Gauss Karl Fridrix

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

GAUSS (Gauss) Karl Fridrix (1777.30.4, Braunshveyg - 1855.23.2, Gyottingen sh.) — nemis matematigi, fizik, astronom, geodezist. 1807 y.dan Gyottingen universitetining prof. va astronomik rasadxona direktori. Algebraning asosiy teoremasini, yaʼni har qanday algebraik tenglamaning kamida bitta ildizi boʻlishini G. birinchi boʻlib isbot etgan. G.ning differensial geometriya, geodeziya, potensiallar nazariyasi, magnetizm, cheksiz qatorlar nazariyasiga oid ilmiy ishlari ham muhim. G. noyevklid geometriya bilan ham shugʻullangan. G.ning sirtlar nazariyasiga doyr kvadratik formalar nazariyasi, sirtni egish natijasida toʻliq egrilikning oʻzgarmay qolishini isbotlaydigan teoremasi mat. taraqqiyotida muhim. V. Veber bilan birga elektromagnit birliklar mutlaq sistemasini yaratdi. Magnit induksiyasi oʻlchov birligi G. nomi bilan ataladi. G. 1833 y.da V. Veber bilan birga Germaniyada birinchi boʻlib elektromagnit telegraf qurgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil