Amazon daryosi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Amazon daryosi
Amazonas
Amazon daryosining havzasi
Amazon daryosining havzasi
Tavsif
Uzunligi 6 400 km
Suv sarfi 209 000 m³/s (Quyilish joyi)
Suv oqimi
Boshlanishi And togʻlari
 · Boshlanish joyi Nevado Mismi
 · Balandligi 110 m
Quyilishi Atlantika okeani
 · Balandligi 0 m
Vikiomborda "Amazon daryosi" nomli sahifa mavjud


Amazonka — Jan. Amerikadagi daryo, sersuvligi va havzasi maydoni-ning kattaligi jihatidan dunyoda bi-rinchi o‘rinda, uzunligi jihatidan (6,4 ming km, Ukayali irmog‘i bilan taxminan 7 ming km) Nil daryosidan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. A. 7180 ming km2 maydon-dan suv yig‘adi. Asosiy irmog‘i — Mara-non. Sharqiy Kordilera tog‘ tizmasini kesib o‘tgandan keyin Amazonka payette-kisligiga chiqadi va Ukayali daryosi bilan qo‘shilib A.ni hosil qiladi. A.ga taxm. 500 irmoq quyiladi, ko‘pchiligi yirik daryo hisoblanadi. O‘ng tomondan Ukayali, Jurua, Madeyra, Tapajos, Shingu, chap-dan — Isa, Yapura, Riu-Negru daryolari qo‘shilib kengaya boradi, o‘rta oqimida 5 km, dengizga quyilish oldida 80—150 km gacha kengayadi. A.ning chuqurligi o‘rta oqimida taxm. 70 m, quyilish joy-ida 15—45 m. Dare doim sersuv, may — iyunda toshadi. A. yil davomida o‘z havzasidan 1 mlrd. t loyka oqizib kela-di. O‘rtacha suv sarfi 220 ming m3/sek. Aling irmoqlarida yirik viktoriya-re-giya o‘simligi o‘sadi, suv hayvonlaridan lamantinlar, delfinlar, suv cho‘chqalari yashaydi. 2000 baliq turi bor. A. kemalar qatnay oladigan qismining uz. 4300 km. Manaus sh.gacha (okeandan 1690 km) yirik okean kemalari qatnaydi. Asosiy port-lari: Ikitos, Manaus, Obidus, Santa-rel, Belen.[1]


Amazon daryosidagi suzuvchi qishloq, Ikitos

Amazon daryosi (isp. va port. Amazonas) — Janubiy Amerikada joylashgan dunyoning ikkinchi eng uzun daryosi.[2]


Havolalar[tahrir]