Algebraik tenglama

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Algebraik tenglama - chap tomoni noma’lumlardan tuzilgan ko‘phaddan iborat bo‘lgan ten-glama. Noma’lum xning tenglamani qanoatlantiradigan, ayniyatga aylantiradigan qiymatlari tenglamaning ildizlari yoki yechimlari deyiladi. Algebraning asosiy masalalaridan biri Algebraik tenglamaning ildizlarini topishdan iboratdir. 1, 2, 3 va 4 darajali Algebraik tenglama ildizlarini topish formulalari ma’lum, darajasi 5 va undan ortiq bo‘lgan tenglamalar uchun bunday formulalar umumiy holda mavjud emas. Ammo koeffitsiyentlari kompleks sonlar bo‘lgan ixtiyoriy tenglama kompleks yechimga ega (qarang Algebraning asosiy teoremasi).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil