Inon Abdulqodir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Inon Abdulqodir (taxallusi; asl ismi Fathulqodir Mustafoyevich Sulaymonov) (1889.29.11, Orenburg gubernyasining Chelyabinsk uyezdi — 1976.1.10, Anqara, Turkiya) — bosh-qird xalqining milliy ozodlik harakati rahbarlaridan, turkshunos.

Troitsk sh.dagi Rasuliya madrasasini tugatgan (1914). Boshqirdiston muxtoriyati (respublikasi)da xalq taʼlimi tizimining tashkilotchilaridan biri. Validiy va b. bilan birgalikda Boshqirdistonni tark etib, Turkistonga keldi (1920). Toshkentdagi qozoq va qirgʻiz maktablarida oʻqituvchilik qildi. Validiyning yaqin yordamchisiga aylanib, istiqlolchilik harakatini jipslashtirish ishiga oʻz hissasini qoʻshdi. 1923 y. fevraldan Validiy bilan Eron, Afgʻoniston, Hindistonda boʻlib, 1925 y. iyulda Istanboʻlga yetib keldi. Turkologiya institutida ishladi (1925). Anqara unti (1933—44), diniy ishlar departamenta (1961), turk madaniyati institutida (1964) faoliyat koʻrsatdi.

I. A. turkiy xalqlar etnologiyasi, folklori, diniy eʼtiqodlari va anʼ-analari haqidagi tadqiqotlari bilan mashhur. 400 dan ortiq ilmiy ishlari bor. Jumladan, "Turkiy til va lahjalari", "Oltoy-Yenisey turklari", "Sibir turklari", "Sharqiy Turkiston", "Alisher Navoiy", "Alisher Navoiy va folklor", "Chigʻatoy adabiyoti", "Oʻzbeklarda qishloq toʻylari", "Abulgʻozi Bahodirxon va uning turklari", "Dukchi Eshon isyoni", "Rus mustamla-kachilarining Turkistonda diniy kurashi", "Turkistonning ahvoli", "Oʻzbek elida Moskvaning qabixliklari", "Turkistonda 1916 y.dagi qoʻzgʻolon", "Turkiston milliy qahramonlari" va b. 2 jildli "Tanlangan asarlar" kitobi Turkiyada nashr qilingan (1987-91).

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ahmad Zakiy Validiy Toʻgʻon, Boʻlinganni boʻri yer (Xotiralar), T., 1997; Valeyev D. i dr., Sudba i naslediya bashkirskix uchyonix — emigrantov, Ufa, 1995.

Qahramon Rajabov, Renat Shigabiddinov. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil