Ichimlik
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ichimlik deb odam isteʼmol qilishi uchun tayyorlanadigan suyuqlikka aytiladi. Atama ichish soʻzidan olingan. Ichimliklar tarkibidagi alkogol miqdoriga qarab spirtsiz va spirtli ichimliklarga ajratiladi.
Mundarija |
[tahrir] Turlari
[tahrir] Suv
Eng keng tarqalgan ichimlik chuchuk suvdir. Suv odam va boshqa organizmlar uchun muhim suyuqlik boʻlib, odam tanasining taxminan 70 %ini tashkil etadi. Suv tuzlarni eritib, metabolizmda katta rol oʻynaydi. Shifokorlar kuniga 8 stakan (~1,8 litr) suv ichishni tavsiya etishadi.[1]
[tahrir] Issiq ichimliklar
Bularga issiq choy, sut, qahva va boshqalar kiradi. Biroq choy va sut yaxna holda ichilishi ham mumkin.
[tahrir] Yaxna ichimliklar
Yaxna ichimliklar sovutilib ichiladi. Bularga sovuq choy, sharbat, limonad, alkogolsiz pivo va boshqalar kiradi.
[tahrir] Spirtli ichimliklar
Spirtli ichimliklarga tarkibida sezilarli miqdorda etanol bo'lgan ichimliklar: musallas, pivo, aroq va k kiradi.
[tahrir] Boshqalar
Qatiq, goʻja kabi mahsulotlarni ham ichimlik, ham taom, deb hisoblash mumkin.