Gumbazi sayidon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gumbazi sayidon

Gumbazi sayidon maqbarasi (to'g'ri)
Muqobil nomlari Sayidlar gumbazi
Umumiy maʼlumot
Maqomi maqbara
Manzili Qoʻshxovuz MFY
Shahar Shaharisabz
Mamlakat Oʻzbekiston
Koordinatalar 39°15′33″N 66°29′38″E / 39.25930°N 66.493825°E / 39.25930; 66.493825 G OKoordinatalari: 39°15′33″N 66°29′38″E / 39.25930°N 66.493825°E / 39.25930; 66.493825 G O
Qurilishi boshlangan 1437-yil
Qurilishi tugagan 1438-yil
Egasi Davlat himoyasida
Texnik holati
Binoning ichki maydoni 5.75 x 575 metr
Bino atrofidagi yerlar 9 x 9 metr

Gumbazi sayidon (yoki „Sayidlar gumbazi“ maqbarasi) — Shahrisabzda joylashgan meʼmoriy yodgorlik. Mazkur maqbara xalq orasida Sayidlar gumbazi, Ulugʻbek maqabarasi, Gumbazi Seyidon nomlari bilan ham mashxur boʻlgan.

Joylashuvi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gumbazi sayidon maqbarasi Shahrisabz shahri markaziy maydonidan janubroqda joylashgan Dorut Tilovat majmuasi tarkibiga kiradi. U majmuaning janubiy qismida, Koʻk gumbaz masjidining qarama-qarshi tomonida joylashgan[1].

Gumbazi sayidon maqbarasi Dorut Tilovat majmuasi tarkibidagi eng kichik maqbara hisoblanadi.

Qurilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1437—1438-yillar oraligʻida Mirzo Ulugʻbek buyrugʻiga binoan bunyod etilgan[2].

Ayrim manbalarida qayd etilishicha, Gumbazi Sayidon maqbarasi Mirzo Ulugʻbek tomonidan Sayidlar sulolasiga tegishli boʻlgan qabriston oʻrniga bunyod etilgan va ayni temuriyzodalar hamda ularning oilasi uchungina moʻljallangan[3].

Bu maqbarada joylashgan termizlik sayyidlar qabrlari ustiga sagʻanalar shu yerlik aholi va tashrifchilar tomonidan barpo etilgan. Mazkur qabrlar va sagʻanalarning katta qismi bugungi kungacha yoʻqolib ketgan. Lekin ularning fotosuratlari saqlanib qolgan.

Tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gumbazi sayidon maqbarasi chortoq tarhli boʻlib, tashqi oʻlchami 9 x 9 metrni, ichki tomoni esa 5,75 x 5,75 metrni tashkil etadi. Poygumbazi sakkiz qirrali prizmasimon shakldagi gumbaz bilan qoplangan. Peshtogʻi va tashqi tomon gumbazi qulab tushgan (hozirgi kunda gumbaz qayta tiklangan). Poygumbazidagi girih va islimiy naqshlar orasida kufiy yozuvlar bitilgan. Maqbara ichki devorlaridagi ravoqlar jami ikki qatordan joylashgan boʻlib, ustidagi burchaklarda tuynuk va keng tokchalar joylashtirilgan. Devordagi davrapoyalar ichida oʻn ikki va olti burchakli girixlar uchraydi.

Gumbazi sayidon maqbarasidagi markaziy zalining pol qismi koʻk rangli oltiburchakli lavha-panellar bilan jihozlangan. Devorlarida qizil va koʻk rangdagi, nafis rasmlar bilan bezaklangan.

Maqbaraning gʻarb tarafidagi pishiq gʻishtdan qurilgan devor ostida toksimon qabr usti inshootlari (sagʻanalar) joy olgan. Mazkur sagʻanalarning aksar qismi buzib tashlangan.

Maqbaraning kirish eshigi nafis oʻymakorlik bezaklari bilan naqshlangan.

Nomlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maqbara ichidagi sagʻanalar (XV asr — XVIII asrga oid)da Mirzo Ulugʻbek avlodlaridan boʻlgan termizlik sayidlar (Amir Abdul Muoniy, Muhammad Sayid va Magʻrufjon Muoniy)ning nomlari yozilgan. Shu sababli ham maqbara „Sayidlar gumbazi“ deb nom olgan[4][5].

Maqbara ayrim manbalarda Ulugʻbek maqbarasi deb ham ataladi[6].

Gumbazi sayidon va Shamsuddin Kulol maqbarasi Shahrisabz ulkan hilxonasining oʻziga xos „diniy-mafkuraviy markazi“ hisoblanadi.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. F.Abduxoliqov; A.Razzoqov; K.Rahimov; A.Hakimov; B.Abduhalimov. Oʻzbekiston obidalaridagi bitiklar Qashqadaryo. Uzbekistan today, 2016-yil — 238-239 bet. ISBN 978-9943-4510-6-3. 
  2. „Qashqadaryo viloyati“. uzbekistan.travel. Qaraldi: 08-2023.
  3. „Dorut Tilovat majmuasi – “Muqaddas qur’on o‘qiladigan joy”“. uzbekistan.travel. Qaraldi: 08-2023.
  4. "Gumbazi sayidon" OʻzME. S-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  5. Asrorov, Umar. „Prezidentimiz Shahrisabz shahrining tarixiy markazida joylashgan “Dorut tilovat” majmuasini ziyorat qildi“. O'zA. O'zbekiston Respublikasi din ishlari bo'yicha qo'mita. Qaraldi: 08-2023.
  6. „Shakhrisabz Mausoleum Gumbazi sayidon“. turkestan-travel. Qaraldi: 08-2023.