Nogʻora

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sovet markasida oʻzbek cholgʻu asboblari

Nogʻora — urib chalinadigan musiqa asbobi. Nogʻoraning koʻp xili mavjud. Kosasi tuvaksimon boʻladi. Yogʻoch va sopoldan yasaladi. Usti hayvon terisi bilan qoplanadi. Qoʻsh nogʻora karnay va surnaylar bilan qoʻshilib oʻzbek milliy ansamblini tashkil etadi. Hozirgi kunda ham bu asboblar toʻy-u tomoshalarda keng qoʻllaniladi.

Turlari[tahrir]

Oʻzbekistonda nogʻoraning doʻl nogʻora, rez nogʻora va koʻs nogʻora kabi turlari bor. Doʻl nogʻora yoʻgʻon tovush chiqaradi va diamtetri 60 sm cha boʻladi. Rez nogʻoraning tovushi ingichka boʻladi va diamtetri 20-30 sm boʻladi. Koʻs nogʻoraning diamtetri 30-40 sm boʻladi va shuning uchun rez nogʻoranikidan yoʻgʻonroq, doʻl nogʻoranikidan ingichkaroq tovush chiqaradi.

Koʻs va rez nogʻora bir-biriga qoʻshilib yasalagan qoʻsh nogʻoralar ham mavjud. Ikkalasining tovushi orasidagi farq bir kvarta intervalidir. Bu doira chalishda ishlatiladigan „bum“ va „bak“ kabi tovushlarini chiqarish imkonini yaratadi. Nogʻoradan chiqqan tovushlar faqat „tum“ va „tak“ deb yuritiladi.

Nogʻoraning misdan yoki choʻyandan yasalagan yirik turlari ham mavjud. Bu tur nogʻoralar ammo keng tarqalmagan.

Chalish uslublari[tahrir]

Rez va koʻs nogʻora ikkita choʻp bilan chalinadi. Doʻl nogʻora yoʻgʻonroq bitta choʻp bilan chalinadi.

Havolalar[tahrir]