Gül masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Gül masjidi
turkcha: Gül Camii
Mamlakat  Turkiya
Istanbul Fotih tumani, Vakif Mektebi Sokak, Ayakapi mahallasi
Koordinatalar 41°01′36.00″N 28°57′23.40″E / 41.0266667°N 28.9565000°E / 41.0266667; 28.9565000 G OKoordinatalari: 41°01′36.00″N 28°57′23.40″E / 41.0266667°N 28.9565000°E / 41.0266667; 28.9565000 G O
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi xochli gumbazli ibodatxona
Meʼmoriy uslub Vizantiya me'morchiligi
Minoralar soni 1
Qurilish materiali gʻisht, tosh
Holati amaldagi

Gül masjidi (turkcha: Gül Camii; inglizcha: Rose Mosque) Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan sobiq Vizantiya imperiyasi cherkovi boʻlib, Usmonlilar imperiyasi tomonidan masjidga aylantirilgan.

Gül masjidi Istanbulning Fotih tumani, Vakıf Mektebi Sokak, Ayakapi mahallasida joylashgan. Bino Konstantinopolning toʻrtinchi va beshinchi tepaliklarini ajratib turuvchi vodiy oxirida joylashgan boʻlib, uning maftunkor old qismi Oltin Shox tomonga qarab qurilgan[1].

Identifikatsiya qilish muammosi[tahrir | manbasini tahrirlash]

A. G. Paspatesning Vizantiya topografik tadqiqotlaridan olingan rasmdagi Gül masjidining 1877-yilgi tasviri

Gül masjidi Konstantinopolda joylashgan Vizantiya imperiyasi davrida bunyod etilgan eng muhim inshootlardan biri boʻlsa-da, uning kimga atab va qachon qurilganligi olimlar tomonidan hanuzgacha bahs-munozaralarga sabab boʻlib kelmoqda. Gül masjidining Avliyo Theodosia monastiri (grekcha: Μονή τής Άγιας Θεοδοσίας εν τοις Δεξιοκράτους, Monē tis Hagias Theodosias en tois Dexiokratous) yoki Christ the Benefactor monastiriga (grekcha: Μονή του Χριστού του Ευεργέτου, Monē tou Christou tou Euergetou) tegishli boʻlishi mumkin degan taxminlar mavjud[2].

XV asrning oxirida Stephan Gerlach cherkovga tashrif buyurganidan soʻng, bino har doim Hagia Theodosia en tois Dexiokratous cherkovi sifatida koʻrila boshlangan. Biroq oʻtgan asrning boshida Jules Pargoire yodgorlikning Vasiliy I Maqduniy (867-886) davrida qurilgan Hagia Euphēmia en tō Petriō cherkovi ekanligini aniqlagan va nima uchun bunday deya hisoblashiga bir qancha izohlar keltirib oʻtgan. 1960-yillarda cherkov yertoʻlasining aniq qurilgan sanasini aniqlashga qaratilgan tadqiqotlardan soʻng, nemis arxeologi Hartmut Schäfer inshootni Xristos Euergetēs monastiri cherkovi sifatida XI asr oxiri va XII asrning birinchi yarmi oraligʻida qurilgan deb topgan[3][4]. U, shuningdek, Gül masjidini ikonoklazm davrining oxirida Aya Theodosia jasadi olib kelingan bino ekanligi haqidagi fikrni ham rad etgan[5]. Biroq boshqa tomondan arxeolog binoning keyingi davrlarda Aya theodosiaga bagʻishlangan boʻlishi mumkinligini istisno qilmagan[6].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vizantiya imperiyasi davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjidning Oltin Shoxdagi Otaturk koʻprigidan olingan tasviri. Orqa fonda Istanbuldagi eng katta Rum (yunoncha) maktabi boʻlgan, Fener mahallasida joylashgan gumbazli Megali tou Gènous scholè binosi

729-yil 19-yanvarda mamlakatda ikonoklastik taʼqiblar kuchayish boshlangan bir davrda imperator Lev III Isavr Buyuk Konstantinopol saroyining asosiy darvozasi boʻlgan Chalkē ustida osilib turuvchi Iso Masihning suratini olib tashlashni buyurgan[7][8]. Ofitserlardan biri ushbu buyruqni bajarayotganda, uning oldini olish maqsadida bir guruh ayollar toʻplanishgan, ular ichida Theodosia ismli rohiba ofitserning zinapoyadan yiqilib tushishiga sabab boʻlgan. Voqea natijasida ofitser halok boʻlgan, Theodosia ismli rohiba ayol esa qoʻlga olinib, qatl etilgan[9].

Ikonoklazm davri tugagandan soʻng, qatl etilgan rohiba ayol shahid va avliyo sifatida tan olingan, uning jasadi Dexiokratiana kvartalidagi Hagia Euphemia en tō Petriō cherkovida saqlangan hamda unga sajda qilingan[10]. Cherkov va unga tutash monastir esa IX asr oxirida imperator Vasiliy I Maqduniy tomonidan qurilgan. Monastirda uning toʻrtta qizi ham boʻlib, ularning hammasi vafotidan keyin aynan shu cherkovga dafn etilgan. Aya Euphemia Iso Masih Euergetēs monastiri yaqinida joylashgan boʻlib, uning ham tashkil etilgan sanasi nomaʼlum. 1176-yilda Myriokephalon jangida halok boʻlgan Andronikos I Komnenosning oʻgʻli va imperatorning ukasi John Komnenos tomonidan qayta tiklangan[3]. 1204-yil 12-aprelda toʻrtinchi salib yurishi paytida Lotin floti shaharga hujum qilishidan oldin Chistos Euergetes monastiri oldida toʻplangan[3]. Cherkovda saqlanadigan koʻplab muqaddas yodgorliklar salibchilar tomonidan talon-taroj qilingan, baʼzilari bugungi kunda Gʻarbiy Yevropadagi cherkovlarda saqlanadi[3].

Vaqt oʻtishi bilan Avliyo Theodosiaga sigʻinish kuchayib borgan, XI asrdan keyin cherkov nomi uning sharafiga oʻzgartirilgan. Aya Euphemianing dastlabki bayrami 30-mayda, boshqa bir Aya Theodosia bayrami esa (Surdagi Aya Theodosia) 29-may kuni boʻlganligi sababli, 29-may Hagia Theodosia hē Konstantinoupolitissa („Avliyo Teodosiya“) bayrami sifatida qabul qilingan[11].

Aya Theodosia Konstantinopoldagi eng hurmatga sazovor avliyolardan biriga aylangan, ayniqsa, nogironlar tomonidan kuchli hurmat qilingan. 1306-yilda kar va soqov insoning moʻjizaviy tarzda tuzalib ketganidan keyin uning shuhrati yanada ortib ketgan[10]. Bino garchi baʼzida shu yaqin oʻrtada joylashgan Christ Euergetēs cherkovi bilan adashtirib yuborilsa ham, XIV—XV asrning boshlarida shaharga tashrif buyurgan rus ziyoratchilari tomonidan tez-tez esga olingan[12]. Oʻsha vaqtda haftada ikki marotaba ziyoratchilar cherkovga tashrif buyurishlari va kasallarning shifo topishi uchun ibodat qilishlari mumkin boʻlgan.

