Hoji (ziyoratchi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2010-yilgi haj mavsumidagi hojilar

Hoji (arabcha: حَاج) — Makka shahrida haj amallarini bajargan musulmonga beriladigan faxriy unvon[1]. Asosan kishining ismidan keyin qoʻshib ishlatiladi (masalan: Murod hoji, Akbar hoji). Baʼzi hollarda ism yoki familiya shaklida ham qoʻllanadi. Haj qilgan ayollar "hojja" (arabcha: حاجة)[2] deyiladi.

Qoʻllanilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arabistonda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arab mamlakatlarida keng tarqalgan haj va hajja soʻzlari, hajga borgan yoki bormaganidan qatʼi nazar, keksa yoshdagi kishiga hurmat bilan murojaat qilish uslubidir. Ushbu soʻz maqom yokida ulugʻ unvon emas

Bolqon davlatlarida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bir paytlar Usmonlilar hukmronligi ostida boʻlgan Bolqondagi nasroniy mamlakatlarida (hozirgi Bolgariya, Serbiya, Gretsiya, Chernogoriya, Shimoliy Makedoniya va Ruminiyada) "hoji" atamasi Quddus va Muqaddas Yerga sayohat qilgan nasroniyga[3] nisbatan qoʻllanadi.

Janubi-sharqiy osiyo[tahrir | manbasini tahrirlash]

Malay tilida soʻzlashuvchi mamlakatlarda ham hoji va hojja soʻzlari haj amallarini bajargan kishiga nisbatan qoʻllanadi. Ular qisqa qilib, mos ravishda H. va Hj. belgisini ishlatishadi.

Eronda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eronda armiya qoʻmondonlarining harbiy unvoni boʻlgan "Sardar"(General) oʻrniga, Hoji (حاج) atamasi qoʻllaniladi.

Kiprda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kiprda ushbu unvon shunchalik koʻp tarqalganki, xatto baʼzi grek nasroniylarining familiyalarida ham qoʻllaniladi. Masalan Hojiziannu. Bining sababi Kipr Quddus va Muqaddas Yerga juda yaqin joylashgani va bir necha asrlar davomida bu yerdagi musulmon va nasroniylar oʻzaro aralashib yashaganligidir.

Irqiy kamsitishlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iroq urushi paytida amerikalik askarlar Iroq qoʻzgʻolonchilari va mahalliy arab aholisiga nisbatan "Hoji" jargon soʻzini ishlatgan, xuddi vetnamliklarga nisbatan "Charli" va " Viktor Charli " soʻzlarini[4][5] ishlatgani kabi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Malise Ruthven. Islam: A very short introduction. Oxford University Press, 1997 — 147 bet. ISBN 978-0-19-285389-9. 
  2. „Guide to going to Mecca“. BBC. 2013-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 8-dekabr.
  3. „Jerusalem and Ancient Temples (in Greek)“. apologitis.com. Qaraldi: 2010-yil 4-may.
  4. Slang from Operation Iraqi Freedom http://www.globalsecurity.org/military/ops/iraq-slang.htm
  5. „From 'Gook' to 'Raghead'“.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]