José Mujica

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xose Alberto Muxika Kordano
José Alberto Mujica Cordano
Tavallud sanasi: 20-may, 1935 (1935-05-20)(79 yosh)
Tavallud joyi: Montevideo, Urugvay
Turmush oʻrtogʻi: Lusiya Topolanski
Partiyasi: Keng front partiyasi

Xose Alberto Muxika Kordano (isp. José Alberto Mujica Cordano; shuningdek El Pepe (isp. El Pepe) ham deyiladi; 20-may 1935-yil, Montevideo, Urugvay) — Siyosatchi, 2009-yil 29-noyabrdagi Urugvay prezidentlik saylovlari gʻolibi. 2010-yil 1-martdan boshlab – Urugvay Prezidenti[1]. Ateist[2].

Biografiya[tahrir]

Tupamaros partizanlik harakatining aʻzosi boʻlgan. 14 yil harbiy qamoqxonada oʻtirgan. 2005-yili senator Lusiya Topolanskiga uylangan. 2005-yildan 2008-yilgacha – Urugvay chorvachilik, qishloq xoʻjaligi va baliqchilik vaziri.

Mukofotlari[tahrir]

Qoʻshimcha maʻlumotlar[tahrir]

Urugvayliklar Xose Muxikani “dunyodagi eng kambagʻal Prezident” deyishadi. 78 yoshli Prezident maoshining deyarli hammasini xayriya ishlariga sarflaydi, shuning uchun ham u eng saxovatpesha Prezident sifatida tanilgan[7]. 12500 dollar oylik maoshidan 1250 dollarini oʻziga qoldiradi. Uning rafiqasi ham xayriya qiladi. Ularning xarid qilgan eng katta narsasi bu – 1987-yilgi Volksvagen avtomobilidir.

Manbalar[tahrir]