Sulton uchun bunyod etilgan yogʻoch uyli janubi-gʻarbiy galereya

Cherkovga oxirgi marta 1453-yil 28-mayda tashrif buyurilgan boʻlib, avliyo bayrami va Konstantinopolning fathi arafasi boʻlgan oʻsha kuni imperator Constantine XI Patriarch bilan birga atirgul gulchambarlari bilan bezatilgan cherkovga ibodat qilish uchun borgan. Shundan soʻng, imperator Constantine shahar Usmonlilar qoʻliga oʻtishidan oldin oxirgi jangga joʻnagan[7]. Oʻsha payta koʻplab odamlar tun boʻyi cherkovda qolib, shaharning qutqarilishi uchun ibodat qilishgan. Shaharga bostirib kirishga muvaffaq boʻlgan Usmonli imperiyasi qoʻshinlari cherkov hali ham gullar bilan bezatilganligini koʻrish uchun bu yerga yetib kelishgan va cherkov ichkarisida ibodat qilayotgan barchani harbiy asir sifatida qoʻlga olishgan[13]. Cherkovda mavjud yodgorliklar tashlab yuborilgan, avliyoning jasadi esa itlarga yem qilingan[14].

Usmonlilar imperiyasi davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Usmonlilar istilosidan keyin cherkovning yertoʻlasi vayronaga aylantirilgan[15] va undan dengiz floti sifatida foydalanilgan. Binoga yaqin joyda Shayx ul-islom Molla Husrev Mehmet afandi (vafoti: 1480) vaqf, kichik masjid (Küçük Mustafa Paşa Mescidi) va hammom (Küçük Mustafa Paşa Hamamı) qurdirgan[16].

1490-yilda vayron boʻlgan cherkov qayta taʼmirlanib, masjidga aylantirilgan[16]. Salim II hukmronligi davrida[16] 1566—1574-yillarda Hasam posho tomonidan masjidga qoʻshimcha ravishda yangi minora qurilgan. Keyinchalik masjid koʻpincha uning nomi bilan atala boshlangan[17]. 1573—1578-yillar oraligʻida Istanbulda musofir vaqtida nemis voizi Stephan Gerlach masjidga tashrif buyurgan va uni Aya Theodosia cherkovi degan xulosaga kelgan. Oʻsha asrda binoga Gül Baba ismli odamlar orasida hurmatga ega boʻlgan mahalliy aholi vakillaridan bir dafn etilgan[18]. Shunga koʻra masjid haqiqatan ham uning nomi bilan atalgan boʻlishi mumkin degan taxminlar mavjud.

XVII—XVIII asrlarda cherkov-masjidning yuqori qismi zilzilalar oqibatida qattiq shikastlangan. Natijada Sulton Murod IV uni qayta tiklab, gumbaz va uning pendentivlarini (gumbazning tayanch kamarlari kesishishidan hosil boʻlgan uchburchak), shuningdek, deyarli butun gʻarbiy tomonini, janubi-gʻarbiy va shimoli-gʻarbiy burchaklardagi qabrlarni hamda minorani qayta taʼmirlagan[19].

Bino 1782-yilda butun kvartalning vayron boʻlishiga sabab boʻlgan yongʻindan qutulib qolgan va Sulton Mahmud II (1808—1839) tomonidan qayta tiklangan. Mahmud II, shuningdek, binoga qoʻshimcha ravishda yogʻochdan mutlaqo yangi Sulton uchun uy ham qurdirgan[19].

Arxitekturasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tashqi koʻrinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Apsidalarning janubi-sharqiy tomondan koʻrinishi. Binoning Vizantiya imperiyasi davrida qurilgan (quyi) va hozirgi kunga qadar saqlanib qolgan qismi bilan Usmonlilar imperiyasi davrida qoʻshimcha qilingan (yuqori) qismi oʻrtasidagi farqni osongina payqash mumkin

Binoning tashqi koʻrinishi juda ajoyib tarzda qurilgan. Masjid Vizantiya arxitekturasi asosida bunyod etilgan baland gumbaz hamda yertoʻladan tashkil topgan.

Bino shimoli-gʻarbiy tomonga yoʻnaltirib qurilgan boʻlib, qurilish rejasiga koʻra yunon xochi koʻrinishida barpo etilgan. Uning uzunligi 26 metr (85 feet) va eni 20 metr (66 feet)ni tashkil etadi, beshta gumbaz bilan oʻralgan boʻlib, bitta markaziy hamda toʻrtta kichikroq toʻrtburchak xonalardan iborat[20].

