Imom Rizo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Andoza:Infobox shia imomlari

Sakkizinchi imom — Imom Rizo (a.s.) ismlarining arabcha kalligrafiyasi

Ali ibn Muso ar-Rizo (arab. علي بن موسى الرضا; tavalludlari: 148-hijriy/765-milodiy — vafotlari: 203-hijriy/818-milodiy) — shia-imomiylarning 8-imomi hisoblanadilar. Imomatliklari 20 yil davom etgan.

Ism va kunyalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muborak ismlari Ali, mashhur laqablari "Rizo", ma’ruf kunyalari "Abul Hasan" bo'lgan.  Zamondoshlari va tarixchilar Imom Rizo (a.s.) uchun bir nechta laqab va kunyalarni aytib oʻtganlar.   Alloma Majlisiy: "Ul zotning kunyalari xalq ichida Abul Hasan va maxsus yorlarni oʻrtasida Abu Ali boʻlgan", — deb yozadilar[1].

Muhammad ibn Jariri Tabari: "Hazratning xos kunyalari Abu Muhammad boʻlgan" - deb yozadi[2].

Laqablari haqida esa muvarrix va muhaddislar(tarixshunos va hadisshunoslar) quyidagi laqablarni aytib oʻtkanlar:

  • Siroju Alloh,
  • Nurul Xudo,
  • Qurrata aynil Moʻminin,
  • Makidatul Mulhidin,
  • Kafil xalq,
  • Ar-Razi,
  • Ar-Rizo,
  • Robbus Sarir,
  • Robbut tadbir,
  • Al-Fozil,
  • As-Sobir,
  • Al-Vafiy,
  • As-Siddiq[3].
  • Yana quyidagi laqablari ham mavjud bo'lgani aytiladi:

    • Al-Valiy,
    • Vofi,
    • Zaqiy,
    • Sultonul insi val jin,
    • Zominul ummati,
    • Ad-Do’i ila Alloh,
    • Zaynul moʻminin,
    • Gʻaribul-gʻurabo,
    • Muʼinuz-zuafo,
    • Ar-Rozi ila Alloh,
    • Ar-Rozi bil qadari val qazo,
    • Shamsush-Shumus,
    • Anisun-Nufus,
    • Gʻayzul-Mulhidin[4].

    Imom Rizo(a.s.)ning "Rizo" laqablari haqida[tahrir | manbasini tahrirlash]

    Imomlarning har bir ismlari va laqablari ma’lum bir ma’nolarga ega. Imom Rizo (a.s.)ning ham laqablarining ma’nolari rivoyatlarda aytib oʻtilgan. Ammo "Rizo" nomli laqablari tarixiy voqealarga asoslanib turli bahslarga tortilgan. Chunki ba’zi tarixshunos olimlar Rizo laqablarni xalifa Ma’mun tanlagan deb aytishadi. Imom Rizo (a.s.) Ma’mun tomonidan viloyati ahdni qabul qilishlari bilan laqablarini Rizo qoʻyadi. Ahli sunnat tarixchisi Ibn Jariri Tabari "Tarixi Tabari" kitobida 201-hijriy-qamariy yilning voqealarini aytib shunday yozadi: "Bu yilda Ma’mun Ali ibn Muso Kozim(a.s.)ni xalifaning valiahdi va oʻzidan keyingi xalifa qilib tayinladi va uni (Imom Rizo(a.s)ni) Ar-Raziy min oli Muhammad (s.a.v.) deb nomladi"[5]. Ushbu ma'lumotlar Ibn Kasir va Ibn Asirning tarix kitoblarida ham qoʻzga tashlanadi[6][7].

    Ibn Xaldun ham shu voqeani keltiradi, ammo "Ar-Razi" oʻrniga "Ar-Rizo" soʻzini yozadi[8]. Albatta Ar-Razi bilan Ar-Rizo bu ikki alohida laqablar. Imom Rizo (a.s.)ning bu laqab bilan nomlanishlarini turli sabablar bilan tahlil qilsa boʻladi.

    Shialar nazarida Ahli bayt (a.s.) ismlarini va laqablarini oldindan farishtalar tomonidan Muhammad (s.a.v.)ga vahiy qilib tayinlaganlar. Xuddiki, Muhammad (s.a.v.) Imom Hasan (a.s.) va Imom Husayn (a.s.) haqlarda ism qoʻyishda, "Ism tanlashda Parvardigorimdan oldin boshlamayman" deydilar[9].

    Saduq Sulaymon ibn Abi Hafs Marvazidan rivoyat qiladilar, Imom Muso ibn Ja’far oʻgʻillarini "Rizo" ism bilan chaqirardilar. Va hammaga tavsiya qilardilarki, [ular ham o'g'illarini] shu ism bilan chaqirsinlar[10].

    Bu hadis va Imom Rizo(a)ni nomlanishlari Ma’mun xalifa boʻlishidan ancha yillar oldin boʻlib o'tgan. Viloyati ahdni ham hech qanday aloqasi boʻlmagan.

    Bazantidan yana bir rivoyat aytilgan: "Imom Javod (a.s.)ga, "Ba’zilar aytishicha otangiz Imom Rizoga Ma’mun xalifa "Rizo" nomli laqabni qoʻygan ekan, chunki xalifaning viloyati ahdni qabul qilib unga rozi boʻlganlari uchun", — dedim. Hazrat dedilar: "Allohga qasam yolgʻon gapiradilar, balki Alloh taolo otamni "Rizo" deb nomlagan. Zeroki, Alloh taolo osmonda undan rozi va Paygʻambarimiz va Ahli bayt esa yerda u kishidan rozi va xursandlar". Rivoyat qiluvchi yana, "Bu sifat va xislatlar boshqa imomlarda boʻlmaganmi?" - deb soʻradi. Imom unga, "Nega, boʻlgan, ammo otamni bir hxislatlari ulardan ajratib qoʻydi. U xislat ham shuki, muxoliflar va ham muvofiqlar (doʻstlar va dushmanlar) otamdan rozi edilar. Shuning uchun faqat u kishini "Rizo" deb nomladilar[11][12].

    Boshqa bir rivoyatda: "Bilgin, Alloh taolo uni lavhum mahfuzda ham Rizo deb nomlagan", — deyilgan[13].

    Imom Rizo(a.s.)ni xalifa Ma’mun tomonidan "Rizo" deb nomlangan, deydiganlar bu masalani "viloyati ahd" masalasiga aloqador qiladilar. Xolbuki, viloyati ahd voqeasidan oldin Imom Rizo(a.s.)ga aynan shu laqab bilan murojaat qilgan rivoyat mavjud. Fazl ibn Sahl tomonidan Imom Rizoga yuborilgan xatda Imomni Tus shahariga da’vat qilganda "Rizo" laqabi bilan murojaat qilingan: "O'ta mehribon va cheksiz rahmli Alloh nomi bilan, Ali ibn Muso Ar-Rizoga... Xaliva valiysidan, Fazl ibn Sahldan..."[14].

    Keltirilgan rivoyat va hadislarga asoslanib aytish mumkinki, "Rizo" laqabi Imom Rizo(a.s.)ga xalifa Ma’mun tomonidan emas, balki Alloh va Muhammad (s.a.v.) tomonidan qoʻyilgan.

    Imom Rizo (a.s.)ning biografiyalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

    Tug'ilishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

    Tarixshunoslar va muhaddislar Imom Rizoning tugʻilgan kunlari haqida har xil sanalarni aytib oʻtganlar. Bir guruh tarixchilar "Payshanba kuni balkim juma kuni 11-zulqaʼda 148-hijriy qamariy yilda dunyoga kelganlar" deb yozadilar[15][16][17].

