Kaliningrad

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shahar
Kaliningrad
Калининград
Kaliningrad manzaralari
Bayroq Gerb
Bayroq Gerb
Mamlakat Rossiya
Viloyat Kaliningrad viloyati
Koordinatalari 54°43′0″N 20°30′0″E / 54.71667°N 20.50000°E / 54.71667; 20.50000Koordinatalari: 54°43′0″N 20°30′0″E / 54.71667°N 20.50000°E / 54.71667; 20.50000
Ichki boʻlinishi 3 tuman: Leningrad, Moskva, Markaziy[1]
Mer A.G. Yaroshuk
Asos solingan 1255-yil
Avvalgi nomlari 1255-yilgacha Tuvangste, 1946-yilgacha Kyonigsberg

1991-yilgacha "Kuybishev"

Maydoni 224,7 km²
Markazi balandligi 100 m
Iqlim tipi oʻrtacha-kontinental
Aholisi 1.171.598 kishi 
Aglomeratsiya Green Arrow Up Darker.svg690 000[2]
Milliy tarkibi Ruslar — 87,4 %
ukrainlar — 4,0 %
beloruslar — 3,8 %
armanlar — 0,7 %
tatarlar — 0,5 %
litlar — 0,5 %
olmonlar — 0,4 %
polyaklar — 0,3 %
boshqalar — 2,4 %
[3]
Etnoxoronim Kaliningradlik, Kaliningradliklar
Vaqt mintaqasi UTCUTC +2
Telefon kodi +7 4012
Pochta indekslari 236ХХХ
Avtomobil kodi 39
Rasmiy sayti http://www.klgd.ru/ (rus.)
Kaliningrad (Rossiya)
Kaliningrad
Kaliningrad (Kaliningrad viloyati)
Kaliningrad

Kaliningrad (1946 y. 4 iyulgacha Kenigsberg) — RFdagi shahar, Kaliningrad viloyati markazi. MM.Kalinin nomiga qoʻyilgan. Pregolya daryosining har ikki sohilida. Boltiq dengizi boʻyidagi muzlamaydigan Baltiysk port shahri bilan chuqur kanal orqali bogʻlangan. Temir yoʻl tuguni. Aholisi 413 ming kishi (1990-y.lar oʻrtalari). Baliq ovlash va transport floti bazasi. Mashinasozlik va metallsozlik (kema tuzatish, vagonsozlik, "Elektrosvarka", avtoagregat zavodlari bor, baliqni qayta ishlash jihozlari ishlab chikariladi), sellyuloza-qogʻoz, oziq-ovqat (shu jumladan, baliqni qayta ishlash), yengil sanoat korxonalari bor. 3 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, universitet), 2 teatr, tarix-oʻlkashunoslik muzeyi, kahrabo muzeyi mavjud. Shahar yaqinida dengiz boʻyi iqlim kurortlari joylashgan.

K.ga 1255 y. qalʼa sifatida asos solingan. 1525—1618 y.larda Prussiya gersogligi poytaxti. 1701 y.dan Prussiya qirolligi tarkibidagi mustahkam qalʼa. 1758—1762 y.darda Sharqiy Prussiyaning rus general-gubernatorligi markazi. 1871 y.da Germaniya tarkibiga kirdi. Kenigsberg 1945 y. aprel boshida shoʻrolar armiyasi tomonidan shafqatsiz bombardimon qilinishi natijasida shaharda tarixiy meʼmoriy yodgorliklar saqlanmagan. Aholisi esa butunlay koʻchirib yuborilgan. 1945 y. Potsdam konferensiyasi karoriga asosan, Kenigsberg atrof hududlari bilan birga sobiq Ittifoq tarkibiga oʻtdi. K. Kaliningrad viloyati tarkibida alohida iqtisodiy r-n maqomini olgan. [4]

Manbalar[tahrir]