Itsimonlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Itsimonlar
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Sut emizuvchilar
Turkum: Yirtqichlar
Oila: Itsimonlar
Urugʻ: Canis
Kenja turlari

Itsimonlar (lotincha: Canidae) — yirtqich sut emizuvchilar oilasi. Boʻri, chiyaboʻri, tulki, shimol tulkisi. Avstraliyada tarqalgan dingo, Shimoliy Amerikadagi koyot, Afrikadagi fenek, xonaki itlar va hokazo itsimonlarning vakillaridir. Barmoqlariga tayanib yuradi, oddingi oyogʻida beshtadan, orqa oyogʻida toʻrttadan barmoq bor (xonaki itlarning baʼzilarida beshtadan). Tirnogʻi toʻmtoq, ichga tortilmaydi. Dumi baroq, ancha uzun. Junining rangi har xil, oq tulkining rangi yil fasliga karab oʻzgaradi. Tishlari kesuvchi tipda, qoziq tishlari yaxshi rivojlangan. I. Antarktidadan boshqa hamma qitʼalarda tarqalgan, har xil sharoitda yashaydi. Asosan, hayvonlar, baʼzilari oʻlimtiklar bilan oziqlanadi. Koʻp I. monogam, yiliga bir marta tugʻadi. Baʼzilari serpusht. Mas, shimoliy tulkilari 18 tagacha tugʻadi. I. yil boʻyi faol (yenotsimon itdan boshqa). I. oilasi 35 turni oʻz ichiga oladi. Oʻzbekistonda 7 turi uchraydi. I.ning koʻp turlari moʻynasi uchun ovlanadi, qora tulki kabi moʻynali I. moʻynachilik fermalarida koʻplab boqiladi. Yenotsimon it Rossiyaning bir qancha viloyatlarida iqlimlashtirilgan. I.ning koʻp turlari quturish kasalligi viruslarini va gijja tuxumlarini tarqatadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil