Smola

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Smola (rus.) — yuqori molekulali organik birikma. Amorflilik, isitilganda astasekin yumshashi, eritilganda yopishqoq xolga kelishi, organik erituvchilarda eriganda parda hosil qilishi va suvda erimasligi koʻpchilik S.larning tavsifli xossalaridandir. S. tabiiy va sintetik S.ga boʻlinadi. Kanifol, dammara, kopal, sandarak, kahrabo va bitumlar tabiiy S.ga kiradi. Ilgari tabiiy S. lok, yelim, qogʻoz, grammofon plastinkalari va boshqa i.ch.da keng qoʻllangan. Hozirgi zamonaviy sanoatda tabiiy S. oʻrnini istiqbollisintetik S. egallamoqda. Fenolformaldegid, polivinilxlorid, karbolid, melaminformaldegid, poliamid va boshqa S. sintetik S.ga taalluqlidir. Sintetik S. plastmassa, lok, yelim, sintetik tola, plyonka, elektr izolyasiya materiallari, organik shisha va boshqa olishda ishlatiladi.