Gravitatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bolgʻa va pat tushishi - Apollo 15 fazogiri David Scott Oyda Galileo'ning mashhur tajribasini amalga oshirmoqda. (1.38 MB, ogg/Theora formati).


Gravitatsiya (lot. gravitas — ogʻirlik) — q. Tortishish.[1]

Gravitatsiya (fors. گران, gerân — „ogʻir“) tabiiy fenomen boʻlib, fizik jismlarning bir-biriga ularning massasiga mutanosib kuch bilan tortilishida namoyon boʻladi. Gravitatsiya jismlarga vazn beradi. Gravitatsiya tarqoq materiyani yigʻadi, yigʻilgan materiyani esa birga ushlab turadi; shuning hisobiga Yer, Quyosh va olamdagi boshqa makroskopik jismlar yuzaga kelgan va mavjud.

Gravitatsiya tufayli Yer va boshqa sayyoralar Quyosh atrofida, Oy Yer atrofida aylanadi; sayyora va yulduzlar ichi qiziydi; tabiatda konveksiya sodir boʻladi va hk.

Gravitatsiya toʻrt fundamental oʻzaro taʼsirdan biridir (boshqalari — elektromagnetizm, kuchli oʻzaro taʼsir va kuchsiz oʻzaro taʼsir).

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil