Femtometr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Femtometr
Birliklar sistemasi metrik sistema
Birlik Uzunlik
Belgilanishi fm
Almashtirish
1fm … ga teng
   Si sistemasida    1×10−15 m
   Tabiiy birliklar sistemasida    6.1877×1019 P

1.8897×10−5 a0
   AQSH birliklar sistemasida    3.9370×10−14 in
Geliy atomi

Femtometr (belgisi fm)[1][2] Daniya va Norvegiya soʻzidan olingan boʻlib, 'oʻn besh', (qadimgi yunoncha: μέτρον) SI sistemasida 10−15 metrga teng uzunlik birligi boʻlib. fm bir metrning kvadriliondan bir qismini bildiradi. Bu masofa baʼzan fermi deb ataladi va Italyan-Amerikalik fizigi Enriko Fermi sharafiga shunday nomlangan, chunki u yadro fizikasining odatiy uzunlik shkalasi hisoblanadi.

Taʼrif va ekvivalentlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1000000 zeptometrlar = 1 femtometr = 1fermi = 0,000001 nanometr = 10−15 metres

1000000000000 femtometres = 1 millimetre.

Masalan, protonning zaryad radiusi taxminan 0,831 femtometr[3], oltin yadrosining radiusi esa taxminan 8,45 femtometr[4].

1 barn = 100 fm 2

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Femtometr atamasi „Générale des Poids et Mesures“ 11-konferensiyasi tomonidan qabul qilingan. 1964-yilda Daniyacha „15“ va fermi soʻzlarining imloviy oʻxshashligidan foydalangan holda SIga qoʻshilgan.

Fermi yadro fizikasi asoschilaridan biri, Italyan fizigi Enrico Fermi (1901-1954) sharafiga nomlangan. Bu atama Robert Hofstadter tomonidan 1956-yilda "Review of Modern Physics " jurnalida chop etilgan „Elektronlarning tarqalishi va yadroviy tuzilish“ nomli maqolasida kiritilgan[5]. Bu atama yadro va zarrachalar fizikasida keng qoʻllaniladi. Hofstadter 1961-yil fizika boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan va oʻshandagi „Elektron sochilish usuli va uning yadrolar va nuklonlar tuzilishiga qoʻllanilishi“ maʼruzasida fm atamasini ishlatgan (1961-yil 11-dekabr)[6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]