Athletic Bilbao

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Atletik Bilbao
Atletico Bilbao Stadion.jpg
Toʻliq nomi Athletic Club de Bilbao
Laqab(lar) qizil-oqlar
Sherlar
Basklar
Qachon asos solingan 18-iyul, 1898-yil
Stadioni San Mames,
Bilbao, Ispaniya Flag of Spain.svg
Stadion hajmi 40,000
Rahbar Flag of Spain.svg Hosu Urrutiya
Murabbiy Flag of Argentina.svg Marcelo Bielsa
Liga La Liga
2011-12 10 o'rin
forma
forma
forma

"Atletik klub de Bilbao" (isp. Athletic Club de Bilbao) — [Ispaniya]] futbol jamoasi. Klub 1898 yilda tashkil etilgan, 1928 yildan boshlab (asos solingandan beri) Primerada ishtirok etib keladi. Atletik Bilbao — Ispaniya oliy divizionini hali biror marta ham tark etmagan uch klubdan (Barselona, Real Madrid) biridir. Klub Ispaniya klublari orasida eng ko'p titulga ega bo'lgan jamoalardan biri hisoblanadi. 8 marta mamlakat chempioni va 24 marta Qirollik kubogi sohibi bo'lgan.

Klubning an'anaviy rangi - qizil-oq, shuning uchun jamoa Rojiblancos (qizil-oqlar) taxallusini ham olgan. "Sherlar" taxallusi esa Muqaddas Mamas cherkovi yonida joylashganidan kelib chiqadi. Xristianlikning eski davrlarida Mamas rimliklarning sherlariga g'ajib tashlash uchun tashlab qo'yilgan. Lekin sherlar Mamasni yeyishmadi. Keyinroq u muqaddas chehra deb hisoblana boshlandi.

Klub faqatgina mahalliy futbolchilardan foydalanish siyosati bilan mashxur. Bu tanqidga ham asos bo'ladi, shuningdek, bundan iftixorlanish tuyg'usi ham mavjud. Klubga nafaqat Basklar mamlakatida tug'ilgan futbolchilar jamoaga jalb etilgan va yana asli basklardan bo'lganlar ham jamoaga qo'shilgan. Masalan, Braziliyada tug'ilgan Biurrun va Yevropa va Jahon chempioni bo'lgan Fransiya terma jamoasi a'zosi Biksan Lizarazyularni ko'rsatish mumkin. Biroq bu amaliyot murabbiylar tarkibiga amal qilmaydi. Jamoani juda ko'plab chet el mutaxassislari boshqargan. germaniyalik Yup Xaynkes va fransuz Luis Fernandez, hozirgi murabbiy Marselo Bielsalarni misol tariqasida olish mumkin. Jamoa ko'pchilik ispan komandalarga o'xshab, kelib chiqishi britaniyaga bog'liq, "Atletik" oti ham shundan kelib chiqqan.

Joriy tarkib[tahrir]

Asosiy jamoa[tahrir]

Amplua Futbolchi
1 Flag of Spain.svg DR Gorka Iraisos
2 Flag of Spain.svg HJ Gaiska Tokero
3 Flag of Spain.svg HM Yon Aurteneche
5 Flag of Spain.svg HM Fernando Amoryebyeta
6 Flag of Spain.svg HM Mikel San Xose
7 Flag of Spain.svg YH David Lopes
8 Flag of Spain.svg YH Ander Itturaspe
9 Flag of Spain.svg HJ Fernando Lyorente
10 Flag of Spain.svg HJ Oskar de Markos
11 Flag of Spain.svg HJ Aris Aduris
13 Flag of Spain.svg DR Raul Fernandes Kavada
14 Flag of Spain.svg YH Markel Susaeta
15 Flag of Spain.svg HM Andoni Iraola
Amplua Futbolchi
16 Flag of Spain.svg HM Iban Subiaurre
17 Flag of Spain.svg YH Iniego Peres
18 Flag of Spain.svg YH Karlos Gurpegi (C)
19 Flag of Spain.svg HJ Iker Muniain
21 Flag of Spain.svg YH Ander Errera
22 Flag of Spain.svg HM Shabier Kastilyo
23 Flag of Spain.svg HM Borxa Ekisa
24 Flag of Spain.svg YH Xavi Martines
Flag of Spain.svg HJ Iniego Dias de Serio
Flag of Spain.svg HM Ustarits
Flag of Spain.svg HM Mikel Balensiaga
Flag of Spain.svg YH Galder Serraxeriya


Yutuqlar[tahrir]

Erkaklar futboli[tahrir]

  • Ispaniya chempionati (8):
    • 1929/30, 1930/31, 1933/34, 1935/36, 1942/43, 1955/56, 1982/83, 1983/84
  • Qirollik kubogi (24):
    • 1902, 1903, 1904, 1910, 1911, 1914, 1915, 1916, 1921, 1923, 1930, 1931, 1932, 1933, 1943, 1944, 1945, 1950, 1955, 1956, 1958, 1969, 1973, 1984
    • "Atletik"ning kubokda yutgan miqdori bahsli masala hisoblanadi. 1902 yilda "Ateltiko" va FK "Bilbao" jamoalaridan tuzilgan tarkib bilan "Klub Viskaya"ni ustidan g'alaba qozonilgan.1903 yilda esa bu ikki jamoa "Atletik Bilbao" bo'lib birlashgan. Kubok 1902 yili Atletik muzeyiga qo'yilgan[1] va jamoa uni o'z yutuqlari ro'yxatiga qo'shgan.[2] Biroq La liga va Ispaniya futbol federatsiyasi bu trofeyni "Atletik"niki deb tan olmaydi.
  • Shimoliy chempionat (3):
    • 1913/14, 1914/15, 1915/16
  • Viskaya chempionati (14):
    • 1919/20, 1920/21, 1922/23, 1923/24, 1924/25, 1925/26, 1927/28, 1928/29, 1930/31, 1931/32, 1932/33, 1933/34, 1938/39, 1939/40
  • Bask kubogi (1):
    • 1934/35
  • Ispaniya superkubogi (1):
    • 1984.
  • Eva Duarte kubogi (1):
    • 1950.

Ayollar futboli[tahrir]

  • Ayollar superligasi: 3
    • 2002-03, 2003-04, 2004-05

Stadion[tahrir]

  • San Mames
  • O'rindiqlar soni: 39750[3]
  • Ochilgan: 1913-yil
  • Maydon hajmi: 103×68 m.
  • Mashg'ulotlar bazasi: "Lezama"

Izohlar[tahrir]

  1. [1]
  2. [2]
  3. www.fussballtempel.net

Havolalar[tahrir]