Interyeri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid birinchi qavatining rejasi, Van Millingendan keyin, Konstantinopoldagi Vizantiya cherkovlari (1912)

Masjidga yogʻoch ayvon orqali kiriladi. U yerdan uch qavatli arka boʻylab baland markaziy toʻrtburchak xonaga oʻtiladi. Asosiy apsidaning janubi-sharqiy qismida esa mehrob joylashgan.

Har bir galereya kichik ibodatxona bilan tugagan. Ikkala ibodatxona ham toʻgʻridan-toʻgʻri bagʻal ustiga qurilgan yarim sharsimon gumbazlar bilan oʻralgan[20]. Yorugʻlik binoga besh qator qilib qurilgan derazalar orqali kiradi, shulardan uchtasi galereyaga tegishli. Derazalarning ayrimlari Vizantiya imperiyasi davrida, ayrimlari esa Usmonlilar imperiyasi davrida qurilgan.

Ikkita sharqiy gumbaz ustunlarining har birining ichida kichik xona mavjud. Janubi-sharqiy xonada Gül Babaning qabri bor. Kirish eshigi tepasida usmonli turk tilida „Iso alayhissalomning apostoli Havoriyning qabri. Unga tinchlik boʻlsin“ deb yozilgan boʻlib, bu yozuv XVI asrda Istanbulda turli dinga eʼtiqod qilinganligidan dalolat beradi[21].

Binoning devorlari XVII asrda gipslangan va bezatilgan.

Eski Imaret masjidi va Vefa Kilise masjidlari bilan birgalikda Gül masjidi ham Istanbuldagi eng muhim cherkovlardan biri hisoblanadi[22].

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. The word Aya (Τurkish for „saint“, from the Greek „Haghios“, „Haghia“) refers here to St Euphemia, and not to St Theodosia. Janin (1953), p. 135.
  2. Müller-Wiener (1977), p. 140.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 Schäfer (1973), p. 84
  4. Many sources affirm that the church of Hagia Theodosia stood in the immediate vicinity of the monastery of Christ Euergetēs. Janin (1953), p. 151.
  5. Schäfer (1973), p. 83.
  6. Schäfer (1973), p. 89.
  7. 7,0 7,1 Mamboury (1953), p. 299.
  8. Schäfer (1973), p. 82.
  9. It should be noticed that according to modern sources, the figure of Theodosia of Constantinople, like those of all the iconophile Saints lived under Leo III, is legendary. Brubaker, 2011
  10. 10,0 10,1 Janin (1953), p. 151
  11. Janin, p. 151. „This denomination of the church appears for the first time in 1301. After the eleventh century, the church of Hagia Euphemia is no longer mentioned.“
  12. The confusion could have arisen because of the small dimensions of the real church. This could have forced the moving of ceremonies attended by a large crowd to the church of the Euergetēs. Schäfer (1973), p. 84.
  13. Van Millingen (1912), p. 169. The popular tradition says that this is the reason why the mosque was later named as „Mosque of the Rose“.
  14. Van Millingen (1912), p. 169
  15. It is unknown whether this happened as consequence of the Conquest of the City or of an earthquake. Schäfer (1973), p. 86.
  16. 16,0 16,1 16,2 Müller-Wiener (1977), p. 142.
  17. Van Millingen (1912), p. 143.
  18. He should not be mistaken for the dervish poet and holy man Gül Baba, who died during the siege of Buda in 1541. Schäfer (1973), p. 30.
  19. 19,0 19,1 Müller-Wiener (1977), p. 143.
  20. 20,0 20,1 Van Millingen (1912), p. 172.
  21. Van Millingen (1912), p. 170.
  22. Schäfer (1973), pp. 67–69.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]