Cannibal Corpse

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Cannibal Corpse Logo.svg
CannibalCorpse crop.jpg
Cannibal Corpse
Kelib chiqishi Buffalo, Nyu-York shtati
Mamlakat AQSh
Faoliyat 1988 yildan
Janr Death Metal
Leybl Metal Blade, Sony BMG
Tarkib George "Corpsegrinder" Fisher
Pat O'Brien
Rob Barrett
Alex Webster
Paul Mazurkiewicz
Sobiq aʼzolar Jeremy Turner
Jack Owen
Bob Rusay
Chris Barnes
Veb-sahifa www.cannibalcorpse.net

Cannibal Corpse (kannibal va ingl. corpse — «murda» soʻzlaridan) 1988 yilda tashkil topgan amerikalik death metal guruhidir. Guruh shu kunga qadar oʻnta studiya albomi, bitta toʻplam hamda bitta jonli konsertdan albom chiqardi. Cannibal Corpse radio yoki televideniyeda deyarli rotatsiyada boʻlmagan boʻlsa-da, 1991 yilgi Butchered at Birth va 1992 yilgi Tomb of the Mutilated albomlari ortidan ularga katta shuhrat kela boshladi. Cannibal Corpse dunyo boʻylab 1 million atrofida[1] (shulardan 558,929 tasi AQShda[2]) albom pullab, eng koʻp sotiladigan death metal guruhlaridan biri boʻldi.

Cannibal Corpse faoliyatida thrash metal guruhlari (Slayer kabi), boshqa death metal guruhlari (Kreator kabi) taʼsiri seziladi. Cannibal Corpse ashulalari asosan zoʻrlash, qotillik, qiynoq va oʻlim mavzularidadir. Shu yuzdan guruh ijodi xalqaro senzuraga duch keldi. Guruhning baʼzi konsertlari va ashulalari taqiqlangan.[3]

Tarixi[tahrir]

Cannibal Corpse New York death metal guruhlari — Beyond Death (Webster, Owen), Leviathan (Barnes) va Tirant Sin (Barnes, Rusay, Mazurkiewicz) aʼzolaridan tuzilgan. Guruh ilk bora 1989-yil aprelida Buffalo's River Rock Cafesida konsert berdi. Bir yildan soʻng guruh Metal Blade Records leybli bilan uzoq muddatlik shartnoma imzoladi.

Cannibal Corpse tarkibi bir necha bor oʻzgargan. 1993-yilda gitarachi Bob Rusay guruhni tark etdi, uning oʻrniga Rob Barrett keldi. 1995-yili vokalchi Chris Barnes guruhdan ketdi (hozirda Six Feet Under guruhi tarkibida) va George Fisher uning joyini egalladi. 1997-yilda Barrett guruhdan chiqdi, uning oʻrniga Pat O’Brien kelib qoʻshildi. Gitarachi Jack Owen 2004-yili Cannibal Corpsedan ketdi (hozirda Deicide guruhida), uni vaqtinchalik Jeremy Turner almashtirib turdi. Barrett 2005-yili guruhga qaytib keldi.

Guruh 2007-yil noyabrida yangi albom ustida ish boshladi.[4] Bu albom 2008-yil oxirida chiqarilishi kutilmoqda.[5]

Tanqidi[tahrir]

Cannibal Corpse ashulalari zoʻravonlik mavzularini yoritgani uchun tanqid ostiga olingan.[6] Albom muqovalarida haddan tashqari vahshiylik tasvirlangani uchun guruh 2006-yilgacha Olmoniyada taqiqlangan edi.[7]

Bu kabi tanqidlarga javoban guruh aʼzolari oʻz qoʻshiqlarining qoʻrqinch filmlardan farq qilmasligi, ulardan-da vahshiyroq emasligini taʼkidlashadi.[8]

Qiziqarli faktlar[tahrir]

Diskografiyasi[tahrir]

Studiyaviy albomlar[tahrir]

Yil Albom Leybl
1990 Eaten Back to Life Metal Blade Records
1991 Butchered at Birth Metal Blade Records
1992 Tomb of the Mutilated Metal Blade Records
1996 Vile Metal Blade Records
1998 Gallery of Suicide Metal Blade Records
1999 Bloodthirst Metal Blade Records
2002 Gore Obsessed Metal Blade Records
2004 The Wretched Spawn Metal Blade Records
2006 Kill Metal Blade Records

Jonli ijro albomlari[tahrir]

Yil Albom Leybl
2000 Live Cannibalism Metal Blade Records

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]

Cannibal Corpse
Guruh tarkibi
George "Corpsegrinder" FisherPat O'BrienRob BarrettAlex WebsterPaul Mazurkiewicz
Chris BarnesJack OwenBob RusayJeremy Turner
Diskografiya
Studiyaviy va Konsert albomlari: Eaten Back to Life · Butchered at Birth · Tomb of the Mutilated · The Bleeding · Vile · Gallery of Suicide · Bloodthirst · Gore Obsessed · The Wretched Spawn · Kill · Live Cannibalism
Termalar: Hammer Smashed Face · Worm Infested
Videorelizlar va box-setlar
Monolith of Death Tour '96-'97 · Live Cannibalism · Centuries of Torment: The First 20 Years · 15 Year Killing Spree
Shuningdek
Mavzular va aloqador guruhlar: Death metal · Six Feet Under · Monstrosity · Malevolent Creation · Deicide · Paths of Possession