Bezorilik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bezorilik — jamoat tartibi, qoidalarga qasddan xurmatsizlik bildirib urush— doʻpposlash, badaniga shikast etkazish.


Bezorilik — shaxsning jamoat tartibini qoʻpol ravishda buzishi va jamiyatga oshkora hurmatsizlik koʻrsatishdan iborat xatti-harakati. Qonunlarda maʼmuriy javobgarlikka tortish mumkin boʻlgan mayda B. va jinoiy javobgarlikka tortiladigan B.ka oid tegishli jazo choralari qoʻllaniladi.

Jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi xatti-harakatlarda ifodalangan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik, yaʼni, mayda B. uchun eng kam oylik ish haqining 3 baravaridan 5 ba-ravarigacha miqdorda jarima solish yoki 15 sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olish bilan jazolanadi (OʻzR MJKning 183-moddasi).

Jinoyat huquqida B. xususan jiddiy zarar yetkazish bilan bogʻliq boʻlgan holda sodir etilsa, eng kam oylik ish haqining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 y.gacha axloq tuzatish ishlari yoxud 6 oygacha qamoq bilan jazolanish nazarda tutilgan. B. umum eʼtirof etgan axloqqoidalarini namoyishkorona mensimaslikda ifodalangan oʻtaketgan behayolik bilan qilinsa; yosh bola, qariya, nogʻiron, ojiz ahvoldagi shaxslarni xoʻrlab, koʻp miqdorda zarar yetkazib, birovning mulkini nobud qilib yoki unga shikast yetkazib, sodir etilgan boʻlsa, ashaddiy B. deb hisoblanadi va S y.gacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. B. takroran yoki xavfli residivist tomonidan; oʻqotar qurolni namoy-ish qilib, uni qoʻllash bilan qoʻrqitib yoki koʻllab; ommaviy tadbirlar oʻtka-zilayotgan vaqtda jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarib turgan hokimiyat vakiliga yoki jamoatchilik vakiliga yoxud bezorilik harakatlarini oldini olish chorasini kurgan boshqa fuqarolarga qarshilik koʻrsatib, sodir etilsa, oʻta ashaddiy B. hisoblanadi va 5 y.dan 8 y.gacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi (OʻzR JKning 277-moddasi). [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil