Algebraning asosiy teoremasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Algebraning asosiy teoremasikompleks sonlar maydonida berilgan ixtiyoriy darajali koʻphad kamida bitta ildizga egaligini tasdiqlaydigan teorema. Bu teoremadan darajali koʻphad, karrali ildizlarning karraliligi hisobga olinganda roppa-rosa p ta ildizga ega bo‘lishi kelib chiqadi. 17—18- asrlarda algebraning asosiy mazmuni tenglamalar yechishdan iborat bo‘lganligi uchun yuqoridagi teorema algebraning asosiy teoremasi deyiladi. algebraning asosiy teoremasini birinchi marta Gauss uzil-kesil isbot qilgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil