Karnay

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Toʻydagi karnaychilar.

Karnay - puflama cholgʻu asbobi. Karnay jezdan yasaladi. Oʻzbekiston va Tojikistonda karnay surnay, nogʻora, va doira bilan anʼanaviy maxsus ansambllarda keng qoʻllaniladi. Toʻgʻri va tirsakli turlari mavjud.

Tuzilishi[tahrir]

Karnayning ogʻzi konus shaklida boʻlib, asbobning uzunligi 2-3 metr atrofidadir. Olib yurishga qulay boʻlishi uchun karnay ulanadigan uch boʻlakdan iborat boʻladi. Karnayning parda va klapanlari yoʻq. Asbobning ovozi juda baland va yoʻgʻon. Diapazoni bir oktavani tashkil etadi.

Karnay surnay, nogʻora, doiralarga hamohang boʻladi. K.ning toʻgʻri va tirsakli (toʻgʻri burchak ostida ikki marta bukilgan) turlari qadimdan Oʻrta va Yaqin Sharq mamlakatlarida, shu jumladan, Urta Osiyoda tarqalgan. Oʻtmishda harbiy musiqa cholgʻusi sifatida harbiy yurish xabarchisi, jang maydonida gʻalaba jarchisi boʻlgan. Hozirda bayram, toʻy va b. tantanalarda chalinadi. Oxirgi paytda K. zamonaviy milliy estrada ansambl (mas, "Abbos" guruhi)lar tarkibiga ham kiritilmoqda.

Havolalar[tahrir]