Kaspiyorti Larrasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kaspiyorti Larrasi
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Hayvonlar
Tip: Boʻgʻimoyoqlilar
Sinf: Hasharotlar
Oila: Crabronidae
Urugʻ: Larra
Turlari: Kaspiyorti Larrasi
Xalqaro ilmiy nomi
Larra transcaspica F. Morawitz, 1894

Kaspiyorti Larrasi (lat. Larra transcaspica) — Yerkovlov (Crabronidae) arilar oilasiga mansub qum arining noyob choʻl turi. Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.

Tavsif[tahrir | manbasini tahrirlash]

Markaziy Osiyo: Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston va Eron. Choʻllarning yarim suvli biotoplarida tuproqli-qumli va shoʻrhok, nam joylarda yashaydi. Oʻzbekistonda Qizilqumning janubi-gʻarbiy qismlarida, Buxoro va Xiva atrofida qayd etilgan.

Yiliga bir marta nasl beradi. Ilk uchishi va tuxum qoʻyishi iyun-avgust oylarida, turli oʻsimliklarning gullarida, asosan yulgʻundoshlarda (Tamarix), sutlamadoshlarda (Euphorbiaceae) va murakkabguldoshlarda (Asteraceae) oziqlanadi. Urgʻochilari buzoqboshisimonlarni (Gryllotalpa) ovlaydi, ularga nayzasini sanchib falajlaydi, soʻng ustiga tuxum qoʻyadi. Buzoqboshi falajlikdan soʻng oʻziga kelgach oʻz iniga kirib yashayveradi, ari lichinkasi esa unda rivojlanishni davom ettiradi.

Bu turni ilk marta 1894-yilda rus entomologi Ferdinand Ferdinandovich Moravits (F.Morawitz,  1827-1896) ifodalab bergan. Arilarning soni hamma joyda kam. Yakka holda uchraydi. Xoʻjalik maqsadlarida suvga yaqin choʻl-qoʻriqlarning oʻzlashtirilishi, xususan, haydash, chorvachilikda yaylovdan haddan tashqari koʻp foydalanish oqibatida qirilib ketmoqda.

Muhofaza choralari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yashash joylari va sonini mukammal oʻrganish, yashash joylarida muhofazasini tashkillashtirish lozim.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Красная книга Республики Узбекистан. — Т. II — Животные. Ташкент: Chinor ENK, 2009. 
  • Kazenas V. L. Royuщie osi Kazaxstana i Sredney Azii (Hymenoptera, Sphecidae). Opredelitel. — Alma-Ata: Nauka, 1978. — 172 s.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]