Prizma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Prizma (yun. prisma — qirqilgan, arralangan) — ikki yogi (P.ning asoslari) teng va parallel koʻpburchak, boshqa yoklari (P.ning yoklari) parallelogramm boʻlgan koʻpyoqlik. Parallelogrammlar P.ning har ikki asosi bilan umumiy tomonlarga ega boʻlishi ke-rak. P.ni yoʻnaltiruvchisi koʻpburchak boʻlgan silindr deb qarash mumkin. Yon qirralari asosiga perpendikulyar boʻlgan P. toʻgʻri , aks holda ogʻma P. deyiladi (rasmga q.). Asosi muntazam a b v g koʻpburchakdan iborat toʻgʻri P. muntazam deyiladi. Asosining shakliga karab P. uch burchakli, toʻrt burchakli va b. deb yuritiladi. P.ning hajmi asos yuzi bilan balandligi (asoslari orasidagi masofa) koʻpaytmasiga teng . [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil