Baxtiyor Qudratillayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Baxtiyor Zafarovich Qudratillayev
Fayl:Baxtishka.jpg
Tavalludi 14-oktyabr 1971-yil (1971-10-14) (52 yosh)
Bolalari 1ta

Baxtiyor Zafarovich Qudratillayev (Бахтиёр Зафарович Қудратиллаев, 1971-yil, 14-oktyabr, Toshkent) – oʻzbekistonlik jinoyat olamining nufuzli shaxslaridan biri, mamlakat mustaqilligi eʼlon qilingandan keyingi davrdagi ilk qonundagi oʻgʻri[1]. Baxti Tashkentskiy, Baxtishka, Yangiabadskiy nomlari bilan tanilgan[2][3][4][5].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshkent shahrining Yangiobod mahallasida yashagan. Oʻgʻrilik, bosqinchilik va boshqa jinoyatlarni sodir etgani uchun bir necha marta jazo oʻtagan. 1997-yilda Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Tovoqsoy qishlogʻida joylashgan 7-sonli koloniyada unga „qonundagi oʻgʻri“ maqomi berilgan[6]. Keyinchalik, Rossiyaga koʻchib borgan. Uning jinoyat olamidagi „choʻqintirgan ota“lari – „Ded Xasan“ nomi bilan tanilgan Aslan Usoyan, „Dato Tashkentskiy“ laqabli Datiko Sixelashvili va „qoʻngʻiz“ laqabli Yoʻldosh Ashurov hisoblanadi[7].

2008-yilda Moskva viloyat ichki ishlar boshqarmasining uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash boʻlimi xodimlari tomonidan narkotik moddalarni saqlashda gumonlanib qoʻlga olingan va Oʻzbekistonga deportatsiya qilingan. Toshkentdagi sud qarori bilan 8 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Belgilangan jazoni katta qismini Jasliq qamoqxonasida oʻtagan, keyinroq Qarshida joylashgan axloq tuzatish koloniyasiga oʻtkazilgan. 2014-yil 27-dekabrda „salomatligi yomonlashgani sababli“ muddatidan avval ozodlikka chiqarilgan[8].

Oʻsh shahrining sobiq rahbari, millatchiligi bilan tanilgan Melis Myrzakmatovni oʻzbeklarni haqoratlagani uchun kaltaklagani bilan mashhur boʻlgan[9][6].

Yirik tadbirkor Salim Abduvaliyev, taniqli sportchilar Artur Taymazov va Murod Xontoʻrayev, artistlar Shukrullo Isroilov va Mirzabek Xolmedov, mashhur imomlar Abror Muxtor Aliy, Rustamjon Hamidov, Umarxon Saidumarov bilan bir davradaligi aks etgan suratlar va videolar tarmoqlarda keng tarqalgan[10][6].

2018-yil 20-avgustda Toshkent shahrida sobiq sovet davlatlari hududidagi yirik „qonundagi oʻgʻri“larning yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unga Baxtiyor Qudratillayev raislik qilgan[11][12].

2023-yil 25-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi mamlakatda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida tezkor profilaktik tadbirlar olib borilishi haqida qaror qabul qilgan. 28-noyabrda Baxtiyor Qudratillayev va unga aloqador boshqa shaxslar – Saidaziz Saidaliyev, Dilshod Sharipov va Anvar Mirzoxonovlar qoʻlga olindi. Qoʻlga olish jarayonida qattiq qarshilik koʻrsatgani sababli Baxtiyor Qudratillayev 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosiga tortilgan[13]. Keyinroq Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi tergov boshqarmasi tergov izolyatoriga olib kirilgan. U Jinoyat kodeksining „juda koʻp miqdorda tovlamachilik“, „giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar“ moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblangan[14][15]. 24-dekabr kuni uning ikki nafar oʻgʻli – Ixtiyor Baxtiyorovich Qudratullayev (1996-yilda tugʻilgan) va Bekzod Baxtiyorovich Zafarov (1994-yilda tugʻilgan) qoʻlga olindi. Ular tovlamachilikda ayblangan[16].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Вора в законе Бахти Ташкентского могут приговорить к тюремному сроку“.
  2. „Биография вора в законе «Бахти Ташкентский», которого многие считают главным преступником Узбекистана“. 2023-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-dekabr.
  3. „Бахти Ташкентский“.
  4. „Тошкентда ўнлаб "жиноят олами" аъзолари ҳибсга олинди“.
  5. „Toshkentdagi klubni militsiya bosdi“.
  6. 6,0 6,1 6,2 „Дед Хасан решил задачу успешнее, чем Бахти Ташкентский“.
  7. „Главный вор в законе Узбекистана «Бахти Ташкентский»“.
  8. „“Вор в законе” Бахти Ташкентский қамоқдан чиқди“.
  9. YouTube logotipi вор в законе Бахти Ташкентский на стрелке YouTubeda
  10. YouTube logotipi Rustamjon domla bilan Baxti tashkentiski YouTubeda
  11. „Keyingi 20 yil ichida ilk marta Toshkentda o‘g‘riboshilar “sxodkasi” bo‘lib o‘tdi“.
  12. „Узбекские воры в законе решили подчиниться российскому криминалу“.
  13. „Baxti Tashkentskiy“ 15 sutkaga qamaldi
  14. „«Бахти Ташкентский» қўлга олинди“.
  15. „“Baxti Tashkentskiy” va yana bir qancha “ko‘cha bolalari” qo‘lga olindi“.
  16. „“Baxti Tashkentskiy” ning o‘g‘illari ham qo‘lga olindi“.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]