Norveg tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Norveg tili — hind-yevropa tillari oilasidagi german tillari guruhining skandinav tillari shoxobchasiga mansub til. Norvegiyada, shuningdek, AQSH va Kanadada tarqalgan; Norvegiya Qirolligining rasmiy tili. 5 mln. dan ortiqroq kishi soʻzlashadi. N.t. lah-jalari gʻarbiy va sharqiy guruhlarga boʻlinadi. N.t. tarixi 2 davrga: qad. N.t. (9-a.dan 1525 y.gacha) va yangi N.t. (1525 y.dan) davrlariga boʻlinadi.

1380 y.dan Norvegiya Daniyaga tobe boʻlib qolishi munosabati bilan bu hududda yozma dan (dat) tili keng tarqaladi va 16-a.da rasmiy til maqomini oladi. 19a. boshlarida Norvegiyada 2 ta adabiy til vujudga keldi: riksmol (dan-norveg adabiy tili) va lans-mol (19-a. oʻrtalarida norveg tilshunosi I. Osen tomonidan adabiy tilning qad. shaklidan sunʼiy yaratilgan). 1929 y.da riksmol va lansmol rasmiy ravishda bukmol va nyunorsk (yangi norveg) atamalari bilan almashti-rilgan. Har ikkala adabiy til bir qator fonetik jihatlari bilan oʻzaro farqlanadi, ulardan bukmol nisbatan kengroq qoʻllanadi. Adabiy N. t.ning shakllanishi va takomillashuvida 1907, 1917, 1938 ylarda imlo sohasida oʻtkazilgan islohotlarning alohida oʻrni bor.

N.t. ning qad. yozuvi runik yozuv asosida boʻlgan, zamonaviy yozuvi esa lo-tin alifbosi asosida yaratilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil