Eritma
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kimyoda eritma deb bir fazali gomogen aralashmaga aytiladi. Bunday aralashmada eruvchi modda erituvchi moddada eriydi. Eritmaning asosiy qismi odatda erituvchidan iborat; eritma erituvchining fazasi va boshqa xarakteristikalarini saqlab qoladi. Erituvchida qancha eruvchi eriganini oʻlchovchi mezon konsentratsiya deyiladi.