Hizbut-Tahrir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bu maqola vikilashtirilishi kerak.

nothumb

Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va yoʻllanmalariga muvofiq tartibga keltiring.


Hizbut-Tahrir (toʻla nomi "Hizbut tahrir al-islomiy" - "Islom ozodlik partiyasi") — norasmiy siyosiylashgan diniy tuzilma (oqim). 1953-yilda Isroilda paydo boʻldi. Asoschisi - shayx Taqiyuddin Nabahoniy (1909-1979). U Misrdagi "al-Azhar" universitetini tamomlagan, Quddus institutida sharʻiy shikoyat sudining aʻzosi lavozimida ishlagan. Iordaniyadagi "Musulmon birodarlar" diniy ekstremistik tashkiloti rahbarlaridan biri boʻlgan. "Hizbut-Tahrir." tuzilma jihatdan piramida koʻrinishida tashkil topgan. "Doris"lardan tarkib topgan "halqa"dagi 4-5 kishi guruh rahbari -"mushrif"dan saboq oladi. Bunday kichik "halqa"larga boʻlinish, tashkilot asoschilarining fikricha, fosh boʻlish imkoniyatini mumkin qadar kamaytiradi. Mashgʻulot haftada kamida 1 marta oʻtkazilishi shart. Bunday "dars"larda nomigagana diniy taʻlim berilib, asosiy eʻtibor yoshlar tarbiyasidagi maʻnaviy boʻshliqdan foydalanib, ularning ongiga gʻarazli siyosiy fikrlarni joylashga qaratiladi. Halqa aʻzolari bir-birlarini faqat ismi yoki taxallusi orqali biladi. Tashkilotga aʻzo boʻlayotgan nomzod har qanday sharoitda ham hizb faoliyati haqidagi maʻlumotni sir saqlash haqida qasam ichadi. Mintaqaviy rahbar - "muʻtamad", butun dunyo boʻyicha "Hizbut-Tahrir" harakati rahbari, yaʻni "amir" tomonidan belgilanadi va viloyat darajasida ishlaydigan "masʻul" hamda tuman miqyosida faoliyat koʻrsatuvchi "musoid"ga rahbarlik qiladi. Tumanlar ham alohida hududlarga boʻlinadi va 4 mushrifdan iborat "naqib" rahbarlik qiluvchi "mahalliy jihoz"ni tashkil etadi. "Hizbut-Tahrir" koʻpgana musulmon davlatlari, jumladan Misr, Iordaniya, Tunis, Iroq, Jazoir, Sudan, Yaman va boshqa davlatlarda oʻz faoliyatini yashirin olib bormoqda. Bugungi kunda bu tuzilmaga falastinlik Abulqadim Zallum rahbarlik qilmoqda. Mazkur diniy tashkilot 1992-yildan Oʻzbekistonda maxfiy faoliyat yurita boshladi. Hizbchilarning maqsadi: tinch, osoyishta davlatda fuqarolar urushini boshlash, mamlakat iqtisodiy faoliyatini izdan chiqarish, millatlar va dinlararo nizolarni keltirib chiqarish, mamlakatga qurol-yarogʻ va giyohvand moddalarni olib kirib, fuqarolarning tinch hayotiga raxna solish, mustaqil davlatni kurol-yarogʻ ishlab chiqaruvchi xorijiy mamlakatlarga qaram qilish. Bu diniy tashkilotning 3 kurash bosqichi bor. Bular 1) tasqif - tushuntirish ishlari. Onga toʻliq shakllanmagan yoshlarni oʻz tuzogʻiga ilintirish. Fikri zaif, taʻsirga beriluvchan huquq-tartibot organlari, hokimiyatlardagi masʻul shaxslarni oʻz tarafiga ogʻdirish; 2) tafoul - birgalikda harakat qilish, fikriy kurash orqali "ummatning oyoqqa turishi, fikriy ongliligi yoʻlida fikriy inqilobga etishish; 3) inqilob - toʻntarish, hukumatni ummat orqali qoʻlga kiritish. "Hizbut-Tahrir"ning gʻoyasi islom taʻlimotidan uzoq, demokratik-huquqiy davlat konstitutsiyasiga ziddir. U vijdon erkinligini suisteʻmol etib, siyosiy hokimiyatga intilish yoʻlini tutgan. "Hizbut-Tahrir" 1989-yildan turli tillarda "al-Vaʻy" (Ong) nomli oylik jurnal chiqarib, maxfiy ravishda tarqatib keladi. "Hizbut-Tahrir"ning rasmiy faoliyati arab davlatlarida taqiklangan. Ushbu tashkilotning Iordaniyadagi masʻuli shayx Axmad ad-Daur 1969 yil hukumatni egallashda ayblanib qatl etilgan, 32 aʻzosi Misrda sudlangan.

Manbalar[tahrir]