    Bu nazarga koʻra, tugʻilgan yillari aynan bobolari Imom Jaʼfar as-Sodiq (a.s.) shahodatlari (vafotlari) bilan bir yilga toʻgʻri keladi.  

    Ba’zilar Imom Rizo (a.s.)ning tavalludlarini 153-hijriy-qamariy yilning voqealaridan hisoblaydilar. Shayx Saduq G'yos ibn Asiddan: "Bir guruh Imom Rizo (a.s.)ni Madinada payshanba kuni 11 Rabiulavvalda 153-hijriy-qamariy yilda bobolarining shahodatlaridan 5 yil oʻtib dunyoga keladilar, deb e’tiqod qilishadi", — deb rivoyat qiladi[18][19].

    Ayollari[tahrir | manbasini tahrirlash]

    Imom Rizo (a.s.)ning bir nechta umr yo'ldoshlari boʻlgan. Oʻshalardan biri Imom Javod (a.s.)ning onalari "Sabika" boʻladi[20].

    Sabika bir kanizak edilar. Qul boʻlishlaridan oldin ba’zilar ismlarni "Durra" va ba’zilar esa "Sabika" deb aytadilar. Ammo Immo Rizo (a.s.) bu ayollarini "Xayzaron" deb chaqirardilar. Sabika aslida Afrikalik boʻlib, Misr davlatining "Mirisa" nomli qishloqchasidan boʻlganlar. Ular Muhammad (s.a.v.) oʻgʻillari Ibrohim ibn Muhammadning onalari "Mariya qibtiya" bilan qarindosh edilar[21][22].

    Sabika islom dinida namunali ayollardan biri boʻlganlar va Imom Rizo (a.s.) aytganlaridek, "U oʻz odob-axloqida va tarbiyasida hazrati Maryamga juda oʻxshardi". Lekin afsus Imom Javod (a.s.) onalari Sabika haqida koʻp ma’lumot bizgacha kelib yetmagan va qabrlari qayerda joylashgani ham heb bir kitoblarda aytilmagan. Faqat anig'i shundaki, Imom Rizo (a.s.) Madina shahrini tark qilib, Xurosonga borganlarda oila a’zolarni oʻzlari bilan olib bormadilar, shuning uchun qabrlari Madinada, ammo aniq joyi ma’lum emas.

    Muvarrix tarixshunoslar Imom Rizo(a.s.)ning faqat bitta xotinlari "Ummi Habiba" ni aytib oʻtganlar. Agar ham boshqa tarixiy kitoblarda ikkinchi xotinlari borligi haqida aytilgan boʻlsa ham, u haqda hech qanday ma’lum rivoyatlarda kelmagan. Ummi Habiba ham Imom Rizo(a.s.)ni viloyati ahdga tayinlaganlaridan soʻng Imomning xotinlari boʻladi. Ma’mun qizi Ummi Habibani siyosiy maqsadlarini koʻzlab Imom Rizo(a.s.)ga turmushga beradi. Keyinchalik qizi Ummi Fazlni ham Imom Javod(a.s.)ga erga beradi[23][24].

    Farzandlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

    Tarixshunoslar va hadisshunoslar ikki muhim voqeada ikkilanmasdan aytadilarki, Ummi Habibadan farzandlari boʻlmagan va kanizalari Sabikadan bir oʻgʻil koʻradilar va u Imom Javod(a.s.)dir. Koʻp olimlar, ham sunniy, ham shia olimlari, jumladan Ibn Shahri Oshub, Muhammad ibn Jariri Tabari, Shayx Mufid, Tabarsi Imom Rizo(a.s.)ning bitta Imom Javod (a.s.) farzandlaridan boshqa farzandlari boʻlmagan, deb yozishadi[25][26][27][28].

    Ammo shunga qaramay ahli sunnat olimlarining ba’zilari Imom Rizo (a.s.)ni bittada ortiq farzandlari bo'lgan, deb aytishadi. Ba’zilar 2 farzandlari, Muhammad va Muso, ba’zilar Muhammad va Ja’far deb yozganlar. Yana ba’zilar 5 oʻgʻil va bir qiz farzandlari boʻlgan deyishadi. Hatto shialar olimlari ham Muhaddisi Qumi Ansob kitobida: "Hazrati Imom Rizo(a.s.)ning Fotima ismli qizlari boʻlgan va Abi Tolib(a.s.) oʻgʻli Ja’far uning oʻgʻli Abdulloh uning oʻgʻli Is'hoq uning oʻgʻli Qosim uning oʻgʻli Ja’far uning oʻgʻli Muhammadga turmushga chiqqan", — deb yozadi.

    Shia olimlarining oʻrtasida bu borada aniq bir fikr aytilmagan, ular yo sukut saqlaganlar va yo bitta oʻgʻil farzandlarni aytib oʻtkanlar. Ammo agar biron shia olimlari bittadan ortiqcha farzand haqida aytib oʻtgan boʻlsa yo ahli sunnat kitoblaridan rivoyat qilganlar va yo "sanad"si,z ya’ni dalilsiz zikr qilganlar. Shuning uchun imomiya-shialarning umumiy fikriga muvofiq, Imom Rizo(a.s.)da bitta oʻgʻil farzandlari hazrati Muhammad Javod (a.s.) boʻlgan. Quyidagi rivoyat ham bunga dalil bo'la oladi. Hanon ibn Sudayr rivoyat qiladi: "Imom Rizodan: "Imom ma’sum farzandsiz va oʻrinbosarsiz boʻlishi mumkinmi?, — deb soʻradim. Imom: "Yoʻq va menda faqat bitta farzandim boʻladi, lekin Alloh taolo undan juda koʻp farzandlarni dunyoga keltiradi", — deb javob berdilar[29][30]. Ibn Qiyom Vositi Imom Rizo(a.s.)ga yozgan xatida shunday deydi: "Qanday imom boʻlishing mumkin, axir seni oʻrinbosar farzanding yoʻq-ku?" Imom xatini javobiga: "Sen qayerdan bilasan meni farzandim boʻlmasligini? Allohga qasamki, toki haqdan botil(nohaq)ni ajratadigan farzandim tugʻilmagunicha hayotim nihoyasiga yetmaydi"[31].

    Hayotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

    Imom Rizo (a.s.)ning otalari imom Musoi Kozim (alayhis salom) va onalari Najma Xotundirlar. Imom Rizo (a.s.) hijratning 148-yilida, zulqa’da oyining 11-kunida dunyoga kelganlar. Shu munosabat bilan otalari Imom Kozim (a.s.) zavjalari Najmaning ismini «Tohira» deb oʻzgartirdilar.

    Imom Ali ibn Muso ar-Rizo (a.s.) 55 yil umr koʻrganlar. Bundan 35 yili otalarining hayotlik chogʻlarida boʻlib, 20 yili esa Imom Rizo (a.s.)ning imomlik va peshvolik yillariga toʻgʻri keladi. Boshqa ta’bir bilan aytganda, ul hazrat 35 yoshlarida Islom ummatiga imomlik va peshvolik qilish sharafiga muyassar boʻldilar. Imom Rizo (a.s.)ning hayotlaridagi muhim bosqich – bu ul zotning oʻsha davr xalifasi Ma’mun Abbosiyning majburlashi bilan Xurosonga kelishlaridir.

    Imom Rizo (a.s.) Abbosiylarning quyidagi xalifari davrida yashaganlar:

    Ma’mun Imom Rizo (a.s.)ni majburlab Xurosonga keltirishidan maqsad – Madinada u zotning tarafdorlari koʻpayib ketishining oldini olish va shuningdek, Xuroson aholisining Hukumatga qarshi isyonlarini tinch yoʻl bilan bostirish boʻlgan. Shuning uchun, Ma’mun Imom Rizo (a.s.)ni yuzaki koʻrinishda yaxshi qarshilab, ul zotga «valiahdlik» maqomini taklif etadi.

    Albatta, Imom hazratlari bu mansabni undan qabul qilmaydilar. Lekin Ma’mun tahdid qilish yoʻli bilan Hazratni «valiahd» qilib tayinlaydi. Ushbu soxta mansabdan Alloh yoʻlida Haq nurini yoyish uchun foydalangan imom Rizo (alayhis salom) xalifaga sira yoqmasdi. Boshqa tomondan esa ul hazratning el-yurt oldidagi kun sayin ortib borayotgan obroʻ-e’tiborlari xalifaga tinchlik bermas edi.

    Shuning uchun, kunlarning birida Ma’mun bin Horun ar-Rashid imom Rizo (alayhis salom)ni oʻz saroyiga chaqirib, ul zotga zahar bilan yoʻgʻirilgan uzum berib, ul hazratni shahid qildi. Ma’mun bu mudhish xabarni xalqdan bir kecha-kunduz sir saqladi. Hijratning 203-yilida Safar oyining oxirgi kuni Imom Ali ibn Muso ar-Rizo (a.s.) zaharlanib shahid boʻldilar. Ul hazratning pok maqbaralari Eronning hozirgi Xuroson viloyatidagi Mashhad shahrida boʻlib, endilikda buyuk ziyoratgohga aylangandir.

    Imom Rizo(a.s.)ning siyratlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

    Rajo bin Abu Zahhok imom Rizo (alayhis salom) haqlari shunday deydi: «Allohga ont boʻlsinkim, men imom Rizodan koʻra taqvoliroq va Xudoning zikrida bardavomroq biror shaxsni koʻrmaganman».

    Ibrohim bin Abbos aytadi: «Imom kechalari oz uxlar, koʻproq zikru-tasbeh bilan tong ottirar edilar».

    Abdusalom Hirrotiy aytadi: «Men Imom Rizo (a.s.)ni koʻrish uchun ul zot saqlanayotgan uy qamogʻiga borgan edim. Eshik oldidagi qorovuldan Imomning huzuriga qoʻyishini soʻrab unga murojaat qildim. Shunda Qorovul menga qarab shunday dedi: – «Qanday qilib u bilan koʻrishishing mumkin?! Axir u tunu-kun faqat Allohga ibodat qiladi-ku! U bir kecha-kunduzda 1000 rakat namoz oʻqiydi»'''.'

    Ibrohim ibn Abbos rivoyat qilib aytadi: «Imom Rizo (a.s.) har uch kunda Qur’onni xatm qilar edilar. Bu haqda oʻzlari shunday deganlar: «Men uch kundan ozroq muddatda ham Qur’onni xatm qilgan boʻlur edim, lekin men Qur’on oʻqiyotib uning ma’nosi, nozil boʻlish sababi, qaysi mavzu haqida nozil boʻlganligi borasida fikr yuritaman. Shuning uchun, Qur’on tilovatida hech shoshmayman». Qachon Imom Rizo(a.s.)dan shar’iy savol soʻralganda, ul hazrat albatta, Qur’on oyatlariga asoslanib javob berardilar.

    Ibrohim bin Abbos aytadi: «Hazrat juda koʻp roʻza tutar edilar. Ayniqsa, har oyning boshida, oʻrtasida va oyning oxirida roʻzani tark etmas edilar».

    Rajo bin Abu Zahhok aytadi: «Qachonki, imom Rizo (a.s.) duo qilsalar, albatta, Paygʻambarga va ul zotning Ahli-Baytlariga salavot aytib, keyin duo qilar edilar».

    Imom Rizo (a.s.) oʻz as'hoblariga qarab: «Sizlarning qoʻllaringizda Anbiyolarning quroli bor, undan foydalaningiz», dedilar. Shunda as'hoblari hayron boʻlib, u qanday qurol ekan?- deb soʻrashdi. Imom ularga: «Duo» deb marhamat qildilar.

    Imom Rizo (a.s.) namozning qunutida quyidagi duoni oʻqir edilar: «Ey Allohim, menga rahm qil, gunohlarimni kechir, Sen kechirguvchi va qudratlidirsan!»

    Imom Rizo (a.s.)ning xizmatkorlari Yosir aytadi: «Imom hazratlari har vaqt imkoni boʻlganda, dasturxon atrofiga xoh kichik boʻlsin yoki katta boʻlsin, barcha xizmatkorlarini chaqirar va ular bilan suhbatlashar edilar. Ul zot hech bir xizmatkorlarining holidan bexabar qolmasdilar».

    Sulaymon bin Ja’far aytadi: «Bir kuni Imom Rizo (a.s.)ning huzurlariga musharraf boʻlgan edim. Imom tashqaridan horgʻin holatda uyga kirdilar va ichkarida ishga yangi jalb etilgan mardikorni koʻrib: «Necha pulga bu yigit bilan kelishdingiz?», – deb soʻradilar. Shunda xizmatkorlari: «Hali pulini kelishganimiz yoʻq»,- deb javob berdi. Bu javobni eshitgan Imom: «Axir men sizlarga: Pulini kelishmasdan turib ishchi yollamanglar, deb aytmaganmidim?!», – dedilar norozi ohangda.

    Harroniy rivoyat qiladi: «Agar Imom Rizo (alayhis salom) biron-bir narsa eslaridan chiqmasligini istasalar, shunday deb yozib qoʻyardilar: «Bismillahir Rohmanir Rohim, insho Alloh quyidagilar yodimdan chiqmasin, soʻng xohlagan narsalarini yozib qoʻyar edilar».

    Muhammad bin Jahm shunday rivoyat qiladi: «Imom Rizo (a.s.) mevalar ichidan uzumni koʻproq yaxshi koʻrardilar».

    Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

    1. Bihar al-Anvar, 49-jild, 10-bet
    2. "Daloilul imommah", 183-bet
    3. "Daloilul imomah", 183-bet
    4. "Nasixut-Tavarix", 14-jild, 24-bet
    5. "Tarixi Tabari", 7-jild, 139-bet
    6. "Al-Bidaya va Nihaya", 10-jild, 247-bet
    7. "Al-Komil", 6-jild, 326-bet
    8. "Tarixu ibn Xaldun", 3-jild, 247-bet
    9. "Maonil axbor", 57-bet
    10. "Uyuni axbori Rizo(a.s.)", 1-jild, 14-bet
    11. "Usuli Kofi", 2-jild, 89-bet
    12. "Isbatul hadat", 6-jild, 11-bet
    13. "Majmuatun nafisah", 223-bet
    14. "Al-Hayotus siyosiya li imom Rizo(a.s.)", 446-bet
    15. "E’lomul varo" kitobi, 302-bet
    16. "Kashful gʻammah" kitobi, 3-jild, 70-bet
    17. "Muntahal a’mol" kitobi, 2-jild, 403-bet
    18. "Uyuni axbori Rizo(a.s.)" kitobi, 1-jild, 18-bet
    19. "Murujuz zahab, 3-jild, 441-bet
    20. "Irshod, 2-jild, 265-bet
    21. "Usuli Kofi", 1-jild, 315- va 492-betlar
    22. "Manoqib", ibn Shahri Oshub, 4-jild, 379-bet
    23. "Jannotul-xulud", 32-bet
    24. "Nosixut-tavarix", 14-jild, 380-bet
    25. "Manoqib", 4-jild, 367-bet
    26. "Daloilu Imommah", 184-bet
    27. "Irshodu Mufid", 2-jild, 263-bet
    28. "E’lomul-Varo", 329-bet
    29. "Isbotul-hadat", 6-jild, 154-bet
    30. "Bihar al-Anvar", 49-jild, 221-bet
    31. "Irshod", 2-jild, 266-bet

    Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]