Buxoro karvonsaroyi

Bu maqolani tinglang
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Karvonsaroy
Buxoro karvonsaroyi
(ozarbayjoncha: Buxara karvansarayı)
Mamlakat  Ozarbayjon
Shahar Boku
Manzil Bashennaya (yoki Qüllə) koʻchasi, 2-uy
Mulkdor Davlat mulki
Karvonsaroy turi Ochiq
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Asosiy sana:
XV asrning soʻngi
Maqomi Davlat himoyasida
Holati Restoran
Hujralar soni 18


Buxoro karvonsaroyi (ozarbayjoncha: Buxara karvansarayı) — Ozarbayjon poytaxti Boku shahrining tarixiy markazi boʻlmish Icheri shaharda joylashgan qadimiy binolardan biri. XV asrning soʻngida bunyod etilgan. U shuningdek, Ozarbayjonda saqlanib qolgan 7 ta mashhur karvonsaroylardan biridir[1]. Hozir bu obida ichida ozarbayjon milliy taomlari tayyorlanadigan maxsus restoran joylashgan. Bashennaya (yoki Qüllə) koʻchasida; Multani karvonsaroyi roʻparasida; Qız qalʼa yaqinida joylashgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aytishlaricha, Markaziy Osiyo hamda Ozarbayjon xalqlari orasida azaldan nafaqat madaniy, diplomatik, balki savdo-sotiq borasida ham muayyan aloqalar o’rnatilgan. Jumladan, bu borada Buxoro bilan mustahkam hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Buyuk ipak yoʻlining bir tarmogʻi Boku shahridan oʻtganligi sababli, Buxorolik (Oʻrta Osiyolik[1]) savdogarlar bu shaharga tez-tez kelib turishgan. Ular, asosan, shu karvonsaroyda qo’nim topishgani uchun unga Buxoro nomi berilgan bo’lishi mumkin, deb taxmin qilinadi[1][2]. Buxoro va uning qarshisidagi Multani karvonsaroylarida, asosan, Markaziy Osiyo va Hindiston mamlakatlaridan (jumladan Pokistondan) kelgan savdogarlar toʻxtab oʻtishgan[3].

Tadqiqotlarning ko'rsatishicha, ushbu tarixiy yodgorlik XV asrda Bokuga kelgan savdogarlar tomonidan qurilgan[4]. Boshida bir qavatli qilib bunyod etilgan karvonsaroyga, keyinchalik ikkinchi qavat qurib bitkazilgan[3]. 1964-yili binoda restavratsiya ishlari oʻtkazilgan. Unda karvonsaroy binosi ortiqcha qo'shimcha qismlardan xalos etilgan[1]. Hozirda bir qavatli karvonsaroyning baʼzi qavatlari yer ostida qolgan deb taxmin qilinadi [4].

Bu yerda koʻplab sovet filmlari tasvirga olingan. “Brilliant qoʻl”, “Qaynona”, “Arshin mol-olon”, “Amfibiya odam” ana shular jumlasidandir[5].

Hozirda bu obida ichida ozarbayjon milliy taomlari tayyorlanadigan maxsus restoran joylashgan[1].

Meʼmorchiligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Karvonsaroy qurilishi, meʼmoriy koʻrinishi jihatidan Buxorodagi tarixiy yodgorliklarni esga soladi[2]. Unchalik ham katta boʻlmagan binoning rejasi kvadrat shaklida boʻlib, kirish qismi peshtoq bilan belgilangan. Sakkiz qirrali hovli atrofi bir qavatli ayvonchalar va 18 ta hujralar bilan oʻralgan[1]. Hovlining butun perimetri boʻylab uchli kamarlar joylashgan[6].

Karvonsaroy hovlisi dam olishga moʻljallangan boʻlib[6], unda marmardan qurilgan kichkina hovuz, uning atrofida esa keksa chinorlar bor[2]. O'zining asl shaklida saqlanib qolgan XV asrning hovuzi, favvoradan oqib tushayotgan suvga qaramay, hovuzdagi suv darajasi barqaror boʻlib turishi bilan qiziq[4].

Hozirda karvonsaroy devorlari qadimgi Ozarbayjon gilamlari, turli xil devoriy bezaklari, Boku manzaralari tasvirlangan rasmlar bilan bezatilgan[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 „7 великолепных караван-сараев Азербайджана“. Azertag.az. Qaraldi: 2020-yil 6-oktyabr.
  2. 2,0 2,1 2,2 „«Shamollar shahri»da yurtim nafasi“. Xs.uz. Qaraldi: 2020-yil 6-oktyabr. [sayt ishlamaydi]
  3. 3,0 3,1 „Бухарский караван-сарай, Баку“. Orexca.com. Qaraldi: 2020-yil 6-oktyabr.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 „Древние караван-сараи“. Azerbaijans.com. Qaraldi: 2020-yil 6-oktyabr.
  5. „Tarixi mushtarak, ildizi tutash, urf-odati oʻxshash“. Xs.uz. 2020-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 6-oktyabr.
  6. 6,0 6,1 „Бухарский караван-сарай, Баку“. Advantour.com. Qaraldi: 2020-yil 6-oktyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu maqolani tinglang (3 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 4-iyul, 2022-yil(2022-07-04) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.