Jiltemasoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jiltemasoy
Jiltemasoy yuqori oqimida, mayda
Jiltemasoy yuqori oqimida, mayda
Tavsif
Uzunligi 18
Davlat Oʻzbekiston
Jiltemasoy


JiltemasoyNavoiy viloyati Nurota tumanidagi soy. Qalamjarsoy (Selsoy)ning chap irmogʻi. Oqtov tizmasining shimoliy yon bagʻridagi Langar qishlogʻi yonidan boshlanib, shim.ga tomon oqadi. Kirichsoy qoʻshilgandan soʻng Nurota tekisligiga chiqadi va Chuyamoy deb ataladi. Qalamjarsoygacha yetib bormasdan Soykechar qishlogʻidan 3 km janubi-gʻarbda qurib qoladi. Uzunligi 18 km, xavzasining maydoni (togʻli qismi) 25 km2. Jiltemasoy qisman qor, asosan yomgʻir, buloq suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 80 —100 l/sek. Suvi fevral— aprelda koʻpayadi, may, ayniqsa, iyundan kamayib ketadi. Lekin havzasida buloqlar koʻp boʻlganidan butunlay qurib qolmaydi.[1]

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil