Qahva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻtish: foydalanish, Qidir
Qahva ichimligi.

Qahva qahva daraxtining qovurilgan donlaridan tayyorlanuvchi, keng tarqalgan ichimlikdir. Qahva bilan bogʻliq tijorat IX asrda, Efiopiyada boshlangan. Efiopiyadan u Misr va Yamanga, soʻngra XV asrda Eron, Turkiya hamda shimoliy Afrikaga tarqalgan. Musulmon mamlakatlardan qahva Italiyaga, u yerdan esa Yevropaning boshqa mamlakatlari va Amerikaga yoyilgan.

Qahva daraxtining Coffea canephora va Coffea arabica navlari ekiladi, plantatsiyalar Lotin Amerikasi, Janubi-sharqiy Osiyo va ekvatorial Afrikada joylashgan. Qahva donlari teriladi, saralanadi va quritiladi. Keyin esa 200 °C haroratda qovuriladi, bunda donlardagi uglevodlar quyuqlashadi, rang oʻzgaradi va taʼm paydo boʻladi.

Qahva butunjahon sotilishi hajmi boʻyicha ikkinchi oʻrinda turadi (neftdan keyin).

Shaxsiy uskunalar
Nomfazolar

Variantlar
Koʻrinishlar<!--Views-->
Amallar
O‘zbek viki / Ўзбек вики
ishtirok / иштирок
o‘zgarishlar / ўзгаришлар
asboblar (ʻ ʼ)
Boshqa tillarda