Javohir Esonqulov
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Javohir Yunusovich Esonqulov | ||
Tavallud sanasi | 20-aprel 1997-yil | ||
Tavallud joyi |
Surxondaryo Viloyati, O'zbekiston | ||
Boʻyi | 1,78 m | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Vazni | 77 kg | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2011-2013 | Sokol | - | (-) |
2014-2015 | Bunyodkor-2 | 12 | (4) |
23015 | Bunyodkor | 26 | (0) |
2016 | Metallurg | 26 | (4) |
2017 | Bunyodkor | 10 | (0) |
2017-2018 | Metallurg | 2 | (0) |
2019 | Qoʻqon 1912 | 11 | (0) |
2019 | Lokomotiv | 3 | (0) |
2020 | Nasaf | 7 | (0) |
2021 | Surxon | 5 | (0) |
2022 | Kiran | 15 | (5) |
2023 | FC Kyzyltash Bakhchisaray | 9 | (5) |
2023— | FC Merani Martvili | ||
Milliy terma jamoa | |||
2016 | Oʻzbekiston U19 | 3 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Javohir Esonqulov (1997-yil 20-aprel, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston) – oʻzbek futbolchisi, hujumchi. 2023-yildan Qrim Muxtor Respublikasining Bogʻchasaroy shahrining „Qiziltosh Bogʻchasaroy“ jamoasi azosi.
Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Javohir Esonqulov 1997-yil 20-aprelda Oʻzbekistonning Surxondaryo viloyatida tugʻilgan. 8 yoshida oilasi bilan Rossiyaga, Saratov shahriga koʻchib oʻtdi. 10 yoshida u Saratov Sokolida futbol oʻynay boshladi, 2013-yilgacha ushbu klubning yoshlar jamoasida oʻynadi. Birinchi murabbiy – Sergey Aleksandrovich Podmetalin.
2013-yilda Javohir Esonqulov Oʻzbekistonga qaytib, Zarafshonning „Qizilqum“ klubida mashgʻulotlarida qatnashgan, ammo shartnoma imzolamagan. Shundan soʻng 3 oy davomida Qarshining „Nasaf“ jamoasi yigʻinida ishtirok etgan boʻlsada, bu safar ham jamoagaqabul qilinmadi. Qarshi klubidagi omadsizlikdan soʻng Javohir Surxondaryoga qaytib, individual mashgʻulotlar olib bordi, baʼzan mahalla jamoalari tarkibida futbol oʻynadi. 2014-yilda Toshkentning „Bunyodkor“ jamoasiga azo boʻldi. Avvaliga „Bunyodkor-2“ klubida, keyinroq „qaldirgʻochlar“ yoshlar jamoasida oʻynadi.[1] 2016-yil boshida esa Bekobodning „Metallurg“ klubiga ijaraga berilgandi.[2][3][4]
2019-yilgi mavsumni Qoʻqon 1912 jamoasida boshladi.[5] 2019-yilgi mavsumda „Lokomotiv“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi.[6] 2020-yilgi mavsumni Qarshining „Nasaf“ klubida oʻtkazdi.[7] 2021-yilda Termizning „Surxon“ klubi bilan shartnoma imzoladi.[8][9] 2022-yil Qozogʻistonning „Kiran“ klubi bilan shartnoma imzoladi. 2023-yilgi mavsumda Qrimning „Qiziltosh Bohchasaroy“ klubi bilan shartnoma imzoladi.[10]
Terma jamoa[tahrir | manbasini tahrirlash]
2015-yilda Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi yigʻinida ishtirok etgan, biroq hali birorta ham oʻyin oʻtkazmagan.[11]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Ўта оғир жароҳат олган “Бунёдкор” тарбияланувчиси операция қилинди“. 2023-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyun.
- ↑ „“Metallurg” g'alabasida 18 yoshli Javohirning hissasi“. 2023-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyun.
- ↑ „Dastlabki davraning 11 kashfiyoti“. 2023-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyun.
- ↑ „Javohir Esonqulov "Metallurg"da“. 2023-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyun.
- ↑ „"Қўқон-1912" қайси футболчилар билан шартнома имзолади?“. 2022-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyun.
- ↑ „Javohir Esonqulov "Lokomotiv"da“. 2023-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyun.
- ↑ „"Насаф"ни яна кимлар тарк этди ва уларнинг ўрни қайси футболчилар билан тўлдирилди? (Фото)“. 2022-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyun.
- ↑ „"Surxon" mashg'ulotlariga faoliyatini Rossiyada boshlagan o'zbekistonlik futbolchi qo'shildi“. 2023-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyun.
- ↑ „"Сурхон" уч нафар футболчи билан шартнома тузди“. 2022-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyun.
- ↑ „Qiziltoshga yangi kelganlarni uchratamiz“. 2023-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyun.
- ↑ „2016 йили Австралияни мағлубиятга учратган ҳозирги Ўзбекистон U-23 жамоасида кимлар бор?“. 2022-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyun.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- 20-aprelda tugʻilganlar
- 1997-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Bunyodkor-2 klubi futbolchilari
- Bunyodkor klubi futbolchilari
- Metallurg Bekobod klubi futbolchilari
- Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari
- Surxon klubi futbolchilari
- Qoʻqon 1912 klubi futbolchilari
- Nasaf klubi futbolchilari
- FC Sokol Saratov futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari
- O‘zbekiston 21 yoshgacha bo‘lgan terma jamoasi futbolchilari