- va 2-oʻinlarni egallaydi. Bu gʻaroyib muvaffaqiyat - bir artist yil chartining ikki bosh oʻrnini egallashi (Mariah Carey oxir-oqibat uchinchi oʻringa tushadi). Hech bir shubhasiz, Kelly Clarkson 2005-yilning eng bosh ijrochisi edi.

Dekabrda albomning "Because Of You" nomli toʻrtinchi singli chiqadi, u choʻqqida 4 hafta ushlanadi. Breakaway albomi 2006-yil 18-yanvar AQShda 5-karra platinaviy deb tan olindi, Kanadada esa 5-karra platinaviylikni 2006-yil mayida qoʻlga kiritdi. Shuningdek albom Billboard 200 chartining yigirmataligida bir yildan oshiq tura olgan butun musiqa tarixining 4-albomi boʻladi. 2006-yil fevralda qoʻshiqchi baravariga ikki "Gremmi" mukofotini qoʻlga kiritadi - "Eng yaxshi ayol pop-ijrosi" va "Eng yaxshi ayol pop-albomi" kategoriyalarida.

2006-yilda albomning oxirgi singli "Walk Away" chiqadi. Qoʻshiq American Top 40ning top 10ida 5 oy ushlanib turadi va Kelly Clarksonning superyulduz unvonini tasdiqlaydi.

[tahrir] Diskografiya

[tahrir] Albomlar

Albom Albom haqida maʼlumot
Kelly Clarkson Thankful.jpg Thankful
  • Chiqqan sanʻasi: 15-aprel 2003
  • Chartlardagi eng yaxshi pogʻonalar : #1 AQSh, #5 Kanada, #33 Avstraliya, #41 Buyuk Britaniya.
  • AQShda albomni ikki marotaba platinaviy deb tan olingan
  • AQShda sotuvlar: 2.5 million nusha
  • Dunyo miqyosida sotuvlar: 3 million nusxa
600px-Kelly Clarkson Breakaway.jpg Breakaway
  • Chiqqan sanʻasi: 30-noyabr 2004
  • Chartlardagi eng yaxshi pogʻonalar : #3 AQSh, #6 Kanada, #2 Avstraliya, #3 Buyuk Britaniya.
  • AQShda albomni olti marotaba platinaviy deb tan olingan
  • AQShda sotuvlar: 5.5 million nusxa
  • Dunyo miqyosida sotuvlar: 11 million nusxa
Kelly Clarkson My December.PNG My December
  • Chiqqan sanasi: 22-06-2007

[tahrir] Singllar

Yil Nomi Albom Chart pogʻonasi Ballar [3][4]
UWC U.S.
Hot 100
U.S.
Pop 100
U.S.
A/C
U.S.
Country
CAN UK IRE NET GER AUT SWI EU AUS ARC
2002 "A Moment like This" Thankful 23 1 - 4 58 1 - - - - - - - - - 3
2003 "Miss Independent" Thankful 16 9 - 28 - 6 6 11 9 52 39 44 - 3 - 1
2003 "Low" Thankful - 58 - - - 2 35 - - - - - - 11 - 6
2004 "The Trouble with Love Is" Thankful - 101 - - - 25 35 - 32 42 - 62 - 11 - 8
2004 "My Grown Up Christmas List" The Great Holiday Classics - - - 17 - - - - - - - - - - - -
2004 "Breakaway" Breakaway 17 6 - 1 - 3 22 12 9 13 8 14 20 10 - 2
2004 "Since U Been Gone" Breakaway 8 2 1 22 - 1 5 4 4 6 3 7 5 3 3.90m 1
2005 "Behind These Hazel Eyes" Breakaway 15 6 3 13 - 4 9 4 7 16 9 20 27 6 3.35m 2
2005 "Because of You" Breakaway 4 7 2 3 - 2 7 5 1 4 3 1 4 4 6.18m 1
2006 "Gone" Breakaway - - 77 - - - - - - - - - - - - 25
2006 "Walk Away" Breakaway 16 12 6 19 - 4 21 10 - 30 29 58 100 27 1.19m 3
2007 "Never Again" My December 24 8 5 - - 12 - - 39 - - - - - .17m 15
2007 "Up to the Mountain" (with Jeff Beck) Idol Gives Back - 56 - - - - - - - - - - - - - -
2007 "Because of You" (with Reba McEntire)A Duets (Reba McEntire album) - - - - 42 - - - - - - - - - - -
UWC U.S.
Hot 100
U.S.
Pop 100
U.S.
A/C
U.S.
Country
CAN UK IRE NET GER AUT SWI EU AUS ARC
Number one hits - 1 1 1 - 2 - - 1 - - 1 - -
Top ten hits 2 7 5 3 - 8 4 4 5 2 4 2 2 5

[tahrir] Mukofotlar

  • Grammy
    • 2006: Eng yaxshi ayol pop-ijrosi ("Since U Been Gone")
    • 2006: Eng yaxshi pop-albom (Breakaway)

[tahrir] Manbalar

[tahrir] Havolalar

VikiOmbor
VikiOmborda Kelly Clarkson
haqida sahifa mavjud.

Shaxsiy uskunalar
Namespaces

Variants
Koʻrinishlar<!--Views-->
Actions
O‘zbek viki / Ўзбек вики
ishtirok / иштирок
o‘zgarishlar / ўзгаришлар
asboblar (ʻ ʼ)
Boshqa tillarda