Gʻayb

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Islom
Istanbul, Hagia Sophia, Allah.jpg
Islom Tarixi

Din asoslari
Allohning birligi Tavhid
FarishtalarKitoblar
PaygʻambarlarQiyomat
Qazo va Taqdir
Asosiy ibodatlar
Iymon
NamozRoʻza
HajZakot
Muhim Shaxslar
Muhammad

Abu BakrUmar
UsmonAli
Sahobalar
Ahli bayt
Islom paygʻambarlari

Muqaddas Matnlar
QurʼonHadisShariat
Islom huquqi Muhammadning hayoti
MakonlarIslom falsafasi
Islomdagi mazhablar
Siyosiy mazhablar
Eʼtiqodiy mazhablar
Fiqh mazhablariSoʻfizm
Jamoat
Islom taqvimi
JihodBayramlar
Muborak kechalar
İslom Portalı

Gʻayb (arab. غيب‎‎ - insondan goyib hodisalar) -inson sezgi aʻzolari bilan his eta olmaydigan, bilish imkonlari bilan idrok eta olmaydigan hodisa. Inson oʻzining nechogʻli bilimdonligi bilan gʻururlanmasin, uning bilganidan bilmagani koʻp boʻlib qolaveradi. Oʻsha gʻayb narsalarni bilishda insonning birdan-bir vositasi bor, u ham boʻlsa, ilohiy vahiydir.Qolgan barchasi taxmin va gumonlardan boshqa hech narsa emas.

Moʻmin-musulmonlar Gʻaybga iymon keltirish bilan boshqalardan ajralib turadilar. Chunki, aqida bobi, asosan, Gʻaybga, yaʻni, koʻzi bilan koʻrib, qoʻli bilan ushlamagan narsalarga ishonishdan iboratdir. Allohga imon keltirish ham gʻaybga imondir. Shuningdek, farishtalarga, ilohiy kitoblarga, Paygʻambarlarga, qiyomat kuniga, jannatga, doʻzaxga, yaxshi-yu yomon qadarning Allohdan boʻlishiga imon keltirish ham Gʻaybga ishonishdir. Ushbular va bundan tashqari insonni har tarafdan oʻrab turgan, oʻtmishni, hozirni va kelajakni ilohiy parda ortida tutib turgan son-sanoqsiz narsalar gʻaybiyotdir. Inson gʻaybni bilish borasvda gʻoyat ojizdi. U birinchi inson - Odamatoning qaerda va qachon paydo boʻlganini bilmaydi. Bilishi mumkin boʻlgan narsa - Qurʻoni karimdagi maʻlumotlar. Boshqa hammasi taxmin, gumon, faraz va hokazo. Inson hatto oʻz boshiga kelajakda qanday hodisalar kelishini bilmaydi. Oʻziga tegishli narsalarni bilmaganidan keyin, olamdagi boshqalarga aloqador narsalarni umuman bilmaydi. Alloh taolo esa, ularning hammasini bilguvchidir. Gʻaybning kalitlari Alloh taoloning Oʻzidaligi shundadir. Bu kalitni hatto Paygʻambarlar ham bilmaydilar. Kimki, gʻayb ilmini daʻvo qilsa, kofirlardan boʻladi.

Aqoid ilmida "gʻaybiyot" deb nomlangan, iymon keltirish lozim boʻlgan narsalardan, Arshni, Kitobni va bilishni aytish mumkin.